Mazkur ma’lumotnomada Toshkent viloyatining Piskent tumani haqida ma’lumot berilgan bo`lib, unda tumanning o`rganilish tarixi, geografik o`rni, iqlimi, tuproqlari, yerosti va yerusti suvlari, muqaddas qadamjolari, aholisi va tarqalgan joya nomlari haqida ma`lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotnoma umumiy o`rta ta`lim maktablari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari, oliy o`quv yurtlarining pedagog mutaxasis tayyorlovchi yo`nalishlari hamda geografiya yo`nalishi bakalavr, magistir talabalari, malaka oshirish institutlari tinglovchilari hamda sayyohlar uchun mo`ljallangan.
This brochure provides information on the Piskent district of Tashkent region, which contains information about the history of the district, geographical location, climate, soil, terrestrial and subsoil waters, sacred places, population and distributed names is given. This handbook is intended for general secondary schools and teachers of academic lyceums and professional colleges as well as pedagogical specialists in the field of higher education, as well as geographical focus bachelors, masters students, trainees and for tourists.
OXUNJONOVA DILDORA KOMILJON QIZI
PISKENT TUMANI TABIATI HAQIDA
MA’LUMOTNOMA
1Toshkent2019
Mazkur ma’lumotnomada Toshkent viloyatining Piskent tumani haqida
ma’lumot berilgan bo`lib, unda tumanning o`rganilish tarixi, geografik o`rni,
iqlimi, tuproqlari, yerosti va yerusti suvlari, muqaddas qadamjolari, aholisi va
tarqalgan joya nomlari haqida ma`lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotnoma
umumiy o`rta ta`lim maktablari hamda akademik litsey va kasbhunar kollejlari
o`qituvchilari, oliy o`quv yurtlarining pedagog mutaxasis tayyorlovchi
yo`nalishlari hamda geografiya yo`nalishi bakalavr, magistir talabalari, malaka
oshirish institutlari tinglovchilari hamda sayyohlar uchun mo`ljallangan.
This brochure provides information on the Piskent district of Tashkent
region, which contains information about the history of the district, geographical
location, climate, soil, terrestrial and subsoil waters, sacred places, population
and distributed names is given. This handbook is intended for general secondary
schools and teachers of academic lyceums and professional colleges as well as
pedagogical specialists in the field of higher education, as well as geographical
focus bachelors, masters students, trainees and for tourists.
Bajardi: Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Geografiya
va tabiiy resurlar fakulteti III bosqich geografiya yo`nalishi talabasi
Oxunjonova D.K.
2Ilmiy rahbar : p.f.n., dots. Nikadambayeva H.B.
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
D.K.Oxunjonova
PISKENT TUMANI TABIATI HAQIDA MA’LUMOTNOMA
O`quv loyiha
3Toshkent2019
“Geodil”
MUNDARIJA
b
et
KIRISH....................................................................................................
.......
JOYLASHGAN
GEOGRAFIK
O`RGANILISH
TUMANINING
I. PISKENT TUMANI TABIATIGA TAVSIF
1.1
.
1.2
.
1.3
.
1.4
.
1.5
.
1.6
.
II. TUMANDA JOYLASHGAN MUQADDAS QADAMJOLAR
PISKENT
TARIXI.....................................
TUMANNING
O`RNI.................................
RELYEFINING
O`ZIGA
XUSUSIYATLARI.........................................
IQLIMI......................................................................................................
........
YERUSTI
SUVLARI................................................................
ARXEOLOGIYASI..................................................................................
.........
YEROSTI
XOS
VA
2.1
.
2.2
.
III
.
IV
.
BO`G`ZIYONOTA
ZIYORATGOHI...............................................................
“QIRQQIZ”
ZIYORATGOHI...........................................................................
QISHLOQ
XO`JALIGI..................................................................................
TUMANDA TARQALGAN GEOGRAFIK JOY NOMLARI
XULOSA.................................................................................................
4FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...............................................
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20182019yillarda turizm
sohasini rivojlantirish bo’yicha birinchi navbatdagi choratadbirlar to‘g‘risida
qarori qabul qilingan.
Respublikamizdagi tumanlar soni 156 tadan ortiq bo`lib, shulardan biri
o`zining tabiati, so`lim go`shalari bilan ajralib turuvchi Piskent tumanidir.
O`zbekiston Respublikasining har bir hududida turizmni rivojlantirih
to`g`risida bir nechta qarorlar qabul qilingan.
Ma’lumotlarga ko`ra, tuman maydoni 0,79 ming km2 ni tashkil etadi.
