Правовые основы и законодательное закрепление государственного языка в Республике Узбекистан
Оценка 4.8

Правовые основы и законодательное закрепление государственного языка в Республике Узбекистан

Оценка 4.8
Научно-исследовательская работа
pdf
правоведение
Взрослым
26.02.2021
Правовые основы и законодательное закрепление государственного языка в Республике Узбекистан
В статье изложены правовые основы и законодательное закрепление государственного языка в Республике Узбекистан.
Davlat tilining huquqiy asoslari va qonuniy mustahkamlanishi. Qosimov Sarvar.pdf

DAVLAT TILINING HUQUQIY ASOSLARI VA QONUNIY

MUSTAHKAMLANISHI 

Qosimov Sarvar Anvarjon o‘g‘li

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

 

Ona tili – millat ruhidir deb bejizga aytishmagan. Chunki ona tili bor ekan, millat o‘zligini saqlaydi, madaniyatini anglaydi, tarixini biladi, xalqini tushunadi. O‘tgan sho‘rolar davrida ana millat ko‘zgumiz ko‘p yillar davomida tahqirlanib keldi. Sobiq Sho‘rolar Konstitutsiyasida SSSR dagi barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta’kidlangan bo‘lsa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog‘ozlari, pochta, telegraf ishlari, turli darajadagi yig'ilishlar, qurultoylar, simpoziumlar rus tilida olib borilardi. Rus tilini bilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urug‘lariga, tanish-bilishlariga oddiy bir telegramma ham jo‘nata olmas edilar. 

1988-yildan boshlab o‘zbek ziyolilari ham matbuotda o‘zlarining qator maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish muammosini ko‘tarib chiqdilar. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o‘zbek tili O‘zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e'lon qilindi. Buning natijasida o‘zbek tili respublikamizda o‘tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo‘llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir. Ajdodlarimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mustaqillikka erishgach esa dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq davlati mustaqil respublikamizni rasman e'tirof etdi va u bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Qisqa muddat ichida respublikamizning jahon hamjamiyati o‘rtasidagi obro‘-e'tibori oshdi. O‘zbek degan millat va uning milliy tili jahon jamoatchiligining diqqatini tortdi.

Ana shunday sharoitda mustaqillik qo‘lga kiritilgunga qadar qabul qilingan

«Davlat tili haqida»gi Qonunning ko‘p moddalari o‘z kuchini yo‘qotdi yoki tahrirtalab bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham amaldagi Qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Natijada 1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Rcspublikasi Oliy

Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.

Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o‘zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi. Bu Qonunda O‘zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o‘zining aniq ifodasini topdi. O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko‘rsatishi, rivojlanishi, O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o‘z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Ushbu Qonunning  

4-moddasi: “O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi.”[1] Bu esa yangi Qonunning naqadar xolis ekanligini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari millatimiz ramzi bo‘lgan o‘zbek tilining huquqiy maqomi bosh qomusimiz Konstitutsiyada ham o‘z o‘rnini topgan. Jumladan

Konstitutsiyaning 4-moddasida shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.”[2] Ushbu modda ham yuqoridagi fikrlarni yana bir bor isbotlaydi.

Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan  2019-yil 21-oktabr kuni “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq 21 oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilindi hamda Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi [3]. Quyidagilar departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish; davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va hokazolar.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan nomrativ hujjatlar bizning mustaqilligimizni, davlat tiliga bo‘lgan e’tibor naqadar kuchli ekanligidan dalolat beradi. O‘tgan asr davomida boblarimiz momolarimizning asriy orzusi ushbu hujjatlarda mujassamdir. Ushbu normativ hujjatlar bor ekan bizning tilimiz millatimiz ko‘zgusi hech qachon toptalmaydi, bardavom va barqaror yashaydi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.                      O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni. (yangi tahriri). 1995-yil 21-dekabr. Toshkent.

2.                      O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Toshkent. “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2014-yil.

3.                      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni. 2019-yil 21-oktabr. Toshkent.

DAVLAT TILINING HUQUQIY ASOSLARI

DAVLAT TILINING HUQUQIY ASOSLARI

Davlat tili haqida»gi Qonunning ko‘p moddalari o‘z kuchini yo‘qotdi yoki tahrirtalab bo‘lib qoldi

Davlat tili haqida»gi Qonunning ko‘p moddalari o‘z kuchini yo‘qotdi yoki tahrirtalab bo‘lib qoldi

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
26.02.2021