ЭТО СЛАЙД ПО ХИМИИ ДЛЯ УЧЕНИКОВ И УЧИТЕЛЯМ НА ЭТОМ СЛАЙДЕ ЕСТЬ ИНФОРМАЦИЯ О ГИДРОЛИЗЕ НЕ ОРГАНИ ЧЕСКИХ СОЛЕЙ НО ТОЛЬКО СЛАЙД НА УЗБЕКССКОМ ЯЗЫКЕ У НАС ЭТО ДЛЯ 9 КЛАССОВ ЕСТЛИ НУЖНО ПЕРЕВОДИТЕ АВТОР МИРЗОЕВА ХУРСАНДОЙ ИЗ ЗАРАФШАНА (УЗБЕКИСТАН)
galogenlarning_olinishi_va_xossalari.doc
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 12umumiy
o`rta ta`lim maktabning kimyo fani o`qituvchisi
Mirzayeva Xursandoyning
kimyo fanidan 8sinflarda
GALOGENLARNING OLINISHI VA
XOSSALARI
MAVZUSIDAGI LABORATORIYA Galogenlarning olinishi va xossalari
Davriy sistemaning ettinchi bosh guruhidagi
elementlar: ftor, xlor, brom, yod galogenlar
deyiladi.Galogenlar atomlarining tashqi energetik
qobig`ida ettita elektron borligi bilan tavsiflanadi.
Barcha galogenlar elektronga juda moyil bo`lgani
sababli ular erkin holda kuchli oksidlovchilardir,
shuning uchun ular vodorod va metallar bilan,
shuningdek, oksidlana oladigan turli murakkab
moddalar reaksiyaga shiddatli kirishadi, masalan:
2FeCI2
+ 3CI2 = 2FeCI3
H2S + J2 = 2HJ +S
Galogenlarning tartib nomeri ortgan sari, ularning
oksidlash aktivligi kamayib boradi. Shuning uchun
bir galogenni birikmalaridan boshqa galogen siqib
chiqara oladi: masalan, xlor, bromni va yodni, brom
esa yodni siqib chiqara oladi. Galogenlaning manfiy
zaryadlangan
qaytaruvchilardir.
Galogenlarning tartib nomeri ortishi bilan ularning
qaytaruvchilik qobiliyati kuchayadi.
ionlari Galogenlar kislorod va boshqa metallmaslar bilan
hosil qilgan birikmalarida musbat valentltk namoyon
qiladi.
Xlor, brom va yodning maksimal musbat
valentligi ettiga teng, ftor esa musbat valentli
bo`lmaydi.
Galogenlarning manfiy valentli birikmalari
musbat valentli birikmalariga qaraganda barqarordir.
Erkin galogenlarning agregat holati ularning tartib
nomeriga qarab o`zgaradi. Odatdagi temperaturada
ftor deyarli rangsiz gaz, xlor yashil sariq gaz,brom
qizil qo`ng`ir suyuqlik, yod to`q binafsha tusli
qattiq kristall modda.
Erkin holdagi galogenlar juda o`tkir hidli bo`ladi.
Ularning hammasi, hatto oz miqdordagisi ham nafas
yo`llarini, tomoq va burunning shilliq pardasini
qattiq yallig`lantiradi, shuning uchun ham ular bilan
ishlashda juda ehtiyot bo`lish hamda tajribani
mo`rili shkafda o`tkazish kerak.
Galogenlar suvda kam eriydi. Galogenlar suvga
qaraganda organik erituvchilarda spirt, efir, benzol,
benzin, xloroform va uglerod (IV)sulfidda ancha
yaxshi eriydi. Masalan, yod suvga qaraganda
uglerod (IV) sulfidda 600 marta yaxshi eriydi.
Galogenlarni erkin holda olish usullari ularning
manfiy zaryadlangan
oksidlashga
asoslangan.Galogenning tartib nomeri qancha katta
ionlarini bo`lsa, uning ioni shuncha oson oksidlanadi,
galogenni erkin holda olish shunchalik oson bo`ladi.
Galogenlarning vodorodli birikmalari vodorod
galogenidlar o`tkir hidli gaz bo`lib, suvda yaxshi
eriydi.00 C dagi bir hajm suvda 500 hajmga yaqin
vodorod xlorid eriydi.
Vodorod galogenidlarning suvdagi eritmalari
kislotalik xossasiga ega.Galogenid kislotalar orasida
eng ahamiyatlisi xlorid kislota (HCI) dir.Zichligi
1,19 g/sm3 bo`lgan sotuvdagi konsentrlangan xlorid
kislota tarkibida 37% ga yaqin HCI bo`ladi.
