R e j a:
1. Xayol haqida tushuncha.
2. Xayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari.
3. Xayol jarayonlari va turlari.
4. Bolalarda xayolni rivojlantirilishi.
1. Xayol haqida tushuncha.
Insonlr borliqni anglab, unda yuz berayotgan narsalarni qabul qilib, qolibgina qolmay o`ni o`zgartirishga ham harakat qiladi. Borliqni amaliyotda o`zgartira olishni bilish bilan birga xayolni ham o`zgartira bilish lozim.
Xael ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud bo`lmagan obrazlar, ob’ektlarni yaratishdir. Xayolning funktsiyasi – o`tgan tajriba natijalarini qayta ishlashdir. Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas. Ushbu tasavvurlar xotiradan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi. Xayol eki fantaziya, tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy xarakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namayon bo`ladi.
Mehnatning tayer natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi.
Istalgan mehnat jarayoni xayolni uz ichiga qamrab oladi.
2. Xayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari.
Hayot timsollarining paydo bo`lishi kishi miyasi faoliyatining natijasidir. Xayol boshqa hamma psixik jarayonlar kabi katta yarim sharlar po`stloq qismining funktsiyasi hisoblanadi. Xayol qiladigan kishida miya hujayralari yangicha bog`lanadi. Xayolning fiziologik mexanizmi faqat miya po`stlog`i bilan emas balki, miyaning chuqurroq qismlari bilan bog`liq. So`nggi o`tkazilgan tadqiqotlar buni to`g`riligini isbotladi.
Xayolning fiziologik asosi miyaning katta yarim sharlar po`stlog`ida ilgari hosil bo`lgan muvaqqat bog`lanishlar o`rtasida yangi birikmalarning paydo bo`lishidir. Avvalgi bog`lanishlarning tiklanishi bu xotira jarayonlaridir. Xayolning ishlashi uchun bu bog`lanishlarning miya po`stlog`ida hali mavjud bo`lmagan lekin u erda bor bo`lgan qo`zg`alishlarning qoldiqlaridan tashkil topadigan birikmani yangi sistemalari vujudga kelishi zarur. Xayol ikkala signal sistemasining faoliyati bilan mustahkam bog`langan. Agar kishi tegishli sezgilar idroklarga ega bo`lgan atrofdagi voqiylikning dastlabki signallarini oldini olgan taqdirdagina unda narsa va hodisalar to`g`risida obrazlar, tasavvurlar hosil bo`lishi mumkin. Og`zaki va yozma nutq ikkinchi signal sistemasi ham xayol uchun ko`p material beradi. Xayol shaxsning irodaviy sifatlari bilan bog`liq uning foydasi yoki zarari ko`p jihatdan xayol surish jarayonlari kishining ongi tomonidan qanchalik nazorat qilinishiga bog`liq bo`ladi.
3. Xayol jarayonlari va turlari.
Boshqa psixologik jarayonlar singari xayol ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi. Ixtiyoriy xayol qandaydir ijodiy mehnat bilan band bo`lgan kishi o`z xayolini ishlashga majbur qilganda ro`y beradi. Bu hol badiiy asarlarni yaratish jarayonida, ixtirochi, konstruktorning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o`ylab ko`rish va yaxshi tasavvur qilish zarur bo`lgan oddiy ishda ham yuz beradi. Ixtiyorsiz xayol kishining oldiga hech qanday vazifa turmagan vaqtda, lekin u beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura boshlagan paytda bo`ladi. Ba’zan bu jarayonlar shirin orzu xarakteriga ega bo`ladi va ongning to`liq nazorati ostida tarkib topmaydi. Xayolning ixtiyorsiz faoliyatiga tush ko`rish ham kiradi.
Tushlar – uyquda yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unitilishi yoki uzoq muddatga saqlanishi mumkin.
Orzu – inson ongidagi real va noreal tasavvurlar bilan bog`liqdir.
Aktiv xayol – insonning hayotiy rejalarini, xohish – istaklarini amalga oshirishda o`z aksini topadi. Masalan: yangi avtomabil yaratish, GESS qurilishi rejasini tuzish shularga misoldir. Reproduktiv xayolda aniq real vazifani amalga oshirish maqsad qilib qo`yiladi. Unda fantaziya elementlari mavjud bo`ladi.
Produktiv (ijodiy) xayol - bizning tajribamizda mavjud bo`lmagan obraz va ob’ektlarni yaratish bilan bog`liq bo`lgan xayol turidir. Masalan: Ixtirochi, yozuvchi yangi narsa yaratadi.
Ijodiy xayol - san’atning barcha turlarida ifodalanadi va aks etadi.
Tasavvur xayoli deb hozir yoki o`tmishda aslida bo`lgan bo`lsada, lekin bizning tajribamizda hali uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va hodisalar to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan xayol turiga aytiladi.
4. Bolalarda xayolni rivojlantirilishi.
Xayolning o`ziga xos faoliyati xotira tasavvurlarini tahlil va sintezda namoyon bo`ladi.
Xayolning jarayonlariga agglyutinatsiya, aksentirlash, sxematizatsiya, tipiklashtirish kiradi.
Agglyutinatsiya – bir necha predmetlarni qismlarini alohida bir yagona obrazda birlashtirish (yopishtirish) dir (Suv pari - boshi, tanasi, ayol, dumi baliq, sochi suv o`tlari). Xayolning murakkab xususiyatlari adabiy obrazlarni yaratishda aks etadi. Xayol jarayonida xotira tasavvurlari kattalashtirish yoki kichiklashtirishda, predmet qismlarini ko`paytirishda ifodalanishi mumkin.
Aksentirlashtirish – u yoki bu xususiyatlarga urg`u berish orqali yangi obrazlarni yaratish.
Sxemalashtirish - biror bir obrazlarni tasvirlashda umumiy bosh xususiyatlarga to`xtalish.
Tipiklashtirish - bir xilda qaytariluvchi faktlarni konkret obrazda namoyon bo`lish.
ТАФАККУР ЖАРАЁНЛАРИ.
Тафаккур куйидаги жараёнларда юз беради.
1. Анализ ва синтез.
2. Таккослаш.
3. Абстракциялаш.
4. Умумлаштириш.
5. Конкретлаштириш.
6. Классификациялаш.
7. Системалаштириш.
УЧУН
РАХМАТ
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.