O’qitish uslubi. Informatika kursining o’qitish uslublari muammolari. O’qitishning an’anaviy shakllari va ularning tavsifi. O’qitishning interaktiv uslublari
Оценка 4.8

O’qitish uslubi. Informatika kursining o’qitish uslublari muammolari. O’qitishning an’anaviy shakllari va ularning tavsifi. O’qitishning interaktiv uslublari

Оценка 4.8
docx
20.02.2020
O’qitish uslubi. Informatika kursining o’qitish uslublari muammolari. O’qitishning an’anaviy shakllari va ularning tavsifi. O’qitishning interaktiv uslublari
O'qitish uslubi.docx

O’qitish uslubi. Informatika kursining o’qitish uslublari muammolari. O’qitishning an’anaviy shakllari va ularning tavsifi. O’qitishning interaktiv uslublari

 

Zamonaviy o’qitish metodlari va ularning informatika faniga tadbiqi.

 

Pedagogik texnikaning asosiy tamoyillari beshta. Bu ko’p emas. Lekin har biri turli tuman usullr yordamida amalga oshiriladi.

TANLASH ERKINLIGI TAMOYILI

Xayotda juda ko’p qadriyatlar mavjud. Biz ularning ba’zilariga e’tibor bermaymiz, ba’zilarini yoqtirmaymiz, bazilariga rioya qilamiz va xakazo. Lekin ular ichida shunday bittasi borki, u har bir barkamol inson uchun muhim - bu erkinlik. Xech kim o’zgalarning taziyqi ostida xarakat qilishni, birovlarning fikriga qarab yo’l tutishni, tanlash imkoni yo’qligini yoqtirmaymiz. Buni ayniqsa bolalar yoqtirishmaydi.

Tavsif: Mumkin bo’lgan barcha sharoitda, ixtiyoriy o’qitish yoki boshqarish xarakatlarida o’quvchiga tanlash xuquqini berish. Ammo bitta muhim sharti bilan – tanlash xuquqi har doim o’z tanloviga masuliyatni ongli his qilishni talab etishi lozim.

OCHIQLIK TAMOYILI.

“Men shuni bilamanki, hech narsani bilmayman” – degan edi qadimgi grek mutafakkiri.

Maktabni muvaffaqiyatli bitirgan o’quvchidan “Men kimyo, matematika va fizikani yahshi bilaman” – degan gapni eshitish mumkin. Afsus. Afsus, bu o’quvchi NIMANI BILMASLIGINI BILMAYDI. Hozirgi kunda maktab o’quvchisi o’z bilim doirasini aniq tasavvur eta olmaydi, fanlarning o’rganish chegarasini umuman tasavvur qila olmaydi. Bu holda qayerdan ham qiziqish bo’lardi. Qiziqishsiz har qanday ta’lim faqatgina ijrochilarni tarbiyalash bo’lib qoladi halis.

Tavsif: faqat bilim berish emas, balki uning chegaralarini ko’rsatish lozim. O’quvchiga shunday muammolar qo’yish kerak-ki, ularning yechimlari o’rganilayotgan mavzu doirasidan tashqarida bo’lsin.

O’quvchiga yechimi ma’lum algoritm asosida topiladigan, aniq shartlarga va yagona to’g’ri yechimga ega “yopiq” masalalar emas, ularni xayotga tayyorlovchi “ochiq” masalalar berish lozim.

FAOLIYAT TAMOYILI

Birinchi marta sinfga kirgan pedagogika oliy o’quv yurti bitiruvchisini eslang. Uning metodika, didaktika bo’yicha bilimlari faoliyat orqali o’tkazilmagan, pedtexnikaning amaliy usullariga singdirilmagan.

Tavsif: O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni ko’proq faoliyat shaklida o’zlashtirishi

Darxaqiqat, bilim miyada saqlanib qolgan kerakmas zahira emas, ish quroliga aylanishi uchun o’quvchi u bilan ishlashi lozim. Bilim bilan ishlash nimani anglatadi? Umuman olganla, bu undan foydalanish, foydalanish soxasi va chegaralarini izlash, qayta ishlash, kengaytirish va boyitish, yangi aloqa va munosabatlarni topish, turli model va sharoitlarda ko’rib chiqish…

TESKARI ALOQA TAMOYILI

Tavsif: teskari aloqa usullarining rivojlangan tizimi yordamida o’quv jarayonini doimiy nazorat qilish.