Galogenlar kislorod bilan bevosita birikmaydi,
shuning uchun ham galogenlarning kislorodli
birikmalarini bilvosita yo`llar bilangina hosil qilish
beqaror
mumkin.
moddalardir.Galogenlar
barcha
birikmalarida musbat
oksidlanish darajasini
namoyon qiladi.
ancha
kislorodli
Ular
Xlorning kislorodli barcha birikmalari kuchli
oksidlovchilar jumlasiga kiradi. Xlor suv orqali
o`tkazilganda tarkibida xlor bilan birga gipoxlorit
kislota va xlorid kislota bo`lgan eritma hosil bo`ladi:
CI2 +H2 O = HCIO +HCI
Agar xlor ishqor eritmasidan o`tkazilsa, xlorid
va gipoxlorid kislota tuzlari masalan, CI2 ni KOH
eritmasidan o`tkazilganda KCIO va KCI hosil
bo`ladi. Tarkibida shu tuzlar aralashmasi bor suyuqlik (Javel suvi ) bo`yoq moddalarni
rangsizlantiradi.
Xlor va uning birikmalariga oid
tajribalar
Eslatma: Erkin holdagi galogenlar, galogenid va
boshqa
bilan
o`tkaziladigan barcha tajribalar mo`rili shkafda juda
ehtiyotkorlik bilan bajarilishi lozim.
konsentrlangan kislotalar
Xlor bilan yoki brom bug`i bilan zaharlangan
odamni darhol ochiq havoga chiqarib, unga 23 % li
ammiak eritmasidan hidlatish kerak.Tanaga suyuq
brom sachrasa shu joyni, avval quruq paxtaga
yaxshilab artib, so`ngra shu joyni, 10% li soda
eritmasi bilan yuvish kerak.
1tajriba. Xlorning olinishi. (tajriba mo`rili
shkafda o`tkaziladi.)
Turli oksidlovchilarga xlorid kislota ta’sir ettirib,
xlor tayyorlash uchun uchta probirka olib, ularning
birinchisiga KMnO4 ,ikkinchisiga PbO2,uchinchisiga
K2Cr2O7 kristallaridan soling va ularning har biriga
1 ml dan konsentrlangan (d =1,19g/sm3) xlorid kislota qo`ying. Xlor ajralib
chiqishini uning hididan (ehtiyotlik bilan) va
rangidan bilib oling. Agar reaksiya sust borsa,
probirkalarni ozroq qizdiring. (eslatma: har bir
tajribadan so`ng xlor ajralib chiqayotgan probirkaga
oz miqdorda natriy tiosulfat eritmasidan qo`ying va
darhol probirkani yuvib tozalang). Yuqoridagi
reaksiyalarda mangan va qo`rg`oshinnning ikki
valentli, xromning uch valentli holatga o`tishini
hisobga olib, xlor olish reaksiya tenglamalarini
yozing. Xlor bilan natriy tiosulfat orasida boradigan
reaksiya uchun suv ham kerak ekanligini hisobga
olib, reaksiya mahsulotlari sifatida oltingugurt,
xlorid kislota, natriy sulfat hosil bo`lishini nazarda
tutib, reaksiya tenglamalarini yozing va bu
reaksiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchilarni
aniqlang. Elektronlarni bir moddadan boshqa bir
moddaga ko`chish sxemalarini tuzing.
Vyurs kolbasiga mangan (IV)oksiddan 5 g soling,
uning ustiga tomizgich voronkadan foydalanib,
konsentrlangan HCI eritmasidan (d = 1,19 g/sm3)
tomizing. Ajralib chiqayotgan xlorni esa hajmi 50
100 ml li silindrga yoki konussimon kolbachalarga
yig`ib oling. Idishlar xlorga to`lgandan keyin
ularning og`zini shisha plastinka bilan berkitib,
keyingi tajribalar uchun saqlab qo`ying. Hamma
idishlar xlor bilan to`ldirilgandan keyin xlor olingan 2tajriba. Xlorning oksidlovchilik xossalari
a)
Metallarning xlorda yonishi. Temir
qoshiqchaga kichikroq ingichka mis simi yoki mis
qirindisi solib, gaz alangasida qizdiring va uni tezlik
bilan oldingi tajribada olingan xlorli bankalardan
biriga tushiring. Misning xlor bilan o`zaro ta’sirini
kuzating. Reaksiya tugagandan so`ng, idish og`zini
berkitib, sovitish uchun olib qo`ying. Reaksiya
tenglamasini yozing. Idish sovigandan so`ng unga
ozroq suv qo`yib chayqating. Mis tuzi eritmasining
rangi qanday ekanligini kuzating. Va uning sababini
tushintiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
asbobni mo`rili shkafda tarkibiy qismlarga ajrating
va yuvib taxlab qo`ying, Xlor olish reaksiyalarining
tenglamalarini yozing.