Piskent tumani shimol va shimolisharqdan Ohangaron va O`rta Chirchiq,
g`arbdan Oqqo`rg`on, janubig`arbdan Bo`ka tumanlari, janubdan esa Tojikiston
Respublikasining So`g`d viloyati bilan chegaradosh.
Piskent tumani Yer maydoni g`arbdan sharqqa tomon balandlashib boradi.
Sharqiy qismida Qurama tog`lari, adirlar, cho`l, yaylovlar joylashgan. Relyefi
biroz pastbaland, eski daryo o`zanlari, jar va jilg`alardan iborat. Hududdagi
asosiy sug`oriladigan yerlar g`arbiy qismida joylashgan.
5PISKENT TUMANINING O`RGANILISH TARIXI
Respublikamizning har bir qarichi takrorlanmas xususiyatlarga va
manzaralarga ega. Ana shunday hududlardan biri Toshkent viloyatining o`ziga
xos tabiati va so`lim go`shalari bilan ajralib turuvchi Piskent tumanidir.
Piskent tumanining geografik o`rnini va arxeologik qazilmalarini bir qator
professorlar, olimlar o`rgangan. Bular injener gidrogeologlar R. S. Subbotin va
P. L. Nachayevich, arxeolog A. A. Potapov, M. V. Voevodskiy, V. D. Jukov, I.
N. Lutskevichlar, T. G. Obolduyev, Y.F.Buryakov, professor M.E. Masson va
boshqalar. Sh.M.Sharipov Piskent tumani landshaftlarini o`rgangan. Aynan shu
tuman diyorida o`sib ulg`ayib, bugungi kunda fizikamatematika fanlari
nomzodi, dotsent A.Mamatqulov Piskent tumani haqida tarixiy, arxeologik,
geografik ma’lumolarni o`rganib, jamlab risolalar yozgan.
6TUMANNING JOYLASHGAN GEOGRAFIK O`RNI
Ma’lumotlarga ko`ra, tuman maydoni 0,79 ming km2 ni tashkil etadi.
Piskent tumani shimol va shimolisharqdan Ohangaron va O`rta Chirchiq,
g`arbdan Oqqo`rg`on, janubig`arbdan Bo`ka tumanlari, janubdan esa Tojikiston
Respublikasining So`g`d viloyati bilan chegaradosh.
71rasmda Piskent tumanining kosmosdan ko`rinishi aks ettirilgan. Tabiiy
geografik jihatdan tuman hududi Qurama tog` tizmalarining etaklarida va
Ohangaron daryosining chap sohilida ChirchiqOhangaron vodiysi
boshlanadigan yerda joylashgan.
RELYEFINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Yer maydoni g`arbdan sharqqa tomon balandlashib boradi. Sharqiy
qismida Qurama tog`lari, adirlar, cho`l, yaylovlar joylashgan. Relyefi biroz past
baland, eski daryo o`zanlari, jar va jilg`alardan iborat. Hududdagi asosiy
sug`oriladigan yerlar g`arbiy qismida joylashgan.
8Yerlari bo`z tuproqli bo`lib, pastqam joylarda o`tloqli, botqoqo`tloqli,
allyuvial tuproqlardan iborat. Tumanning shimoliy chegarasi bo`ylab Toshkent
suv ombori joylashgan[1.7]. Tumanning shimoliy chegarasi bo`ylab Toshkent
suv ombori (“Toshkent dengizi”) joylashgan [1.7]. Ohangaron daryosi o`z
suvlarini Tyanshan tog`ining Chotqol va Qurama tog` tizmalaridan oqib
keluvchi soy suvlarining qo`shilishidan oladi. Daryoning Sirdaryoga
qo`shilishigacha bo`lgan uzunligi 236 km, havzasining maydoni esa 7710 kv.
km. ni tashkil etadi. Hududning o`rtacha balandligi 3002500 metrni tashkil
etadi (2rasm).
IQLIMI
Iqlimi mo`tadil issiq va quruqdir. Piskent tumanida bog`lar va ekinzorlar
ko`p. Ba’zi yillarda kech bahorda havo haroratining keskin pasayib ketishi
9tufayli qishloq xo`jaligi mahsulotlari zarar ko`radi. Tumandagi yillik o`rtacha
harorat +13,5oC ni tashkil etsa, iyul oyining o`rtacha harorati +27oC, eng yuqori
harorat esa +42oC ni tashkil etadi. Biroq so`nggi yillarda yillik o`rtacha
haroratning birmuncha ko`tarilayotgani aniqlangan. Yanvar oyining o`rtacha
harorati 1,0oC ni, ayrim yillarda eng past harorat 27oC ga tushib ketgan. Yog`in
miqdori g`arbdan sharqqa tomon ortib boradi. Yillik o`rtacha yog`in miqdori
350 mm ni tashkil etadi.
