Matematika. 2-sinf.
Mavzu: Sonni 1ga bo`lish.
Maqsad:
a)Tarbiyaviy: o`quvchilarni Vatanga munosib farzand bo`lishga ma`naviy yetuk insonlar bo`lishga undash.Buyuk ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash.
b) ta`limiy: o`quvchilarni 0 va 1 sonlari ishtirokidagi ifodalarni yechish ko`nikmalarini takomillashtirish
d) rivojlantiruvchi: mantiqiy masalalar yechish ko`nikmalarini oshirish, nutqni rivojlantirish. Iqtisodiy bilimlarini oshirish
Dars turi: Takomillashtiruvchi dars.
Dars uslubi: Ko`rsatmali – amaliy.
Dars usuli : Noan`anaviy dars.(interaktiv usul)
Dars jihozi: Darslik, jadval,kompyuter, o`quv qurollari, ko`rgazmalar.
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu |
Sonni 1 ga bo`lish |
Maqsad va vazifalar |
O`qituvchi:o`quvchilarni sonni 1 ga bo`lish to`g`risidagi ko`nikmalarini oshirish. |
Dars jarayonining borishi |
Tashkiliy qism: psixologik iqlim yaratish, o`tilgan darsni mustahkamlash, matematik diktant, yangi dars bayoni,darslik bilan ishlash,didaktik o`yin. Darsni yakunlash, o`quvchilarni baholash. Uyga vazifani topshirish. |
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi |
Uslub: noan`anaviy dars. Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: interfaol usul. Vosita:darslik, jadval, ko`rgazma,rasm, o`quv qurollari. |
Kutilayotgan natijalar |
O`qituvchi: darsning maqsadiga erishish. O`quvchi: sonni 1 ga bo`lsak, shu sonning o`zi hosil bo`lishini anglash. |
Kelgusi re`jalar |
O`qituvchi: o`tilgan mavzuning keying mavzu bilan uyg`unligini ta`minlaydi. O`quvchilarda bo`lish ko`nikmalarini mustahkamlash. O`quvchi: 0 va 1 sonlari ishtirokidagi ifodalarni yechish ko`nikmalarini anglash. |
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.Psixologik iqlim yaratish.
O`qituvchi: Salom bolajonlar hozir biz qaysi darsni boshlaymiz?
O`quvchilar: O`rgangaymiz hisob kitob ilmini,
Matematika jumboqlarning tilsimi.
O`qituvchi: Shioringiz:
O`quvchilar: Yusuf Xos Hojibning:
O`quv qayda bo`lsa, ulug`lik bo`lur
Bilim qayda bo`lsa buyuklik bo`lur
degan hikmatlariga amal qilamiz.
O`qituvchi: Juda yaxshi bolalar. Hozir siz bilan darsni boshlashdan oldin bir jumbqli misolni yechishga harakat qilamiz.Ko`rinib turibdiki sinf 3 guruhga bo`lingan. Har bir guruhda 1 tadan kompyuter bor. Shu kompyuterlardan foydalanib 4 ta amal ishoralari (+) (-) (x) (:) va 5 ta
2 sonidan har bir guruh o`z tartib raqamini hosil qiladi. Bunda sizning amallar tartibini qanchalik bilishingiz sinaladi.
2x2-2-2:2=1
2x2+2-2-2=2
2x2+2:2-2=3
Guruhlarning ishlari tekshiriladi va ball qo`yiladi.
2.O`tilgan darsni mustahkamlash.
O`qituvchi:o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun hozir har bir guruhga 5tadan savol beraman. Javoblarni sharhlab,to`ldirish mumkin. 1.O`zbekiston Respublikasi prezidenti kim?
2.Uchburchakning nechta tomoni va nechta burchaklari bor?
3.Ingliz tilida 1 dan o`ngacha sanang.
4.Qanday sport turlarini bilasiz?
5.68 va 4 ning bo`linmasi nechiga teng?
(shu kabi savollar beriladi)
3.Matematik diktant.