b) Natriy metalidan kichkina bo`lakchasini kesib
olib, uni filtr qog`ozi bilan artib quriting va temir
qoshiqchaga solib, gaz alangasiga tuting. Natriy
suyuqlanib yongandan keyin qoshiqchani xlor
to`ldirilgan bankaga tushiring. Natriyning xlorda
yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
v)Xlorning metallmaslar bilan ta’siri. Temir
qoshiqchaga ozgina quritilgan qizil fosfor olib,
alangada yondiring, keyin tezlik bilan xlor
to`ldirilgan bankaga tushiring.Fosforning xlor
atmosferasida
ko`zating.Reaksiya
tenglamasini yozing, xlor va fosforning qaysi biri
yonishini oksidlovchi va qaysi biri qaytaruvchi ekanligini
aniqlang.
3tajriba.Vodorod xloridning olinishi va
xosalari
tubigacha
probirkaning
Probirkaga ozgina oshtuzi soling,uning ustiga 23 ml
konsentrlangan sulfat kislota qo`ying.Probirkani gaz
o`tkazgich nay o`rnatilgan tiqin bilan yopib,naycha
uchini
tushiring.
Probirkaning og`ziga paxta tiqing. 1 _probirkani
biroz isiting. 2probirkada oq tutun paydo
bo`lgach,uni asbobdan ajratib olib, og`zini barmoq
bilan berkiting va to`nkarib, suvli kosachaga
botiring, probirkani suv ostida oching. Probirkadagi
suv sathining ko`tarilish sababini tushintiring.
Probirka og`zini suv ostida yana barmoq bilan
berkiting va uni suvdan olib, probirkada hosil
bo`lgan eritmani indikator yordamida tekshirib
ko`ring. HCI hosil bo`ladigan reaksiyaning
tenglamasini yozing.
4 tajriba. Xlorli ohakning olinishi va
xossalari.
a) 100 200 ml hajmli stakanga 34 g kalsiy
gidroksid solib, uning ustiga 15 20 ml suv qo`ying
va chayqating. Hosil qilingan aralashmani 300C
gacha qizdirib, unga xlor yuboring va xlorli ohak cho`kmasi hosil bo`lishini kuzating. Reaksiya
tenglamasini yozing
b) Cho`kmani filtrlab, ikki qismga bo`ling. Bir
qismning ustiga xlorid kislota qo`ying hamda bunla
xlor ajralib chiqishini hididan aniqlang va reaksiya
tenglamasini yozing. Ikkinchi qismini suvda eritib,
uning ustiga fuksin eritmasidan qo`ying va
eritmaning rangsizlanishini kuzating.
5tajriba. Xlorid ionining boshqa anionlardan
farqi.
Uchta probirka olib, biriga natriy xlorid,
ikkinchisiga natriy karbonat, uchinchisiga natriy
sulfit eritmalaridan 56 tomchidan quying. Har qaysi
probirkaga 34 tomchi kumush nitrat eritmasidan
tomizing. Uchala probirkada cho`kma hosil
bo`ladi.Hosil bo`lgan cho`kmalarning ustiga 810
tomchidan nitrat kislota eritmasidan qo`shing.
Cho`kmalarning qaysilari nitrat kislotada eriydi?
Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini
yozing.
Mavzuni mustahkamlash uchun sinov savollari
1.Normal sharoitda o’lchangan 2,8 litr xlor olish
uchun (d= 1,19) bo’lgan (37% li) xlorid kislota
eritmasidan necha millilitr kerak bo’ladi?
2.Osh tuzining 30% li syvdagi eritmasidan 10 kg i
to’liq elektroliz qilinganda normal sharoitda o’yuvchi
natriyning
o’lchangan necha litr xlor hosil bo’lishini va
eritmadagi
foiz
konsentrasiyasini hisoblang.
3. 2 mol vodorod xloridni suvda eritish uchun
olingan xlorid kislotaga ortiqcha miqdor marganes
(IV) –oksid qo’shib qizdirish natijasida ajralib
chiqqan xlor 28 g temirni temir (III) xloridga
aylantirish uchun yetadimi?
4.Nima
gipoxlorid kislotaning tuzlari
oqartirish xossalariga ega, xlorid kislotaning tuzlari
esa bunday xossaga ega emas?
uchun
Brom va yodga oid tajribalar
1tajriba. Brom va yodning olinishi.
a) KBr ning bir necha kristalini ozgina MnO2 bilan
aralashtirib, aralashmani probirkaga soling. Unga bir
necha tomchi konsentrlangan sulfat kislota
ertimasidan tomizing va bir oz isiting. nima
kuzatiladi? Reaksiya tenglamalarini yozing.
b)Xuddi shunday reaksiyani KJ ertimasi bilan
ham qilib kuring va yodning binafsha rangli bug`i
hosil bo`lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini
yozing.
