Namangan viloyati Yangiqo’g’on tumani Nanay qishlog’ida joylashgan 33-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Ma’rufxonov Muhammadjonning 2019-2020 o’quv yili IV choragi 11- sinf Jahon tarixi fanidan o’tkazilgan onlayn darslar bo’yicha yozgan tezislari.
№ |
Sana |
Fan |
Mavzu |
Tezislar |
Uyga vazifa |
1 |
30.30. 2020 |
Jaxon tarixi |
1 991-2017 yillarda Isroil davlati va Falastin muammosi |
Isroilning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi.1947-yili BMT Xavfsizlik Kengashi Falastin bo‘yicha rezolutsiya qabul qildi. Unga binoan 1948-yil1-avgustdan Falastinda ikkita — yahudiylarning Isroil va arablarning Falastin davlatlarini tashkil qilish tavsiya etildi. 1990-yillardan Isroil iqtisodi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar qa- toriga kirdi. 1990-yillari sobiq SSSRdan 600 ming kishining Isroilga ko‘chib kelishi qurilish, sanoatning ayrim sohalarida jadal rivojlanishni ta’minladi. 1991-yil oktabrda Madridda Yaqin Sharq bo‘yicha xalqaro konferensiya ish boshladi va unda Falastin delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Keyin Norvegiya hukumati taklifiga ko‘ra Oslo shahrida Isroil bilan FATX o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Muzokaralar natijasida 1993-yili Isroil va FATX bir-birini tan olganligi e’lon qilindi. 2006-yili Falastinning o‘ziga xos ramziga aylangan Y. Arofat vafot etdi. Uning o‘rniga Mahmud Abbos Falastin avtonomiyasining raisi va FATX yetakchisi etib saylandi. 2012-yili Falastin kuzatuvchi-davlat maqomida BMT faoliyatida qatnashish huquqini oldi. |
Mavzuni o’qib, savollarga javob yozib, 109-113- betlar. |
2 |
6.04.2020 |
Jaxon tarixi |
1991-2017 yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari |
X X asr oxirida Lotin Amerikasi mamlakatlari. X X asr oxiriga kelib Lotin Amerikasi mintaqasida 34 ta mustaqil davlat va bir necha qaram hududlar mavjud edi. Mintaqada birinchi bo‘lib ncoliberal islohotlar yo‘liga kirgan Meksikada 1994-yil dekabrda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlandi. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og‘ irlashdi. Meksika inqirozi 1990-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlarinilarzaga solgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozlar zanjirining birinchisi edi. 1990-yillari «neoliberal islohot yutuqlarining namoyishi» bo‘lgan Argentina iqtisodiyoti qattiq zarar ko‘rdi. 2001 -yili Argcntinada defolt e’lon qilinishi jahon tarixidagi eng yirik bankrot holati boldi. XX asrning 90-yillarida Kolumbiyada qurollangan so‘l radikal harakat avj olib, ularning qo‘shinlari mamlakat hududining 40% ini nazorat qilardi. 1992-yili Peruda ham «Oydin yo‘l» qo‘zg‘olonchilar terrorchilik tashkiloti faollashdi. 1994-yili Mcksikada hindularning ommaviy qo‘zg‘oloni boshlandi. Hukumat siyosatining ijtimoiy oqibatlariga qarshi Argentina, Meksika, Ekvador va boshqa bir qator mamlakatlarda aholining ommaviy chiqishlari bo‘lib o‘tdi. |
Mavzudagi savol bajarish. 113-118-betlar. |
3 |
13.04 2020 |
Jaxon tarixi |
1991-2017 yillarda Afrika davlatlari |
