Ta’lim jarayonida muammoli ta’lim
Оценка 4.9

Ta’lim jarayonida muammoli ta’lim

Оценка 4.9
docx
24.01.2021
Ta’lim jarayonida muammoli ta’lim
Ta’lim jarayonida muammoli ta’lim.docx

Ta’lim jarayonida muammoli ta’lim.

 

 

 

Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayonida muammoli ta’limlar. maktabdan o‘quvchi o‘z ma’naviy kamolotini ta’minlash uchun mustaqil ravishda kitob o‘qish malakasini shakllantirish, bilim olish yo‘lida bor imkoniyatlarini qo‘llagan holda ijodkorlik ko‘nikmalarini qaror toptirish haqida yozilgan.

 

Kalit so’zlar: ta’lim, o’quvchi, shaxs, ma’naviy kamolot, o‘qish, individual, taraqqiyot, egallagan bilim, ko‘nikma, malaka, daraja, muammo, maqsad, material.

 

Аннотация: В этой статье рассматривается проблемное обучение в образовании. написано о формировании навыков самостоятельного чтения для обеспечения духовной зрелости ученика со школы, принятия решений творческих навыков с использованием имеющихся возможностей в процессе обучения.

 

Ключевые слова: образование, ученик, личность, духовная зрелость, чтение, личность, развитие, приобретенные знания, умение, квалификация, степень, проблема, цель, материал.

 

Abstract: This article deals with problem-based learning in education. it is written about the formation of independent reading skills to ensure the spiritual maturity of the student from school, the decision-making of creative skills using the available opportunities in the way of learning.

 

Keywords: education, learner, personality, spiritual maturity, reading, individual, development, acquired knowledge, skill, qualification, degree, problem, goal, material.

 

Maktabdan o‘quvchi o‘z ma’naviy kamolotini ta’minlash uchun mustaqil ravishda kitob o‘qish malakasini shakllantirish, bilim olish yo‘lida bor imkoniyatlarini qo‘llagan holda ijodkorlik ko‘nikmalarini qaror toptirish talab qilinyapti. Ta’limga bunday yondashuv, o‘z navbatida, o‘quvchini taqlidchilik, ko‘chirmachilik, tayyor andozalar, belgilangan qoliplar asosida fikrlashdan uzoqlashtirmoqda. Muammoli ta’lim mustaqil, mantiqiy, ilmiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, bu yo‘lda uchragan to‘siqlarni mustaqil ravishda, unga ijodiy yondashgan holda bartaraf etash garovidir. U o‘quv materiali o‘zlashtirilganligini ko‘rsatadi, uni mustahkam qiladi, bilimlarni qat’iylashtiradi. O‘quvchida o‘qishga ijobiy hissiy munosabat uyg‘otadi, bilim olishga ichki ehtiyoj shakllantiradi. O‘qituvchining rahbarlik roli muammoli ta’limda ham saqlanib qoladi. Aynan o‘qituvchi o‘quvchilarning umumiy va individual taraqqiyoti, egallagan bilim, ko‘nikma, malakalari darajasi, qo‘yilgan muammoning umumiy maqsadga qanchalik mosligidan kelib chiqib, zarur material tanlaydi.

Ta’lim jarayonida muammoli ta’limning ahamiyati, muammoli ta’lim xususiyatlari, adabiyot darslarida muammoli vaziyat yaratish shakllari haqida ma’lumot beriladi. Muammoli ta’limning asosiy xususiyati shundaki, unda o‘quvchi oldiga bilim berishga yo‘naltiradigan masalalarni qo‘yishda ham, uning ma’naviyatini shakllantirish yo‘lida ham muammoli savollar muhim o‘rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyat hosil qilishning asosiy sharti sanaladi. Bilim berishga qaratilgan savol o‘quvchi uchun ma’lum qiyinchilik tug‘diradigan darajada bo‘lishi, bola avval egallagan bilimlarga mos kelishi, shu bilan birga, uning imkoniyatlari doirasida shakllantirilishi lozim. Muammoli vaziyat yaratish bilan o‘qituvchi o‘quvchilarni tafakkur jarayonining tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, tartibga solish singari jihatlaridan biri yoki bir nechasidan foydalanishga yo‘naltiradi. Ya’ni ular o‘quv materialini shunchaki eslab qolmay, balki tushunchalar yuzasidan muayyan aqliy operatsiyalarni ham amalga oshiradi Muammoning qo‘yilishi va uni yechish jarayoni uzilmas bir zanjirdir. Muammo ko‘tarilishi bilanoq, uning yechimi ustida o‘ylanadi va bu, o‘z navbatida, yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Shu tariqa uzluksiz tarzda yangi bilimlarni o‘zlashtirish amalga oshadi.