2tajriba. Bromning oksidlash xossasi. a) Bromli suv qo’yilgan probirkaga magniy, rux
yoki alyuminiy kukunidan ozgina soling va
probirkani
suvining
rangsizlanishini kuzating va sababini tushuntiring.
Reaksiya tenglamasini yozing.
chayqating.
Bromil
b) Probirkaga 23 ml bromli suv soling va unga
34 tomchi vodorod sulfidli suv qo’shib qattiq
chayqating. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini
yozing.
3tajriba. Yodning olinishi.
Quruq tigelga 23 ta kaliy yod kristali va
shuncha mangan (IV) oksid soling. 12 tomchi
konsentrlangan sulfat kislota qo`shing. Tigelni
qopqoq yoki soat oynasi bilan yoping va asbest to`r
ustiga qo`yib, gorelka alangasida 34 minut ohista
qizdiring. Sovutganingizdan so`ng tigel qopqog`ida
yoki soat oynasida hosil bo`lgan yod kristallarini
kuzating Reaksiya tenglamasini yozing.
4tajriba. Yodning kraxmalga ta’siri.
Probirkaga 56 tomchi yangi tayyorlangan
kraxmal kleysteri tomizing va unga bir tomchi yodli
suv qo`shing. eritma rangining o`zgarishini kuzating.
Bromli va xlorli suv yod kabi kraxmalni rangli holga
o`tkazadimi?
5tajriba. Yodning eruvchanligi. Probirkaga 1ml distillangan suv olib, unga yod
kristallchalari solib yaxshilab chayqating. Yod suvda
eriydimi? Keyin, kaliy yodidning kichikroq
kristallchasidan qo`shing. Eritmani chayqating.
Kaliy yod (qo`shilganda) yodning eruvchanligini
ortishi qanday tushuntirilishi mumkin? Yodning
kaliy yodid bilan o`zaro reaksiya tenglamasini
yozing.
6tajriba. Yodning bug`lanishi.
Quruq probirkaga yod kristallchasidan soling.
Probirkaning ohista qizdirib, yodning bug`lanishini
kuzating. Probirka devorlarining yuqori sovuq
qismida paydo bo`layotgan mayda yod kristallariga
ahamiyat bering. Yodning bug`lanishi qanday
jarayon deb ataladi.
7tajriba Vodorod yodidning olinishi.
Tomizgich voronka o`rnatilgan quruq kolbaga
yaxshi maydalangan 10 g yod va yaxshi qurutilgan
1g qizil fosfor solib aralashtiring. Voronkaga ozroq
suv quyib uni kolbadagi yod bilan fosfor
aralashmasiga tomizing. Hosil bo`layotgan vodorod
yodidni quruq probirkaga yig`ing va vodorod
xloridini suvda eritish yo`li bilan, vodorod yodid
hamda suvda eritish orqali yodid kislota eritmasini
hosil qiling. Probirkada hosil bo`lgan eritmani indikator yordamida sinab ko`ring va uni keyingi
tajriba uchun saqlab qo`ying. Reaksiyaning ikki
bosqichda borishini hisobga olgan holda reaksiya
tenglamasini yozing.
8tajriba. Yodid kislotaning xossalari.
Oldingi tajribada olingan yodid kislota
eritmasini uchta probirkaga bo`ling. Probirkalardan
ikkinchisiga
biriga AgNO3
(CH3COO)2Pb yoki
eritmasidan,
uchinchisiga ozgina H2SO4 va KMnO4 eritmasidan
qo`shing.
9tajriba.Galogenid ionlari: CI, Br, J uchun sifat
Pb(NO3)2
eritmasidan,
reaksiyalari.
Uchta probirka olib, ulardan biriga NaCI,
ikkinchisiga KBr, uchinchisiga KJ eritmalaridan 56
tomchidan AgNO3 eritmasidan qo`shing. Nima
kuzatiladi? Tegishli reaksiyalarning molekulyar va
ionli tenglamalarini yozing.
Mavzuni mustahkamlash uchun sinov savollari
1.Tarkibida 0,2% NaJO3 bo’lgan 1 t chili selitrasidan
qancha yod ajratib olish mumkin?
2.Laboratoriyada bromni quyidagi oksidlanish
qaytarilish
olish
mumkin:
reaksiyalaridan
foydalanib a) KBr+MnO2+H2SO4 Br→ 2+ . . .
b) KBr+KbrO3+H2SO4 Br→ 2+ . . .
3.Yod hosil bo’lishi bilan boradigan oksidlanish
qaytarilish reaksiyalarini yozing.
J→ 2+
a)FeCI3 +KJ
J→ 2+CuI+
b)KI +CuSO4
v)KJ+NaCIO +H2SO4→
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО ХИМИИ НА ТЕМУ "ГАЛОГЕНЛАР"
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.