100 sonidan 5 va 6 sonlarining ko`paytmasiga 35 ni qo`shib ayiring?
100-(5x6+35)=?
(amallarni bajarish tartibi so`raladi)
4.Yangi dars bayoni.
O`qituvchi: Biz sizlar bilan 1 va 0 soni ustida ishtirokidagi ifodalarni yechishni o`rganganmiz. Qani siz nimalarni bilasiz?
Songa bir qo`shsak bittaga ortado yoki aksincha,songa nolni qo`shsak yig`indi o`sha songa teng bo`ladi. Nol soni qiymatg ega emas. Bugungi mavzumiz istalgan sonni 1ga bo`lish. Agar biz istalgan sonni 1 ga bo`lsak o`sha son hosil bo`ladi. A:1=A
Masalan: 4:1=4; 1x4=1+1+1+1=4
Har qanday sonni o`zini o`ziga bo`lsak, 1 hosil bo`ladi.A:A=1
Masalan: 5:5=1; 5x1=5
5.Darslik bilan ishlash.(Darslikdagi misol va masalalar guruhlar o`rtasida musobaqa tarzida bajariladi)
N2
1x9=9 1x24=24 1x68=68
9:1=9 24:1=24 68:1=68
9:9=1 24:24=1 68:68=1
N3
O`quvchi – 34 nafar
Tarqatildi – 1 tadan
Tarqatilgan - ? ta daftar
Ye: 34:1=34 ta
Javob: 34 ta daftar tarqatilgan
N4 Jadval og`zaki bajariladi.
a |
5 |
14 |
28 |
32 |
ax1 |
|
|
|
|
1xa |
|
|
|
|
a |
6 |
15 |
27 |
12 |
a:1 |
|
|
|
|
a:a |
|
|
|
|
N5
Sabzi – 18 ta Daftar – 23 ta
Berildi – 6 ta quyonga Berildi – 23 ta o`quvchiga
Berilgan - ? tadan Oldi – ? tadan
Ye:18:6=3 tadan Ye: 23:23=1 tadan
Javob: 3 tadan berilgan Javob: 1 tadan oldi
N6
50sm-20sm=30sm 40dm+40dm=80dm
70mm-40mm=30mm 30sm+29sm=59sm
6.Dam olishdaqiqasi.
Chap qo`l, o`ng qo`l testi.
1.Odob nimadan boshlanadi?
o`ng qo`l - ertalabdan chap qo`l – salomdan
2.Alifboda nechta harf bor?
o`ng qo`l – 29ta chap qo`l – 30ta
3.Termometr yordamida nima o`lchanadi?
o`ng qo`l – harorat chap qo`l – qor
4.Muhammad Yusuf kim bo`lgan?
o`ng qo`l – shoir chap qo`l – yozuvchi
5.Burchaklar necha xil bo`ladi?
o`ng qo`l – 3xil chap qo`l – 2 xil
Qo`llarimizni ko`taramiz chap qo`lni tushiramiz, o`ng qo`limiz qanday holatda turibdi?
O`quvchilar:Zo`r-zo`r-zo`r
Hayotimiz zo`r-zo`r
Maktabimiz zo`r-zo`r
Biz o`zimiz zo`r-zo`r
Vatanimiz zo`r-zo`r.
7.Didaktik o`yinlar. 1-o`yin.
Qaysi fasl yaqinlashayapti? Savollarga javob bering.
2-o`yin. O`ng tomondagi raqamlar orasidan ifodaning javobini topib, aylana bilan belgilang.(har bir guruhdan 4tadan o`quvchi)
1-guruh 2-guruh 3-guruh
25+6=2131 61 25+10=135700 95-5=241001
92-13=87903 59+4=52363 28-10=290181
45+27=37172
30-15=301533 61-6=50552
67-33=34350 84-44=54084 36+2=288621
8.Darsni yakunlash, guruhlar ballarini hisoblash,rag`batlantirish.
9. Uy vazifalarini topshirish.
Uy vazifasi N7 N8 misollar.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.