Ta’lim amaliyotida o‘qituvchining sinfga olib kiradigan ma’lumotlari o‘quvchilar tayyor bilim sifatida qabul qiladigan yoki ular o‘zlari mehnat qilib o‘zlashtiradigan shaklda bo‘ladi. Muammoli ta’limda o‘quvchi oldiga muammo qo‘yish qiyin kechadi. Uni topish o‘qituvchidan ko‘p izlanish va mehnat talab qiladi. Muammoli ta’limdan uzluksiz ravishda foydalanish dasturdan ortda qolish hollarini ham keltirib chiqaradi. Buni muammoli ta’limning o‘ziga xos kamchiligi deyish mumkin. Ta’lim jarayoni, eng avvalo, o‘quvchilarning bilim va faoliyatni o‘zlashtarishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit bilan uzviy bog‘liq.bog‘liq. Shaxsning ma’naviyatini tarbiyalash ta’limdan ajralgan, unga aloqasi Ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlaydigan omillardan biri tafakkur sanaladi. Muammoli ta’limda muammoni hal etish jarayoni alohida o‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi muloqotdan iborat bo‘lmay, butun sinf jamoasining faol aqliy ishiga aylanishi zarur. Bu sinfdagi har bir bola shaxsining individual xususiyatlarini maksimal darajada inobatga olinishini nazarda tutadi. Faqat shundagina sinfdagi jamoaning barcha a’zolari, butun. o‘quv jarayoni davomida tom ma’nodagi ijod kishisiga, fikr odamiga aylana boradilar Muammoli ta’limda o‘quvchilar qiyinchiliklarga duch kelishlari tabiiy. Muammoli vaziyatda qiyinchilik o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan noma’lum narsaning yangiligi va umumlashtirilishi zarurligi, o‘quvchi intellektual imkoniyatlari darajasi bilan xarakterlanadi. O‘quvchilarning intellektual imkoniyatlari qancha kam bo‘lsa, biror masalani hal qilishda muammoli vaziyatning qiyinligi shuncha ko‘p bo‘ladi. O‘qituvchi dars boshida muammoni qo‘yish bilan birga butun dars davomida uning muammoli darajasini uzluksiz tarzda saqlab tura olsagina, biror mavzuni muammoli tarzda o‘rganish mumkin bo‘ladi. Butun dars davomida muammoni yechish bilan shug‘ullanganidagina o‘quvchining bilim olishdagi faolligi va mustaqilligi ta’minlanadi.

Muammoli ta’limda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan individual ishlaydi. Bu undan kasbiy mahoratni talab qiladi. Gap shundaki, u yoki bu o‘quv topshiriqlari bir bola uchun qiyin, ikkinchisi uchun oson. O‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish uchun har bir o‘quvchi dars jarayonida o‘zining kuchi darajasidagi masalani hal qilish bilan shug‘ullanishiga erishish lozim.

O‘qituvchining pedagogik tajribasidan muammoli ta’lim o‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatadigan, uni intellektual faol shaxs sifatida shakllantiradigan samarali metod tarzida o‘rin olishi kerak. Muammoli ta’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1.    O‘quvchilarning bilim olish faoliyatini mustaqil va ijodiy yo‘nalishga chiqarish

2.    O‘quvchining yangi bilim va faoliyat usullarini o‘zlashtirishini ta’minlash.

3.    Tarbiyalanuvchilarning bilim olishdagi mustaqilligi va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish

4.    Ta’limning ilmiylik darajasini oshirish.

5.    O‘quvchida ilmiy dunyoqarash shakllanishini ta’minlash.

6.    Shakllanib kelayotgan shaxsda hissiy-irodaviy sifatlarni rivojlantirish, uning ko‘nglida odam va olam sirlarini bilishga ichki ishtiyoqni uyg‘otish.