Shimoliy Afrika mamlakatlariga Misr, Sudan, Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash, Mavritaniya va G ‘arbiy Sahroyi kabir kiradi. X X asr oxiri —X X I asr boshlarida Misr iqtisodiy rivojla- nishda, qishloq xo‘jaligi, madaniyatda katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi, rivojlangan sayyohlik industriyasini yaratdi. Ammo 2000-yillarga kelib, Misrda ham islom fundamentalizmi faollashib qoldi. Ular bosimi ostida Misr prezidenti Husni Muborak 2011-yili iste’foga chiqdi. Shundan so"ng bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida «Musulmon birodarlar» radikal tashkilotidan nomzod Muhammad Mursi g‘alaba qozondi. 2013-yili M. Mursi harbiylar tomonidan ag‘darildi va qamoqqa olindi.Hokimiyatga mudofaa vaziri general Abdul Fattoh as-Sisi keldi. U2014-yili bo‘lib o’tgan saylovlarda Misr prezidenti etib saylandi. Sudan X X asr oxiri — X X I asr boshlarida mintaqaning eng qoloq mamlakati bo’lib qolmoqda. Liviyada M. Kaddafiyning uzoq hukmronligi davrida neftdan olingan daromad yirik ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish imkonini berdi. Liviyaliklar Shimoliy Afrikada eng ta’minlangan aholiga aylandi. 1990-yillari Tropik va Janubiy Afrika mamlakatlarida ham muhim va o‘ta murakkab o‘zgarishlar yuz berdi. MTning hisob-kitobiga ko‘ra, Afrika aholisi 2050-yilga kelib 2 mlrd kishiga yetadi. Bu yangi asrda Afrika juda katta muammolar oldida turganligidan dalolat beradi. |
Mavzuni o’qib savollarga javob yozish 118-124-betlar. |
|
20.04. 2020 |
Jaxon tarixi |
XX asr oxiri-XX1 asr boshlarida glabollashuv muammolari,harbiy,eksteremistik va ekologik xavf-hatarlar |
Globallashuv (globus - Yer shari) deganda umumjahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiyalashuv va unifikatsiyalashuv jarayoni tushuniladi. Globallashuv obyektiv va tizimli jarayon bo‘lib, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olmoqda. X X I asr boshida Braziliya, Peru, Venesuela, Ekvador hokimiyatiga yangi, mustaqil nomzodlar keldi.1994 — 2010-yillari Meksikaga kiritilgan chet el investitsiyalari miqdori tobrt marta o‘sdi. 2008-yildan mintaqadagi eng yirik uchta davlat — Braziliya, Meksika va Argentina G-20 («Katta yigirma1ik») obro‘li klubiga a’zo boklsada, jahon siyosatida hali katta rol oynamaydi. «Al-Qoida», ISHID kabi islom dinini niqob qilib olgan terrorchi tashkilotlar bugun dunyoning eng katta ekstremistik va terroristik xavfiga aylandi. Bu xavfni bilmaydigan yoki oxirigacha tushunib yctmayotgan kishilar, ayniqsa, yoshlar terrorchilar changaliga ilinib qolmoqda. Ekstremistik g‘oyalarning yoyilishida Internet va boshqa zamonaviy axborot vositalari ham ma’lum salbiy rol o‘ynamoqda. |
Mavzuni o’qib savollarga javob yozish 124-130-betlar. |
|
27.04. 2020 |
Jaxon tarixi |
XX asr oxiri-XX! Asr boshlarida barqaror rivojlanish va etno-ijtimoiy muammolar |
Atrof-muhitni himoya qilish va barqaror taraqqiyot bo‘yicha 1992-yili Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan konferensiyada X X I asrdagi harakat, jumladan, butun insoniyat uchun barqaror-xavfsiz rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish dasturi qabul qilindi. Dunyoning yetakchi mamlakatlari ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni atmosfcraga chiqarishni kamaytirish va kcyinchalik butunlay to‘xtatish majburiyatini oldilar. 1987-yili Buyuk Britaniyada ilk bor jamoa palatasiga etnik ozchilik vakillaridan to‘rt nafari saylandi. Keyin qora tanli Devid Dinkins Nyu-York shahar mcri, afro-amcrikalik Barak Husayn Obama AQSH prezidenti, kelib chiqishi belujlardan boklgan Sodiq Omonxon London shahrining meri etib saylandi.Ammo 2015 -yil i AQSHning bir necha shaharlarida politsiyachilar va irqchilar tomonidan qora tanli amerikaliklarning o’ldirilishi ortidan prezident B.Obama AQSH uchun irqchilik hamon dolzarb muammo ekanligini tan oldi. ahonda aholisi 1 milliondan ziyod boMgan 164 ta davlatning yarmidan kamrog‘i nisbatan bir millatli, ya’ni asosiy aholisi bitta millatga mansub davlatlardir. |