YERUSTI VA YEROSTI SUVLARI
Piskent tumanida yerosti suvlari mavjud. Tuman markazi sanalgan
10Piskent shahri zaminida 40100 metr chuqurlikda, tuman markazidan34 km
shimolda o qib o`tuvchi Ohangaron daryosi sohilida 5080 metr chuqurlikda
Kultepa va Said qishlog`i joylashgan hududlarda 1050 metr chuqurlikda sifatli
chuchuk suv zaxiralari bor. Injener gidrogeologlar R.S.Subbotin va
P.L.Nachayevichning ta’kidlashlaricha, 8501000 metr chuqurlidagi mineral suv
tarkibi va shifobaxshligi jihatidan Toshkent mineral suvi kabidir[1.8]. Mineral
suv tarqalish zonasi janubdan Tuyabo`g`iz suv ombori, Piskent shahrining
shimoliy qismi, Kerovchi qishlig`i va Olmaliq shahri tomon cho`zilgan.
Piskent tumani hududi zamini har xil soz tuproq va boshqa tog` jinslaridn
tarkib topgan. Ohangaron daryosi sohili, Kerovchi, Kultepa, Said qishloqlari va
ularning atroflarida qumli mayda va yirik shag`al qatlamlari mavjud bo`lib,
qalinligi 2030 metrdan 80100 metrgachani tashkil etadi. Yemqo`rg`on,
Bo`g`ziyon ota, Uchtepa, Pushti Mahmud kabi hududlarda soz tuproq qalinligi
4050 metrni tashkil etadi. Mingtepada esa biroz kamroq bo`lib, 2540 metrga
boradi[1.9].
ARXEOLOGIYASI
11Piskentning sharqiy qismida Pushti Mahmud tepaligi joylashgan. Uning
ikkinchi nomi “Bola pushta” deb ham ataladi. Aytishlaricha, bu yerda afsonaviy
Mahmud podshoning qal`asi bo`lgan va to`rt tomoni katta jarliklar bilan ajralib
turgan. Qal’aning sharqiy tomonida mudofaa devoir bo`lib, unda qo`shimcha
istehkom va kuzatish punkti joylashgan. Bu yerda 1906yili arxeologik qazish
ishlari olib borish natijasida xum parchalari, xum idishda esa vaqt o`tishi bilan
chirib ulgurgan tariq doni qoldiqlari hamda turli davrlarga oid bir necha tangalar
topilgan. 1921yilda M.E.Masson rahbarligida bu yerda arxeologik qazish ishlari
olib borilganida XII asrga tegishli yaxshi holatda saqlangan yashil rangdagi
chiroq, bir necha shisha idish qoldiqlari, “simob ko`zachalar”, spool parchalari,
qozon va XIXII asrlarga oid uy ro`zg`or buyumlari topilgan. Tepalikning
g`arbiy qismida vaqt o`tishi bilan ancha nurab qolgan paxsa devor qoldiqlari
uchraydi[2.10].
12TUMANDA JOYLASHGAN MUQADDAS QADAMJOLAR
BO'G'ZIYON OTA ZIYORATGOHI
PiskentOlmaliq yo'lidagi qabriston ichida joylashgan ziyoratxona.
Ziyoratchilar uchun maxsus bino qurilgan. Qabriston Muhammad (s.a.v)
xizmatida bo'lgan Bobo G'oziy Turk To'g'on nomiga qo'yilgan. Qabristonnnig
qizil tuprog'i Bobo G'oziyning dushmanlar bilan olishuvda to'kilgan qoniga
qorishivudin hosil bo'lgan degan rivoyatlar bor…
13“QIRQQIZ” ZIYORATGOHI
Toshkent viloyati, Piskent tumanidagi «Qirqqiz” ziyoratgohi quyidagi
rivoyat bilan bog`lanadi: malika va uning 40 nafar kanizaklarini dushman izma
iz ta’qib etadi, malika so’nggi ilinjni qarshisidagi asov daryodan topadi. Or
nomus qadri, erk va jasorat tuyg`usi malika va uning kanizaklari tomirida shu
daryodan ham kuchliroq, shiddatliroq jo’sh urardiki, bu kuch ularga bir soniya
ham o’ylashga izn bermadi. Lahza o’tmay yurakdagi kuch va shiddat asov daryo
bilan qorishib ketdi.Hozir bu yerda daryoning qurishi natijasida hosil bo’lgan
qirqta irmoq (buloq)mavjud. Aytishlaricha, ular qirqta qizning ko’z yoshlari
emish. Ziyoratgoh haqida yana bir rivoyatga ko'ra qirqta go'zal pari bo'lgan.