Muammoli ta’lim — o‘quvchi faoliyatida bilimlarni o‘zlashtirish va muammoli vaziyatni tahlil qilish yo‘li bilan hal qiluvchi faoliyat turlarida, muammoli vaziyatlar tashkil qilish va ulardan chiqishda o‘z takliflari, asoslari, isbotlari, farazlarini ilgari surish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida tizim. Bu aqliy faoliyat bilimlarni, yangi tushunchalarni o‘qituvchining rahbarligida, ongli ravishda o‘zlashtirishga, tafakkur mustaqilligini ta’minlash va faollashtirishga, shaxs shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchining vazifasi ma’lum muammoli vaziyatni tashkil etish ekan, buning uchun u, avvalo, o‘quvchiga muammo nimadan iborat ekanini to‘g‘ri anglatishi, unda shu muammoni hal etishga xohish-qiziqish, ichki ehtiyoj uyg‘otishi zarur hisoblanadi. Muammoli masalalarni yechish jarayoni, ayrim holatlarda, o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyatini taqozo etadi.

O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga masalani hal etish uchun zarur tavsiyalar berish, ularni bilim olishga yo‘naltirish, masalani mustaqil yechishiga, bunga ijodiy yondashishiga turtki berib turishdan iborat. Muammoli ta’lim o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi bilan birga ijodkorligi rivojlanishiga ham ko‘maklashadi. Ijodkorlik alohida bir narsa emas va u inson faoliyatining har qanday jabhasida namoyon bo‘lishi mumkin. Har qanday ruhan sog‘lom odam ijodkorlikka qodir. Muammoli ta’limda o‘quvchining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchida o‘quv materialiga, uni o‘zlashtirib olishga qiziqish uyg‘otishdir. Buning uchun o‘qituvchi, bir tomondan, o‘quvchining e’tiborini o‘quv materialini o‘zlashtirishga ruhlantiradigan vaziyat yaratishi zarur. Ikkinchi tomondan, o‘quvchi diqqatini uning shaxsi uchun xarakterli bo‘lgan motivatsiyaga qaratishi kerak. Muammoli ta’lim vazifalariga o‘quvchilarning muammoni hal etishga qaratilgan tadqiqot ishlari, turli ma’naviy qadriyatlarni tuyishlari, intellektual bilish va amaliy faoliyati ham kiradi. O‘qitishning bu jihati o‘quvchilarning imkoniyatlaridan maksimal foydalangan holda borliqni butun turfaligi bilan bilish va qayta kashf etishda asosiy yo‘nalish hisoblanadi. O‘quvchilar o‘qituvchining shaxsiy, amaliy, jismoniy, aqliy qobiliyatlariga, sifatlariga yoki o‘rtoqlari, asar qahramonlari yoxud taniqli kishilarga taqlid qilishadi , badiiy asarlarning mazmuni bevosita inson hayotining mohiyati bo‘lmish o‘zaro ijtimoiy munosabatlar, inson faoliyatining yutuq, mag‘lubiyatlari bilan bog‘liq. O’quvcilar hayotdan o‘z o‘rnini izlar ekan, adabiyot darslaridan o‘ziga kerakli ma’naviy saboqni olishlari mumkin.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.    Husanboeva Q. Adabiyot – ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. T.: 2009.

2.    Qodirov V. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Ma’ruzalar matni. Andijon.: 2010.

3.    Okon V. Osnovm problemnogo obucheniya. - Moskva: «Prosveshenie», 1968.

4.    Ilnitskaya I. A. Problemnme situatsii i pugi ix sozdaniya na uroke. — Moskva

5.    Maxmutov M. I. Teoriya i praktika problemnogo obucheniya. - Kazan: TKI, 1972.

 


 

Ta’lim jarayonida muammoli ta’lim

Ta’lim jarayonida muammoli ta’lim

Muammo ko‘tarilishi bilanoq, uning yechimi ustida o‘ylanadi va bu, o‘z navbatida, yangi muammolarni keltirib chiqaradi

Muammo ko‘tarilishi bilanoq, uning yechimi ustida o‘ylanadi va bu, o‘z navbatida, yangi muammolarni keltirib chiqaradi

Ijodkorlik alohida bir narsa emas va u inson faoliyatining har qanday jabhasida namoyon bo‘lishi mumkin

Ijodkorlik alohida bir narsa emas va u inson faoliyatining har qanday jabhasida namoyon bo‘lishi mumkin
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021