Tizim – texnik, iqtisodiy, ijtimoiy yoki pedagogik – qanchalik rivojlangan bo’lsa, unda teskari aloqa mexanizmlari shuncha ko’p bo’ladi. Uchuvchi parvoz davomida bort tashqarisidagi xavo xaroratidan tortib yonilg’i miqdorigacha ko’plab parametrlarni maxsus asboblar orqali kuzatib boradi. Busiz parmoz muvaffaqiyatli bo’lishini tasavvur qilib bo’lmaydi. Huddi shu kabi dars jarayoni ham. Faqat o’qituvchi darsda boshqa parametrlarni: o’quvchilar kayfiyati, ularning qiziqish va tushunish darajasi kabilarni kuzatadi. O’qituvchida kayfiyat yoki qiziqish darajasini o’lchaydigan asbob yo’q, lekin u turli usullar yordamida bularni aniqlab oladi.

MUKAMMALLIK TAMOYILI (yuqori FIK “foydali ish koeffitsiyenti”)

Mukammallik – ijodiy (ixtirochilik) masalalarini yechish nazariyasi (IMYN) ning asosiy tushunchalaridan biri. Iqtisodchilarga rentabellik tamoyili, muxandislarga esa foydali ish koeffitsiyentini oshirish tamoyili tanish. Bu tamoyillarning ma’nosi yagona. Bizning ixtiyoriy xarakatimiz faqatgina keltiirlgan foyda bilan emas, balki ketkazgan kuch, asab, vaqt, mablag’ va xakazolar bilan ham belgilanadi. Foyda qanchalik ko’p va xarajat qanchalik kam bo’lsa faoliyat mukammalligi (yoki FIK) shuncha yuqori bo’ladi. Pedagogik texnika xaqida shuni aytish lozimki, bazi usul va texnologiyalar ularning faoydaliligiga qaramasdan o’z o’rnini topmadi va chetga surib qo’yildi. Past mukammaligi uchun shunday qilindi, ya’ni ular o’qituvchidan juda ko’p kuch yoki juda noyob sifatlarni talab qildi. Bizning mukammallik – ish faoliyatining eng yuqori samarasiga erishgan holda o’qituvchning charchamasligi! Bizning “mukammallik” ham har qanday mukammallik singari erishib bo’lmaydigan narsa. Lekin unga intilish albatta foydali.

Tavsif: ta’lim jarayonida pirovard natija samarasini oshirish va sarflanadigan kuchni kamaytirishga o’quvchilarning bilim, qiziqish va imkoniyatlarini maksimal ishlatish orqali erishish.

O’quvchlarning faolligi, o’z o’zini boshqarishi qancha yuqori bo’lsa, ta’lim yoki boshqaruvning mukammaligi ham shuncha yuqori bo’ladi. Agar biz ta’lim mazmuni va shaklini o’quvchlarning qiziqishlari bilan ongli ravishda moslashtirsak, o’quvchilarning o’zlari ko’proq bilishga intiladi. O’qitish tempi, ritmi va murakkabligini o’quvchilarning imkoniyatlari bilan moslashtirsak, ular o’z muvaffaqiyatlarini his qiladilar va uni mustaxkamlashga xarakat qiladilar. Bu tamoyil yana, o’quvchilarni o’z jamoasini boshqarishga faol jalb qilishni nazarda tutadi, shunda o’quvchilarning o’zlari bir-birini o’qitadi.

 

O’quv materialiga qiziqishni oshirish

O’quvchilarda o’quv materialiga qiziqishni turli usullar yordamida amalga oshirish mumkin. Ularning ayrimlarini ko’rib chiqamiz.