Yurtni yov bosib, qizlarning ta'rifini eshitgach ular tomon bostirib boradi.
Shunda pari qizlar dushman qo'lida asir bo'lgandan ko'ra toshga aylanib
qolishlarini parvardigordan iltijo qiladilar va o'sha zahoti toshga aylanib
qoladilar. Bu erdan chiqqan buloq esa go'yo pari qizlarning ko'z yoshlari emish.
14Mahalliy aholining ta’kidlashicha,
bu yerning buloq suvini niyatlar aytib ichishga ko’plab ziyoratchilar
keladi. «Qirq qiz” yoki forscha «Childuxtoron” nomli joylar O’rta Osiyoda ham
ko’plab uchraydi.
15QISHLOQ XO`JALIGI
1594yilda tug`ilgan mashhur olim va sayyoh Mahmud ibn Valining
“Bahrul asror” (“Sirlar dengizi”) nomli yetti jildli shoh asaridagi Piskentga
berilgan ta’rifni keltirmoqchimiz. “…Shoshning yana bir go`zal tumanlaridan
biri Piskentdir. U bag’oyat obodonlashgan ko`hna qishloq – ovular, poyonsiz,
mo`lko`l hosildor maydonlarga ega shahardir. U yerda jannatmisol bog`
rog`lar, gulzorlar ko`p. don ekinlaridan bug`doy, no`xot, mosh va guruchlari
ayniqsa mashhur. Yerlari hosildor bo`lib, sabzavotlari a’lo darajalidir…”
16Haqiqatdan ham Piskent tumanini jannatmakon o`lka desak, adashmagan
bo`lamiz. Piskentda yetishtirilgan shirinshakar uzumlarining dovrug`i butun
respublikaga ma’lum. Hozirgi kungacha bog`rog`larda bunday uzumlarning
turli navlari yetishtirilmoqda. Bu bog`lardan mo`l hosil olinib, xalqimiz
dasturxoniga tortiq qilinmoqda. Ayniqsa, Toshkent chillakisi, oq chillaki,
Namangan chillakisi, kishmish va uning qora, oq, sariq navlari, husayni,
rizamat, qora go`zal, buvomaxsum, yakdona, surxoni, sultonib kabi navlari
yetishtiriladi. Ilgari toklar ishkom holida parvarishlangan bo`lsa, hozirgi paytda
deyarli hamma bog`larda uzumlar so`ri holatida yetishtirilmoqda.
17Tuman hududida intensiv bog`lar ham tashkil etilgan.
1819Geografik joy nomlarini kelib chiqishi va paydo bo`lishini o`rganish
natijasida tarixiy, etnografik va geografik ma`lumotlarga ega bo`lamiz. Xususan,
Piskent tumanida xilmaxil joy nomlarini uchratamiz.
Ular orasida etnonimlar keng tarqalgan. Bundan tashqari, asosan,
toponimlar –tepa, (Mingtepa, Oqtepa), obod ( Bekobod, Mayliobod) birikmalari
yordamida yasalgan. Yana tumandagi asosiy joy nomlariga Kerovchi, Koriz,
Lola ariq, Mo`minobod, Mitan, Said, Soqol ariq kabilar kiradi.Quyida
ularnining ayrimlari haqida ma’lumot beramiz.
20Bekobod – mahalla nomi. Ushbu toponim xususida turli ma`lumotlar
keltirib o`tilgan. Jumladan, Bekobod mahallasi aslida Bekravot bo`lishi
mumkin. Chunki shu yerlik yoshi ulug` otaxonlarning aytishlaricha, bu mahalla
Muhammad, Yoqubbek Badavlat yashagan joyga ishora ekan. Tumanda Koriz
nomli qishloq bor.
Koriz so`g`dcha so`z bo`lib, “yer ostidan o`tgan ariq” degan ma’noni
bildiradi. Hudud Yuqori Koriz va Quyi Koriz qishloqlaridan tashkil topgan. Bu
qishloqning nomi Yuqori korizning Qashqa mahallasidan chiqayotgan yer osti
suvlari nomlaridan olingan. Bu koriz suvi tabiiy ravishdagi koriz bo`lib, o`zining
suvini Ohangaron daryosi eski o`zanidan oladi [2.12].
