Geografiya fanida o’qitish metodlariga yangicha usul bilan yondashildi.An’anaviy o’qitish usulidan noan’anaviy o’qitish usuliga o’tish tizimi joriy etildi.Dars jarayonida turli xil ko’rgazmalar, xaritalar,globus va shunga o’xshash ko’rgazmali qurollardan foydalanish keng yo’lga qo’yildi.
Jumladan globus yordamida o’qitish,globus xaqida ma’lumot berish o’quvchining ongida geografik bilimlarining yanada mustahkamlanishiga sabab bo’ladi.
Shuning uchun xam hozrda o’rta ta’lim maktablarida kollej va akademik litseydalarda har bir geografiya darsi globus bilan olib borilmoqda
Globus geografiya uchun eng zarur qo’llanmadir. sharining modeli — globusning qimmatli va o’ziga xos xususiyati uning teng masshtabligidir. Globus — haqida to’g’ri tasavvur beradigan, maydon va eng qisqa oraliqlarni (ortodromiya) to’gri ko’rsatadigan va ifodalaydigan asosiy o’quv qurolidir.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIMI VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA YO`NALISHI
3BOSQICH TALABASI
OXUNJONOVA DILDORANING
GEOGRAFIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN
Mavzu: O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA
GLOBUSDAN FOYDALANISHNING
AFZALLIK TOMONLARI
QABUL QILDI: P.F.N.DOTS. NIKADAMBAYEVA X. B.
TOSHKENT – 2019
Reja
1.Geografiya ta’limi meto dikasi haqida tushuncha.2.O’rta ta’lim maktablarida globusdan foydalanishning afzallik tomonlari.Metodika so’zi yunoncha bo’lib, bilim berish yo’llarining ma’lum sestemasini anglatadi.
Geografiya o’qitish metodikasi alohida o’quv predmetidir.
Geografiya ta’limi metodikasi — geografiya ta’limi prosessini tadqiq qiladigan, uning
qonuniyatlarini aniqlaydigan fandir. Geografiya ta’limi metodikasi — geografiya o’qitishning
maqsadvazifalarini ko’rsatib beradi, maktab geografiya kurslarining mazmuni va uning
ta’limtarbiyaviy ahamiyatini aniqlaydi, bilimlarning ongli va mustahkam o’zlashtirilishini
ta’minlaydigan metod, usul va prinsiplarni asoslab beradi, boshqacha aytganda, ta’lim tarbiya
masalalarini hal etish yo’llarini ko’rsatib beradi.
Geografiya ta’limi metodikasi geografiya fanlari umumiy er bilimi, kartografiya, geologiya,
iqlimshunoslik, tuprok geografiyasi, o’simliklar geografiyasi, hayvonlar geografiyasi, materiklar
tabiiy geografiyasi, O’zbekiston tabiiy geografiyasi, O’zbekiston iqtisodiy geografiyasi va chet
mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi) metodologiyasi va mazmuni bilan bevosita bogliq u
pedagogika va psixologiya fanlari erishgan yutuqlarga tayanadi.
Geografiya ta’limi metodikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat har bir maktab
geografiya kursining maqsadi, mazmuni va ahamiyatini belgilash, ular mazmunini
takomillashtirish o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda geografiya fanidagi
asosiy g’oya, fakt, tushuncha va qonuniyatlarini ajratib olish, o’quvchilarning bilimlarni ongli
o’zlashtirishlariga imkon beradigan ta’lim yo’llarini anqlash; geografik ma’lumotlar asosida
o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va ularni vatan parvarlik ruhida tarbiyalash
yo’llarini ko’rsatib berish; o’qituvchilarga amaliy ko’nikma va malakalarni singdirish
imkoniyatlarini aniqlash ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini
ta’minlaydigan samarali metod va usullarni aniqlash; geografiya fanining umumiy va politexnika
ta’limi sistemasidagi, o’quvchilarni mehnatga o’rgatish va ularga axloq tarbiyasi hamda estetik
tarbiya berishdagi, o’quvchilar dunyoqarashyni shakllantirishdagi mohiyatini va vazifalarini
ochib berish; geografiya kurslariga mos keladigan va o’quvchilarning yosh xususiyatlarini
hisobga olgan, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar va amalda tekshirib ko’rilgan ta’limtarbiya
metodlari bilan o’qituvchilarni qurollantirish; ta’limini tashkil etish turlarini ishlab chiqishi;
darslik va boshqa o’quv qo’llanmalariga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish; kurslar bo’yicha
o’quvchilarning yoshiga mos keladigan o’quv qurollarini va ulardan foydalanish metodikasini
ishlab chiqish; o’quvchilarni o’lkashunoslik va sinfdan tashqi ishlarning mazmuni, turlari va
metodikasi bilan tanishtirish.1) Geografiya ta’limining umumiy metodikasi,
2) Xususiy metodikasidan iborat ikki qismga bo’linadi.