QIZIQTIRUVCHI MAQSAD

Yosh bola (go’dak) vannada cho’milishni istamaydi. Onasi uni kuch bilan majburlamaydi, balki bior o’yinchog’ini cho’miltirishni taklif etadi. Bu bola uchun tushunarli va qiziqarli. Mana bir ozdan so’ng bolaning o’zi ham o’yinchog’i bilan birga vannada cho’milyapti. Dono ona oddiy pedegogik usulni qo’lladi. Bu usulni maktabda ixtiyoriy sinf va fanda qo’llash mumkin.

Formula: O’quvchi oldiga oddiy, tushunarli va qiziqarli maqsad qo’yiladi. Uni bajarish jarayonida o’quvchi beixtiyor o’qituvchi rejalashtirgan ishni ham bajaradi.

Misol: “Axborotlarni kodalsh” mavzusi. O’qituvchi o’quvchilarda “Josus” o’yinini taklif etedi. O’quvchilar kichik guruxlarga bo’linadi. Bir guruxning “sirli xat”ida nima yozilganini ikkinchi gurux aniqlashi kerak. Bunda o’quvchilarga darsda ko’rib chiqilgan kodlash usullari bilan birga o’zlari o’lab topgan usullardan ham foydalanish mumkinligi aytiladi.

XAYRATLANTIR

Yaxshi ma’lumki, hech bir narsa g’aroyib (ajablanarli, hayratli) narsa singari e’tiborni jalb qila olmaydi.

Formula: O’qituvchi shunday “qarash burchagi”ni topadiki, bunda oddiy narsa ham g’aroyib bo’lib ko’rinadi.

Misol: “Ma’lumotlar ombori” mavzusi. Ob’yektlar va ularning xususiyatlarini tushuntirish kerak. O’qituvchi “Shunday mamlakat borki, u yerda odamlar suvdan yura oladilar” – deydi. O’quvchilar albatta xayron bo’ladilar. O’qituvch: “Aniqlanishicha yilning shunday kunlari bo’lar ekanki, xatto siz ham suv ustida yura olar ekansiz“. O’quvchilarning xayrati ichiga sig’maydi. Qish. Ko’chalar qor bilan qoplangan. Axir, bunda biz suv ustida yuramiz. Chunki lqor – suvning xolatlaridan biri. Siz suvning yana qanday xolatlarini bilasiz. Suv – bu ob’yekt. Uning xususiyatlaridan biri - har xil xolatlarga kira olishi.

KECHIKTIRILGAN YECHIM

Formula: Dars boshlanishida o’qituvchi topishmoq beradi. Uning yechimi yangi mavzuni tushuntirishda ma’lum bo’ladi.

Misol: “Sanoq sistemalari” mavzusi. O’qituvchi o’quvchilarga savol beradi: “birga birni qo’shsa, necha bo’ladi ?”. Albatta hamma “ikki” – deb javob beradi. “Noto’g’ri, 1+1=10, buni isbotlab berishim mumkin” – deydi o’qituvch. Gap albatta ikkilik sanoq sistemasi xaqida ketyapti. Lekin bolalar qiziqib qolishdi.

UY VAZIFASINING TURLARI VA DARAJALARI

O’quvchilarga beriladigan uy fazifalari bir necha tur va darajada bo’lishi mumkin. Darsda ikki yoki uch xil darajadagi yu vazifalarini berish maqsadga muvofiq.

Birinchi daraja – MAJBURIY MINIMUM. Bunday topshiriqning asosiy xususiyati: uni barcha o’quvchilar oson tushunishi va bajara olishi kerak.

Ikkinchi daraja – TAYYORLANUVCHI. Bunday topshiriqlarni dasturni qiyinchiliksiz o’zlashtiradigan va predmetni yaxshiroq bilishga xarakat qiladigan o’quvchilar bajaradi. O’qituvchi ularni birinchi tur topshiriqdan ozod qilishi ham mumkin.

Uchinchi daraja – IJODIY TOPSHIRIQ. Odatda bunday topshiriqlarni o’quvchi o’z xoxishiga qarab bajaradi. Ular o’qituvchi tomonidan yuqori ball va maqtov bilan rag’batlantiriladi.

