Navoiy ijodini maktabdan va sinfdan tashqari jarayonlarda o‘rgatish.
Оценка 4.9

Navoiy ijodini maktabdan va sinfdan tashqari jarayonlarda o‘rgatish.

Оценка 4.9
docx
24.01.2021
Navoiy ijodini maktabdan va sinfdan tashqari jarayonlarda o‘rgatish.
Navoiy ijodini maktabdan va sinfdan tashqari jarayonlarda o‘rgatish..docx

Navoiy ijodini maktabdan va sinfdan tashqari jarayonlarda o‘rgatish.

 

 

Annotatsiya: Ushbu maqolada Navoiy asarlari insonlarni komillikkka yetaklovchi muhim manbalar ijodini maktabdan va sinfdan tashqari jarayonlarda o‘rgatish bayon etilgan.

 

Kalit so’zlar: ulug‘, hazrat, ijodkor, tavallud, yuksak, to‘garak, o‘quvchi, ustoz.

 

Kitoblar ta’lim-tarbiyaning manbaidir. Ayniqsa, Navoiy asarlari insonlarni komillikkka yetaklovchi muhim manbalardan biridir.

Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida Navoiy hazratlariga shunday ta’rif bergan:

“Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.”

Yurtimiz bo‘ylab har yili Alisher Navoiy tavalludi keng miqyosda nishonlanadi. Har bir dargohda ijodkorlar bilan uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar, ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkaziladi. 2013-2014 o‘quv yilidan bu tadbirlar qatoriga “Navoiyni bilasizmi?” ko‘rik tanlovi ham qo‘shildi. Navoiy asarlarini, hayoti va ijodini har bir o‘quvchi chuqur bilishi zarurligi bugungi davr talabi.

Bunda to‘garaklar faoliyati ham yaqindan yordam beradi. To‘garaklarda Alisher Navoiy hayoti va ijodi bosqishma-bosqich o‘rgatib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Dastlab o‘quvchilarga Alisher Navoiyning yoshligi aks ettirilgan kichik hikoyalar o‘qib eshittiriladi. Yil davomida Alisher Navoiyning hikmatli so‘zlaridan, ruboiylaridan, o‘zbek adiblarining Alisher Navoiy haqida yozgan she’rlaridan namunalar yod olinadi. Keyingi yil to‘garak rejasiga Alisher Navoiyning hayoti va oilasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, ulug‘ allomaning ustozlari kimlar ekanligi va yaqin do‘stlari kimligini o‘rgatish rejalashtiriladi.

To‘garak rejasining uchinchi yiliga Alisher Navoiyning hikmatli so‘zlarini mazmun-mohiyatini tushuntirish, ruboiylaridan namunalar tahlil etish hamda buyuk allomalarning Alisher Navoiy haqidagi fikrlarini o‘qib-o‘rganishni kiritish mumkin. Yana “Xamsa”asaridagi dostonlarning nomlarini ketma-ketlikda o‘rganishni,Hayrat ul- abror” buyuk shoirning “Xamsa”sini birinchi dostoni ekanligi, dostonda chin va yolg‘on so‘zning solishtirilishi, tog‘rilikning qanchalar azob bilan bo‘lsa-da, g‘olib kelishi, yolg‘on va egrilikning oxir-oqibat yengilishi, “Sher bilan Durroj” qismati misolida aks ettirilganini kirish mumkin.

 Yuqori sinflar uchun sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda Alisher Navoiy hayoti va asarlarini o‘rgatish keng ko‘lamda olib borilshi rejalashtiriladi.

 Jumladan, “Mahbub ul – qulub” – hayotiy hikmatlar majmuyi sifatida, “Sahovat va himmat bobida”, “Hilm zikrida”, “Safar manofii zikrida” qismlaridagi ilm va hunar, yaxshilik, insoniylik, rostgo‘ylik va yolg‘onchilik, sabr va qanoat, mehr, vafo, insoniylik haqidagi hikmatlarning o‘ziga xosliklari, ularning xalq maqollariga yaqinligi, ulardan farqi, bu hikmatlarning ma’naviy-ahloqiy, ta’limiy, tarbiyaviy va badiiy ahamiyatini AKT vositalaridan hamda turli usullardan foydalanib o‘rgatilsa ijobiy samara beradi.