Umumiy metodika maktab geografiyasiga oid barcha umumiy masalalar — maktab
geografiyasi metodikasining taraqqiyoti, kurslarning mazmuni, bilimlarni shakllantirish va
mashg’ulotlarni tashkil etishning asosiy yo’llari va boshqalar kiradi. Xususiy metodika maktab
geografiyasining ayrim kurslari — tabiatshunoslik kursi, tabiiy geografiya boshlang’ich kursi,
materiklar geografiyasi, O’zbekistonning tabiiy geografiyasi, O’zbekiston iqtisodiy geografiyasi
va chet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi kurslarining ahamiyati, mazmuni, metodikasi va
o’qitishni tashkil etish xususiyatlarini o’rganadi.
Metodikaga oid tadqiqotning maqsadi maktab geografiyasi mazmunini ishlab chiqish, ta’lim
va tarbiyaning tashkil etishdagi mavjud metod va shakllarni takomillashtirish va yangilarini
izlashdan iboratdir. Har bir tema mazmuniga mos keladigan ko’rsatmali qurollarni
tayyorlashga ham anchagina e’tibor beriladi.
Geografiya o’qitishning eng samarali metod va usullarini aniqlashda o’qituvchilarning
tajribalarini o’rganish katta ahamiyatga ega. Maktablarimizda g’ayratli, tashabbuskor
o’qituvchilar oz emas, ular eng yaxshi metod va usullarni axtaradilar, ijodiy izlanadilar. Bunday
o’qituvchilar o’quvchilarning fan asoslarini puxta o’zlashtirishlariga imkon beradigan eng yaxshi
usullarni qo’llaydilar. Ularning tajribalari umumlashtiriladi, ilmiy jixatdan asoslanadi va
ommalashtiriladi.
Geografiya fani haqida so’z yuritar ekanmiz avvalo uning tarixi,o’tmishiga bir nazar solsak
maqsadga muvofiq bo’ladi.Geografiya faniga azaldan barcha mamlakatlar alohida e'tibor
qaratgan.Ayniqsa O’rta Osiyoda jumladan O’zbekistonda alohida e’tiborga sazovor bo’lgan.
Buni ko’pgina O’zbekistonlik olimlarning asarlarida geografiya haqidagi fikrlaridan
ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach geografiya fani bir qator
yutuqlarga erishdi.
Geografiya fanida o’qitish metodlariga yangicha usul bilan yondashildi.An’anaviy o’qitish
usulidan noan’anaviy o’qitish usuliga o’tish tizimi joriy etildi.Dars jarayonida turli xil
ko’rgazmalar, xaritalar,globus va shunga o’xshash ko’rgazmali qurollardan foydalanish keng
yo’lga qo’yildi.
Jumladan globus yordamida o’qitish,globus xaqida ma’lumot berish o’quvchining ongida
geografik bilimlarining yanada mustahkamlanishiga sabab bo’ladi.Shuning uchun xam hozrda o’rta ta’lim maktablarida kollej va akademik litseydalarda har
bir geografiya darsi globus bilan olib borilmoqda
Globus geografiya uchun eng zarur qo’llanmadir. sharining modeli — globusning qimmatli
va o’ziga xos xususiyati uning teng masshtabligidir. Globus — haqida to’g’ri tasavvur
beradigan, maydon va eng qisqa oraliqlarni (ortodromiya) to’gri ko’rsatadigan va ifodalaydigan
asosiy o’quv qurolidir.
Globus o’quvchilarga bir qancha noaniq narsalarni bilib olishga imkon beradi.
Globus bilan asosan V sinfdan boshlab ishlanadi. Tabiatshunoslik kursida ning
sharsimonligi, qutb, meridian, parallel va ekvator haqidagi tushunchalar, ning sutkalik va yillik
xarakati, ning «usti» va «osti» yo’qligi kabi bir qancha masalalarni faqat globus yordamida
o’rganish mumkin.
Yirik geografik ob’ektlar (materiklar, okeanlar, mamlakatlar) ning shakli, joylanishini
globussiz to’g’ri tasavvur qilib bo’lmaydi. Ularning yarimsharlardagi tasviri globusdagi haqiqiy
tasvirdan farq qiladi, ba’zilari esa yarimsharlar va dunyo kartalarida bo’lib ko’rsatiladi.