Mavzuni o’qib savollarga javob yozish 130-135-betlar |
|
4.05. 2020 |
Jaxon tarixi |
XX asr oxiri-XX! Asrboshlarida ilmiy-texnik taraqqiyot ilm fan adabiyot, san’at |
X X asrning ikkinchi yarmidagi ilmiy- texnik inqilob so‘nggi yuz yil davomida ilm-fan rivojlanishining qonuniy natijasi bo‘ldi. AQSH va Yaponiyada bu ko‘rsatkich yanada yuqori. Agar Afrikada aholining 2/3 qismi qishloq xo‘jaligi sohasida band bo‘lsa, AQSHda bu ko‘rsatkich 3% dan oshmaydi. AQSHda axborot texnologiyalari sohasida 80% aholi mchnat qildi. X X asrda qorachechak, ispan grippi, o‘lat, vabo, terlama, sil, bezgak kabi kasalliklar Yer yuzida 1 mlrd ga yaqin kishining o’limiga olib keldi. Asr oxiriga kelib yangi yuqumli kasallik — OITS paydo bo‘ldi. Shunga qaramasdan, aynan X X asrda tarixda birinchi bor yuqumli kasalliklar odamlar o‘limining asosiy sababi bo‘lmay qoldi.XXI angi asr boshida ko‘plab tillarda nashr qilingan va katta shov-shuvga sabab boigan shunday asarlardan biri afg‘onistonlik Xolid Husayniyning «Shamol ortidan yugurayotgan odam» deb nomlangan romani boidi. Roman voqealari Kobulda «tolibon» harakati avjiga chiqqan davrda yuz beradi. Bu — Amir va Hasan o‘rtasidagi do‘stlik tarixi. Unda odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va majburiyatning ma’naviy asoslari haqida fikr yuritiladi. Asar 2001-yil sentabr voqcalaridan keyin nashr etilgani uchun ham katta qiziqish uyglotdi.X X I asrda o‘zbek kitobxoniga yetib kelgan yana bir mashhur asar braziliyalik yozuvchi Paulo Koelyoning «Alkimyogar» romanidir. Asar yoshlik, orzu va unga intilish haqida. «CKz Taqdiriga erishish — mana insonning haqiqiy burchi», deb yozadi P. Koelyo. |
Mavzuni o’qib savollarga javob yozish 135-140-betlar |
|
|
Jaxon tarixi |
Takrorlash (1991-2017 yillarda Afrika davlatlari) |
Dasturida marksizm-leninizm haqidagi nizom saqlanib qolayotgan hukmron partiyalar bu yo‘riqlardan voz kechdilar, marksizmga sodiq qolgan Efiopiyadagi Mengistu Xayle Mariam hukumati 1991-yili ag‘darib tashlandi.Ammo bu jarayonlar mintaqadagi siyosiy holatni keskinlashtirib yubordi. 1989-yili Liberiyada etnik asosda boshlangan fuqarolar urushi ko‘plab qurbonlar va 1 mln aholining qo‘shni davlatlarga ommaviy qochishiga olib keldi. Mamlakat xarob ahvolga keldi. Faqat Liberiyaga xalqaro harbiy kuchlarni kiritish ahvolni biroz tartibga keltirdi.Syerra-Leoneda ham harbiy to‘ntarishlar va qurolli mojarolar fuqarolar urushiga olib keldi. Faqat BMT aralashuvi keskinlikni biroz yumshatdi, ammo mamlakat iqtisodi vayron bo‘lgan edi.Ruanda va Burundida ham qonli mojarolar bo‘lib o‘tdi. 1990-yillar o‘rtalariga kelib tutsi va xutu xalqlari o‘rtasidagi kurash keskinlashib, genotsidga olib keldi. Natijada Ruandaning 1 mln ga yaqin aholisi halok bo‘ldi, Burundida 1 mln ga yaqin kishi qochoqqa aylandi.1997-yili Kongo Demokratik Respublikasida Mobutuning diktatorlik rejimi ag"darildi. Ammo yangi hukumat uzoq yillar davomida to"planib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni yengib, etnik ziddiyatlarni yumshata olmadi. |
Mavzuni o’qib savollarga javob yozish 122-124-betlar. |
|
|
Jaxon tarixi |
Nazorat ishi-2 |
Nazorat ishida 15 ta onlayn rejimida test olinadi |
Takrorlash |
|
|
Jaxon tarixi |
Yakuniy dars |
O’tilgan mavzular yuzasidan taxlil o’tkaziladi. |
Takrorlash |
Tarix fani o’qituvchisi: M. M Ma’rufxonov
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.