 Yil davomida Alisher Navoiy haqida va Alisher Navoiy asarlari asosida ishlangan hujjatli va badiiy fi’lmlarni o‘quvchilar bilan birgalikda tomosha qilish ham maktabdan tashqari ishlar sirasiga kiradi.

 Alishеr Navoiyning o‘zbek tili rivojiga qo‘shgan hissasini beqiyosdir. Hazrat Navoiy lirikasidan bahramand etish asosan yuqori sinflardan boshlanadi.

Shoirning g‘azallari va qit’alaridan “Qaro ko‘zim kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il”, “Qoshi yosunmu deyin…”, “Kecha kelgumdir debon…”, “Yo‘rdin ayru ko‘ngul…” g‘azallari, “Kamol et kasbkim, olam uyidin…” qit’alarini yodlash, kuyga solingan variantlarini videotasmalardan tinglash juda maroqli mashg‘ulotlardir.

 Ushbu jarayonda “Xazoyin ul-ma’oniy” haqida qisqacha ma’lumotni beriladi va Navoiy she’riyatining g‘oyaviy mazmunini tushunish zarurligi o‘quvchilarga uqdiriladi. “Qaro ko‘zim kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il”, “Kecha kelgumdir debon…” g‘azallaridagi majoziy va ilohiy ishqni farqlay olish, g‘azallarini yoddan bilish hamda tahlil eta olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

 Alishеr Navoiy “Xamsa”sidagi dostonlarning Sharq adabiyotidagi Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy “Xamsa”siga kiruvchi dostonlardan farqli va o‘xshash tomonlari tushuntiriladi. O‘quvchilar “Farhod va Shirin” dostoning “Xamsa”da tutgan o‘rnini, Farhod shoirning ideali ekanligini, tasavvuridagi inson sifatida ifodalanganini, komillik yo‘liga kirgan inson manzillari tasviri, dostonda yaxshilik va yomonlik, razolat va adolat o‘rtasidagi ziddiyatning jonli shaxslar timsolida ko‘rsatilishini hamda komil inson tushunchasini anglab yetadilar.

 Asar dostonlari talqinida komil insonga xos bo‘lgan vatanparvarlik, insonparvarlik, ezgulik, sadoqat, vafodorlik, mardlik fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirishi, kasb-hunar sirlarini egallashi orqali komil inson darajasiga еtishishganligi juda mohirono yoritib berilgan.

 Navoiy ijodi, Navoiy merosi shunday bir ulkan ummonki, o‘qib-o‘rgangan sari yangi-yangi qirralari ochilib boradi. Ummon qa’riga qanchalik yaqin borsa dur-u sadaflar, ajoyibotlar uchragani kabi, Alisher Navoiy asarlarini chuqur tahlil etgani sari yangi ma’nolar kashf etila boradi. Bu kashf etish lazzati esa o‘rganuvchiga olam-olam zavq va ma’naviy ozuqa beradi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.    Barcha she’riy parchalar “Farhod va Shirin” dostoninng 2006-yil [T:

2.    G’. G’ulom nomidagi nashriyot-matba ijodiy uyi] nashridan olindi.

3.    Alisher Navoiy. MAT. Yigirma tomlik.To’rtinchi tom. – Toshkent:Fan, 1998

4.    www.uza.uz-O’zbekiston Respublikasi Axborot agentligi rasmiy sayti.


 

5.    Скачано с www.znanio.ru

Navoiy ijodini maktabdan va sinfdan tashqari jarayonlarda o‘rgatish

Navoiy ijodini maktabdan va sinfdan tashqari jarayonlarda o‘rgatish

Kecha kelgumdir debon…” g‘azallaridagi majoziy va ilohiy ishqni farqlay olish, g‘azallarini yoddan bilish hamda tahlil eta olish ko‘nikmalari shakllantiriladi

Kecha kelgumdir debon…” g‘azallaridagi majoziy va ilohiy ishqni farqlay olish, g‘azallarini yoddan bilish hamda tahlil eta olish ko‘nikmalari shakllantiriladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021