Chunonchi, Atlantika, Tinch, Shimoliy Muz okeanlari va Antarktida materigi yarimsharlar va
dunyo kartalarida ikki bo’lak holda tasvirlanadi.O’ZMU globusi
Yer sharining tabiati Quyoshdan tushadigan nurning tik yoki qiyaligiga bog’liq ekanligi
xam globusdan o’rganiladi.
Yarimsharlar va
kartalari bilan ishlaganda o’quvchilarga globusdagi qavariq yuza
kartada tekis yuza holda tasvirlanishini tushuntirish kerak.
Kartada meridianlarning shimoliy va janubiy yo’nalishlarini, parallellarining sharqiy va
g’arbiy yo’nalishlarini ham globusda mashq qilib, keyin kartalardan aniqlansa to’g’ri tushuncha
hosil bo’ladi; geografik kenglik va uzunliklarni topishga, aniqlashga oid ko’nikmalar xosil qilish
uchun ham globusda mashq bajarish kerak.
Ba’zi o’qituvchilar VI sinfdan keyin globusdan foydalanmay qo’yadilar. Bu to’g’ri emas.
Globusdan butun geografiya ta’limi davomida foydalanish lozim.Havo transporti va raketa texnikasi rivojlangan hozirgi davrda globus ayniqsa katta amaliy
ahamiyatga ega. Hozir globus aeronavigasiya va kosmik, uchishlarda ham qo’llanilmoqda.
Globus barcha tabiiy geografiya kurslarida, xususan quyidagi masalalarni xal etishda: ning
umumiy ko’rinishini tasavvur etishda; yerning sharsimonligini isbotlashda; yuzasidan ko’tarilgan
sari gorizontning kengayib borishini tushuntirishda; matyiklar bilan okeanlarning o’zaro xolati,
kattaligi, shakllarini o’rganishda; qutb nuqtasining xususiyati va qutbdagi yo’nalishlarni
o’rgainishda; qutb, ekvator, meridian, parallellarni o’rganishda; yarimshar tushunchalarini
egallashda; ning o’z o’qi atrofidagi harakatini, kun va tunning hosil bo’lishini tushuntirishda;
ning Quyosh atrofidagi yillik harakatini tasavvur etishda; o’qining orbita yuzasiga nisbatan
og’ganligini tushuntirishda; yil fasllarini o’rganishda; oyning atrofidagi harakatini o’rganishda;
oy fazalarining vujudga kelishini tushuntirishda; quyosh va oy tutilishini o’rganishda; sharidagi
«yuqori» va «quyi» tushunchalarini hal etishda; ning kattaligi va ellipsligini tushuntirishda;
sharining kattaligiga nisbatan tog’ tizmalarining balandligini tasavvur etishda; gradus to’rini
o’rganishda; kenglik va uzunlikni tasavvur etishda; geografik koordinatalarni belgilashda;Quyosh nurining sharining turli kengliklarida turli burchak bilan tushishini ko’rsatishda;
tropiklar va qutbni, doiralarni tushuntirishda; sharining issiqlik mintaqalarini o’rganishda;
ortodromiya va loksodromiyani tushuntirishda; atmosferaning umumiy sirkulyasiyasini
o’rganishda; passatlarni o’rganishda; dengiz oqimlarini tushuntirishda; ekspedisiya, sayoxat va
uchish yo’llarini ko’rsatishda; joyning geografik o’rnini aniqlashda; havo va suv yo’llarining
uzunligini ko’rsatishda; Arktika va Antarktida tushunchalarini bilib olishda; O’zbekistonning
sharidagi o’rnini tasavvur etishda; sharidagi ayrim nuqtalari (masalan, Toshkent bilan Moskva,
NьyuYork, Tokio) o’rtasidagi eng qisqa masofani aniqlashda qo’llaniladi.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Никадамбаева Ҳ.Б., Рўзиева Д.И., Карабазов З.А. “Ўрта Осиё табиий
географияси”ни интерфаол методлардан фойдаланиб ўқитиш методикаси. –
Тошкент: Мирзо Улуғбек номидаги ЎзМУ нашриёти, 2017. – 224 бет.
Никадамбаева Ҳ.Б. География ўқитиш методикаси. Услубий қўлланма.
Тошкент: Мирзо Улуғбек номидаги ЎзМУ нашриёти, 2018. 84 бет.
Nazarov H., Mamajonova R. Uslubiy qo’llanma. Qo’qon2008.
2.
3.
Internet ma’lumotlari:
www.Google.uz
www.ZiyoNet.ru