Ijodiy topshiriqlar turi juda ko’p. Masalan, o’quvchilarga quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:

- mavzu bo’yicha ertak, fantastik hikoya, masal yozish;

- chaynvord, krossvord tayyorlash;

- mazu bo’yicha qiziqarli fakt, masala va misollar to’plash;

- mazu bo’yicha plakat tayyorlash;

- mazu bo’yicha rasmlar chizish va xakazo.

Uyga vazifa berish usullari

Uy vazifasi ijodiy bo’lishi mumkin ekan. Shu bilan birga yu vazifasini berishga ham ijodiy yondashish mumkin. Yu vazifasini biror topishmoq, jumboq, boshqotirma shaklida berib unga sirli tus kiritish mumkin. Albatta o’quvchilar yecha oladiogan jumboq tanlanishi kerak.

Misol 1: “Sanoq sistemalari” mavzusi. Yuga vazifa sifatida beriladigan darslikdagi mashqlarning tartib raqamlarini ikkilik sanoqsistemasida berish mumkin. O’quvchi qaysi mashqlarni bajarishi bilish uchun avval ularning tartib raqamini ikkilik sanoq sistemasidan o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazib olishi kerak bo’ladi.

Misol 2: “Ma’lumotlar ombori” mavzusi. Yuga vazifa: “Yer tagida oltin qoziq” sinfiga mansub ob’yektlar ma’lumotlar omborini tuzing. Ob’yektlar soni beshtadan kam bo’lmasin. O’quvchi qaysci ob’yektlar uchun ma’lumotlar omborini tuzishni bilishi uchun, avval berilgan topishmoqning javobini topishi kerak. Keltirilgan misolda javob: sabzi. Demak “sabzavotlar” ma’lumotlar ombori tuzilishi kerak.

Inson tabiatan sirli narsalarga qiziqadi, yosh bolalar, ayniqsa. Uy vazifasi bu shaklda berilganda, o’quvchilar aksariyat holda uy vazifasini bajargandan ko’ra qaysi vazifani bajarishni topganidan ko’proq faxrlanadi. O’quvchi uy vazifasini albatta bajaradi. Axir, aks hilda u o’qituvchi bergan jumboqni yecha olmagan bo’lib chiqadiku. Jumboqni yechgan o’quvchi buni hiohlarmidi? Albatta yo’q.

Hamma darsda ham ushbu usuldan foydalanaverish kerak emas. “Har narsaning me’yori yaxshi” – degan xikmatni unutmaslik lozim.

 

O’qitishning interfaol uslublari

 

Interfaol metodlarning ta’lim  va tarbiya jarayonidagi  o’rni va imkoniyatlari

  Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular  ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga  ega.

 

Interfaol mashg’ulot samaradorligi omillari

Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.

Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon  qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.

Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi. 

Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan:

 Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.

Tushunish darajasidagi  tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni  taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish.

Qo’llash darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to’g’ri qo’llaydi.    Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o’rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish.

Tahlil darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko’radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash.

Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalash.

Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi.  Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o’lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash.

Interfaol usullar ko’p turli bo’lib, ularning hammasi  ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan katta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.

Shu mashg’ulotlarni tashkil qilishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini uning an’anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini ko’rib chiqish orqali yaqqolroq  idrok etish mumkin. Shu maqsadda quyidagi jadvalni keltiramiz:

 

An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar

 

Asosiy tushunchalar

An’anaviy dars

Interfaol dars

1

qo’llanish darajasi

Barcha mavzular bo’yicha ular uchun  qulay bo’lgan dars turlari shaklida qo’llaniladi.

Ayrim mavzular bo’yicha interfaol darsning qulay bo’lgan turlari shaklida qo’llaniladi. Boshqa mavzular uchun an’anaviy dars  qo’llaniladi

2

Dars maqsadi

Dars mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlash.

Dars mavzusi bo’yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga o’rgatish.

3

O’qituvchining vazifalari va ish usullari

Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berish.

O’quvchilarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil  qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab berish.

4

Darsga tayyorgarlikka talablar

Dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash.

Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur vositalarni tayyorlash.

5

O’quvchilar tayyorgarligiga talablar

Oldingi dars bo’yicha vazifalarni bajarib kelish.

Yangi dars mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilish.

