Ta'lim sohasidagi ijobiy o'zgarishlar.
Anotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizdagi ta'lim sohasida olib borilayotgan keng kòlamli ishlar va ularning natijasiga doir fikr va qarashlar. 11 yillik majburiy ta'limga òtilganligining afzallik tomonlari haqida. Variantiv òquv reja asosida kòzlangan kelgusi maqsadlar yoritilgan.
Kalit sòzlar: 11 yillik ta'lim, tarbiya, variativlik, qobiliyat, tanlov fanlari, islohot, chekka hududlar.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ta'lim sohasidagi òzgarishlar òzining ijobiy natijasini berib kelmoqda. Ayniqsa, umumiy òrta ta'lim maktablarida 11 yillik majburiy ta'lim olish faqatgina òquvchilarning bilim olishi bilan chegaralanib qolmay yoshlarimiz òrtasida izlanuvchanlik va jamoat joylarida òzini tutish, gòzal xulq-atvorga ega bòlishi uchun ham xizmat qilib kelmoqda.
Qishloq joylarda yashovchi òquvchilar uchun OTMlarga kirish imkoniyati yanada kengaydi desak, xato qilmagan bòlamiz, chunki 11 yillik majburiy ta'lim olish asosida chekka hududdagi òquvchilar abituriyentlarni tayyorlash markazlariga qatnay olmasa-da, zaruriy bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ta'lim sohasidagi òzgarishlar òzining ijobiy samarasini berib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga doir ishlar amalga oshirildi. Umumiy òrta ta'lim maktablarida 11 yillik ta'limning joriy etilishi òquvchilarning ota-onalari tomonidan ham tòģri qaror ekanligi e'tirof etildi.
Ayniqsa, yoshlar òrtasidagi jinoyatchilik ishlari òtgan yillarga nisbatan sezilarli darajada kamaydi. Yoshlar birgina ta'lim olish bilan cheklanib qolmay tarbiyaviy jihatdan ham òzgara boshladi. "Bizni hamisha òylantirib keladigan yana bir muhim masala- bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir sòz bilan aytganda, dunyoqarashi bilan boģliq. Bugun zamon shiddat bilan òzgaryapdi.
Bu òzgarishlarni hammadan ham kòproq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar òz davrining talablari bilan uyg'un bòlishsin. Lekin ayni paytda òzlarini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday uluģ zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, òzligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan "-, deydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Barchamizga ma'lumki, shu yilning uchinchi choragidan boshlab 10-11-sinflar uchun ixtiyoriy tanlov fanlari joriy etilishi ma'lum qilingan edi, lekin, afsuski, pandemiya sababli yosh bitiruvchilar variativ òquv reja asosida oxirigacha òqishga erisha olmadilar. Shu òrinda joriy etilgan ixtiyoriy tanlov fanlarini tashkil etish tòģri, deb òylayman va tanlov sinflari barcha maktablarda joriy etilishi òzining samarasini berishiga ishonaman. Variativlikni joriy etish chekka hududdagi òquvchilarning chuqurroq bilim olishi uchun keng imkoniyatlar kalitiga aylanadi. Qishloqlarda OTMlarga tayyorlovchi markazlar kam bòlsa-da, ushbu òquv reja asosida òquvchilar tanlov fanlarini chuqurroq o'rganish, DTM tomonidan tavsiya etilgan qòshimcha adabiyotlar va manbalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Variativlik asosida òqishning bir necha afzalliklari kòzga tashlanadi.
Masalan, fanni chuqur òrganish, bòsh vaqtlarini samarali òtkazish, OTMga kirish uchun shaxsiy mustaqillik, izlanuvchanlikni òquvchilarda shakllantiradi. Ixtiyoriy tanlov fanlari barcha maktablarda joriy etilishi òzining samarasini bera oladi. Balki birgina maktabning òzida juda kòp sonli òquvchilar ixtiyoriy tanlov fanlari ichidan bir xil fanni tanlar, yoki aksincha, juda kam sonli òquvchi faollik ko'rsatar, òylashimcha, òquvchilarning soni ixtiyoriy tanlov fanlariga salbiy ta'sir òtkazolmaydi. Har bir insonda òzining alohida "men" i bor va hamma alohida qobiliyat, iste'dodga ega. Shuni inobatga olgan holda òquvchilarning kam sonli yoki kòp sonli bo'lishidan qat'iy nazar ularning iqtidorini inobatga olib, ixtiyoriy tanlov fanlari doimiy joriy etilishi lozim.
Zero, ixtiyoriy tanlov fanlarini joriy etishdan kòzlangan maqsad òquvchilarning muayyan fanlarga bòlgan qiziqishlarini rivojlantirib borish hamda tanlagan oliy ta'lim muassasasida òqishni davom ettira olishidan iborat. Ushbu maqsad uchun ilk qadamlar tashlandi va bu qadam òzining ijobiy samarasini berishiga ishonamiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: " Maktab bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning òzi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak ".
Darhaqiqat, maktablarda olib borilayotgan ishlarning barchasi faqatgina jamiyatning bir bòģiniga boģliq emas, u butun bor insoniyatning burchi hisoblanadi. 11 yillik ta'limning joriy etilishi, variativ òquv rejaning ijobiy natija bera olishi barchamizga boģliq. Ayniqsa, muqaddas dargoh hisoblanmish oilaga chambarchas boģliq. Òzgarishlar, yangilanishlar tez amalga oshirilishi mumkin, lekin uning keng kòlamli natija berishi òzimizga, barcha jamiyat a'zolariga boģliq. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek : " Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun ".
Shunday ekan, yosh avlodning yuksak ma'naviyatli, komil inson bo'lib yetishmoģi uchun befarq bòlmaylik, chekka hududlardagi maktab muammolari va òquvchilarning kelajagi bizning hozirgi intilishlarimizga boģliq.
Foydalanilgan adabiyotlar ròyxati:
1. Islom Karimov. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yòlida xizmat qilish-eng oliy saodatdir. Toshkent: O’zbekiston, 2015
2. Shavkat Mirziyoyev. Hikmatlar sahifasi. Manba.uz
3. Qarashlar, shaxslar va jamiyat. Fikr.uz
4. Ziyouz.com
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.