Kerovchi – tumandagi qishloq nomi. XVI asr boshida Dashti
Qipchoqning o`zbek urug`lari kelib joylashadi. Ularning orasida kerovchi nomli
urug` ham bo`lgan[2.11]. Demak, Kerovchi etnonim ekan. Mahalliy aholi
tomonidan ham turli izohlar aytiladi. Masalan, aholi to`qaylarda ov qilgan va
ovchilarni o`ziga jalb qilish uchun “Kelovchi” ded atagan ekan.
21Piskent shahrining janubi va janubig`arbiy tomonida joylashgan qishloq
nomi Mingtepa deb ataladi. Piskent shahrining janubiy va janubig`arbiy
tomonida yillar, asrlar o`tib borishi bilan inson faoliyati natijasida soni kamayib
borayotgan va deyarli bir xil kattalikdagi bir necha tepaliklarni uchratish
mumkin. Qazish ishlari olib borgan arxeolog olimlar bu tepaliklar qadimgi
qabrlar ekanligini aniqlashgan. Tepaliklarning ko`pligi sabab shu nom bilan
atalgan. Arxeologik qazishma ishlari natijasida Mingtepada milodiy V – VIII
asrlarga tegishli qabrlar topilgan [2.16]. Hozirgi kunda hudud tepaliklari
tekislanib, deyarli o`zlashtirilib bo`lingan.
Ohangaron daryosi yaqinida joylashgan qishloq nomi Mo`g`ol deb ataladi.
O`zbeklarning yuz qabilasi va qirg`izlarning avat qabilasi tarkibidagi mo`g`ol
urug`i tarkibidan kelib chiqqan, deyiladi. “Mo`g`” so`zi so`g`d tilida “quyi”
ma’nosini anglatadi. Ayrim adabiyotlarda “Mo`g`ol” degani quyi ovul sifatida
ham ta’riflangan[2.11].
Muratali – tumandagi qishloq nomi. Muratali etnonim bo`lib,
qirg`izlarning bug`u va saruu qabilalari tarkibida bo`lgan muratali urug`i
nomidan paydo bo`lgan[2.12]. Qishloq nomining paydo bo`lishi haqida mahaliy
aholi tomonidan turli rivoyatlar aytilgan.
Piskent tumanidagi mahallalardan biri Mitan deb ataladi. Mitan nomi
ham etnonim bo`lib, qabila urug` nomidan kelib chiqqan. Mahalliy aholini
aytishicha, bu yer dehqonlar hosillarini xirmon qilib yig`adigan joy bo`lgan
ekan...
22XULOSA
Har bir geograf avvalo ilmiy tadqiqotlarni o`z o`lkasidan boshlashi kerak.
Piskent tumani haqida ma’lumotlar juda ozchilikni tashkil qiladi. Ushbu
ma’lumotnoma mavjud bo`lgan ma’lumotlarni jamlash orqali tayyorlangan.
Ma’lumki, Tabiiy geografik jihatdan Piskent tumani hududi Qurama tog`
tizmalarining etaklarida va Ohangaron daryosining chap sohilida Chirchiq
Ohangaron vodiysi boshlanadigan yerda joylashgan.
Yer maydoni g`arbdan sharqqa tomon balandlashib boradi. Sharqiy
qismida Qurama tog`lari, adirlar, cho`l, yaylovlar joylashgan. Relyefi biroz past
baland, eski daryo o`zanlari, jar va jilg`alardan iborat. Hududdagi asosiy
sug`oriladigan yerlar g`arbiy qismida joylashgan.
Xulosa qilib aytganda, ushbu ma’lumotnoma fanga qiziquvchilar, turistlar
uchun xizmat qiladi.
23FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mamatqulov A. Piskent tarixidan lavhalar. I qism – T.: Fan, 2010.
2. Mamatqulov A. Piskent tarixidan lavhalar. II qism – T.: Mumtoz so`z, 2012.
3. O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.: “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi’’
Davlat ilmiy nashriyoti. 9qism, 2005.
4. Toshkent viloyati tarixi va taraqqiyot istiqbollariT.: Ma`naviyat 2014
5. www.lex.uz
6. www.vikepediya.uz
24MA’LUMOTNOMA
O`quv loyiha
Bosishga ruhsat etildi. 07.06.2019. Adadi 100 nusxa. “Geodil” nashriyotida
bosishga ruhsat etildi.
Nashriyot muharriri: D.K.Oxunjonova.
Texnik muharrirlar: B.M.Aziza, G.X.Narziyeva, P.X.Mamataliyeva,
Badiiy muharrirlar: A.O.Xayitmurodov, Q.B.Ne’matov, R.O.Mengaliyev
D.Sh.Karimova
Javobgar muharrir: O.Y.Yoqubov
Retsenzent: H.B.Nikadambayeva
2526