6

O’quvchilarning vazifalari va

ish usullari

O’qituvchini tinglash va o’zlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish.

O’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish bo’yicha mustaqil fikrlash, o’z fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga kelish

7

Vaqt

taqsimoti

Dars vaqtining ko’p qismi o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o’zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi.

Dars vaqtining ko’p qismi o’quvchilarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o’z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi.

8

Darsning  modul va algoritmlari

Darsning modul va algoritmlaridan har bir o’qituvchi o’zi qo’llayotgan metodga muvofiq foydalanadi.

Har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o’tkaziladi.

9

O’quvchilardan talab qilinadigan faollik darajasi

O’qituvchi har tomonlama faol, o’quvchilar diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo’yicha faol.

Muloqot shakllari:

o’qituvchi-guruh;

o’qituvchi-o’quvchi;

o’quvchi-o’quvchi;

o’quvchi-o’qituvchi;

guruh-o’qituvchi;

O’qituvchi ham, o’quvchilar  ham har tomonlama faol. Hamkorlik, hamijodkorlik shakllari: o’qituvchi-o’quvchi; o’quvchi-o’quvchi; o’quvchi-kichik guruh;

kichik guruh-kichik guruh;

o’quvchi-o’qituvchi;  kichik guruh-o’qituvchi;

guruh-o’qituvchi.

10

Bilimlarni o’zlashtirishning asosiy usullari

Muloqot, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa va boshqalar.

Muloqot, mutolaa, mushohada, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil va boshqalar.

11

Mashg’ulot shakllari

Ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulot, laboratoriya mashg’uloti, davra suhbati, bahs, munozara, konsultastiya va boshqalar.

Ma’ruza, guruh yoki juft bo’lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy ishlar va boshqalar.

12

Kutiladigan natija

Mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtirishlari.

Mavzu bo’yicha o’quvchilarning o’z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish.

 

Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi.

Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg’ulot turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik tomonlarini yaqqol ko’rsatib turibdi.

Interfaol mashg’ulotning ushbu jadvalda ko’rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1. O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda qaysi mavzular bo’yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda hap bir mavzu bo’yicha mashg’ulotning maqsadiga to’liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg’ulot turlaridan foydalanish ko’zda tutiladi.

2. Interfaol mashg’ulotning samarali bo’lishi uchun o’quvchilar yangi mashg’ulotdan oldin uning mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur.

3. Interfaol mashg’ulotda o’quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg’ulotga nisbatan ko’p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.

Shularga o’xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta’siri to’g’risida bir necha asr muqaddam A.Navoiy o’zining mashhur "Mahbub ul-qulub" asari muqaddimasida shunday yozgan edi: "Umid ulkim, o’qig’uvchilar diqqat va e’tibor ko’zi bila nazar solg’aylar va  har qaysisi o’z fahmu idroklariga ko’ra bahra olg’aylar...". Bunda shu asarni har kim turlicha, ya’ni o’z fahmi idroki darajasidagina tushunishi, o’zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo’llay bilishi ko’rsatib o’tilgan bo’lib, bundan biz interfaol ta’lim usullarining an’anaviy usullardan asosiy farqlari to’g’risida yuqorida aytgan xulosalarimizni yanada qisqa qilib, o’quvchilarning fahmu  idroklarini o’stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin.

Bunda ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim usullari O’zbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar bilan talabalar o’rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo’llab kelingan.

Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o’stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo’lib etishishlariga xizmat  qilgan.

Hozir interfaol mashg’ulotlarni olib borishda ma’lumki, asosan interfaol usullar qo’llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada interfaol texnologiyaga o’sib o’tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o’zaro farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin.

Interfaol ta’lim usuli – har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o’z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o’quvchi o’z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada  o’zlashtiradi.

Interfaol ta’lim texnologiyasi - har bir o’qituvchi barcha o’quvchilar ko’zda tutilgandek o’zlashtiradigan mashg’ulot olib borishini ta’minlaydi. Bunda har bir o’quvchi o’z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg’ulotni oldindan ko’zda tutilgan darajada o’zlashtiradi.

Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llash bo’yicha ayrim tajribalarni o’rganish asosida bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga, ta’lim vositalariga bog’liq omillar deb atash mumkin. Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini nazarda tutishimiz lozim.

Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi:

-o’qituvchilardan interfaol mashg’ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini tayyorlash;

         -o’qituvchilarga interfaol usullarni o’rgatishni tashkil qilish;

         -o’quv xonasida interfaol mashg’ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish;

         -ma’ruzachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo’lishini ta’minlash;

-sanitariya-gigiena me’yorlari buzilishining oldini olish;

-xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta’minlash;

-davomatni va intizomni saqlash;

- nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar.

     Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi:

-DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko’zda tutilgan maqsadga to’liq erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol usullarni to’g’ri tanlash;

  -interfaol mashg’ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash;

  -interfaol mashg’ulotning har bir elementi o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq bo’lishini ta’minlash;

     -mashg’ulotlar mavzusi va mazmunini so’nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida belgilash;

     -zamonaviy yuqori samarali metodlarni qo’llash;

     -o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos darajadagi interfaol mashg’ulotlarni o’tkazish;

     -interfaol mashg’ulot uchun yetarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar.

O’qituvchiga tegishli omillar:

     -mavzuni sayoz bilishi;

     -nutqidagi kamchiliklar: talaffuz, adabiy til me’yorlari, grammatika qoidalari, notanish yoki xorijiy so’zlar, atamalarning ma’nosini tushuntirmasdan  qo’llashi, shevaga xos so’zlarni ko’p qo’llashi, yozib namoyish qilishda xatoga yo’l qo’yishi va tushunarsiz yozishi;

-o’zini tutishi va pedagogik xulqidagi nuqsonlar;

-kiyinishi va tashqi ko’rinishiga e’tiborsizligi;

-ta’lim vositalaridan unumli va to’g’ri foydalana olmasligi;

-kuzatuvchanlik, vaqtning o’tishini his qilish, uni to’g’ri taqsimlash ko’nikmasi etishmasligi;

-tinglash ko’nikmasi yetishmasligi;

-o’quvchiga xayrixohlik, samimiylik, u bilan hamkorlikda ish olib borish ko’nikmasi yetishmasligi;

         -mantiqiy bog’liqlik va izchillikka rioya qilmaslik va boshqalar.

o’quvchilarga tegishli omillar:

-davomat pastligi, mashg’ulotga kechikib kelishi;

-zarur tayyorgarliksiz kelishi;

-ilmiy atamalarni bilmasligi;


 

Скачано с www.znanio.ru

O’qitish uslubi. Informatika kursining o’qitish uslublari muammolari

O’qitish uslubi. Informatika kursining o’qitish uslublari muammolari

TESKARI ALOQA TAMOYILI Tavsif: teskari aloqa usullarining rivojlangan tizimi yordamida o’quv jarayonini doimiy nazorat qilish

TESKARI ALOQA TAMOYILI Tavsif: teskari aloqa usullarining rivojlangan tizimi yordamida o’quv jarayonini doimiy nazorat qilish

Yosh bola (go’dak) vannada cho’milishni istamaydi

Yosh bola (go’dak) vannada cho’milishni istamaydi

Ijodiy topshiriqlar turi juda ko’p

Ijodiy topshiriqlar turi juda ko’p

Interfaol mashg’ulot samaradorligi omillari

Interfaol mashg’ulot samaradorligi omillari

Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni…

Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni…

Vaqt taqsimoti Dars vaqtining ko’p qismi o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o’zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi

Vaqt taqsimoti Dars vaqtining ko’p qismi o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o’zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi

Interfaol mashg’ulotning samarali bo’lishi uchun o’quvchilar yangi mashg’ulotdan oldin uning mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur

Interfaol mashg’ulotning samarali bo’lishi uchun o’quvchilar yangi mashg’ulotdan oldin uning mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur

Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi: -DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko’zda tutilgan maqsadga to’liq erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol usullarni to’g’ri tanlash; -interfaol mashg’ulot…

Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi: -DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko’zda tutilgan maqsadga to’liq erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol usullarni to’g’ri tanlash; -interfaol mashg’ulot…
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
20.02.2020