Ta`lim tizimi sifatini oshirishda interfaol metodlarning afzalligi.
Оценка 4.8

Ta`lim tizimi sifatini oshirishda interfaol metodlarning afzalligi.

Оценка 4.8
docx
24.01.2021
Ta`lim tizimi sifatini oshirishda interfaol metodlarning afzalligi.
Ta`lim tizimi sifatini oshirishda interfaol metodlarning afzalligi. .docx

Ta`lim tizimi sifatini oshirishda interfaol metodlarning afzalligi.

 

Annotasiya: Maqola fan sirlarini o`quvchilarga yetkazishda ilg`or tajribalarga asoslangan ta`lim metodlarini to`gri tanlay olish, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirishga samarali yondashish maqsadida yoritilgan.

 

Kalit so`zlar: metod, ta`lim metodlari, interfaol usullar.

 

Bugunning dolzarb muammolaridan biri ta`lim tizimi sifatini yaxshilash. Oquvchilarga sifatli ta`lim berish. Buning uchun pedogoglardan interfaol metodlardan unumli foydalanish, to`g`ri tanlov va o`quvchilarda qiziqish uyg`otish talab etiladi. Shu bilan birga pedogog ko`proq o`z ustida ishlashi, yangi interfaol metodlarni izlab topishi, o`quvchi qalbiga kirib borishi muhim.

O`qitishning interfaol usullarini tanlashda ta`lim maqsadi, ta`lim oluvchining soni va imkoniyatlari, moddiy texnik baza sharoiti, o`qituvchining pedogogik mahorati inobatga olinadi.

Interfaol metod-ta`lim oluvchini faollashtiruvchi, mustaqil fikrlashga undovchi, ta`lim jarayonining markazida ta`lim oluvchi bo`lgan metoddir.

Metod-grekcha “metodos” so`zidan olingan bo`lib, “yo`l, ahloq usuli” degan ma`noni bildiradi. Faoliyat, xarakatning yo`li, usuli yoki shakli tushuniladi.

Quyida bir qancha metodlar bilan tanishib chiqamiz.

«Zigzag» metodi:Sinf o`quvchilari 4-7 guruhga bo`linadilar va guruhlar nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O`quvchilar matnlarni diqqat bilan o`rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to`ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o`quvchilari o`zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so`zlab berganlaridan so`ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. SHu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o`rganib chiqilgach o`quvchilar o`tilgan mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o`zaro mantiqiy bog`liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g`oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So`ngra o`zlashtirilgan bilimlar asosida o`quvchilarning o`zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.

Muzyorar metodi: Muzyorar – muomaladagi to`siqlarni yengib o‘tishga va o‘zaro munosabatlardagi «muzni» yorishga qaratilgan mashqdir. Muzyorar, birinchidan, tanishuv jarayonini rivojlantiradi, ikkinchidan, ishtirokchilarni o‘zini bemalol his qilishlariga yordam beradi.

Aqliy xujum metodi: «Aqliy hujum» biror muammoni yechishda gurux qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir. Uto'g'ri va ijodiy qo'llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o'rgatadi.

FSMU texnologiyasi:

(F) – Fikringizni bayon eting.

(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko`rsating.

(M) – Ko`rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring

(U) – Fikringizni umumlashtiring

Ushbu texnologiya tinglovchilarni o`z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o`z fikrini boshqalarga o`tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o`rgatadi.

“Zinama-zina” texnologiyasi: o`qituvchi o`quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta bo`lgani ma’qul); o`quvchilar mashg`ulotning maqsadi va uning o`tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog`ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo`lgan varaqlar tarqatiladi; o`qituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog`ozdagi bo`sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma(yoki rasm, yoki chizma) ko`rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo`yicha imkon boricha to`laroq ma’lumot berishlari kerak bo`ladi. Tarqatma materiallar to`ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi;

O`qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg`ulotni yakunlaydi.

Ha-yo`q mashqi :O`qituvchi bir nima (raqam, predmet, adabiy yoki tarixiy qahramon va sh. o`.) ni o`ylab qo`yadi. O`quvchilar esa unga savol berib, u nimani o`ylab qo`yganligini topishga harakat qiladilar. O`qituvchi ularning savollariga faqat “Ha”, “Yo`q”, “Ham ha, ham yo`q” so`zlari bilan javob beradi. Savol nojo`ya berilgan yoki o`qituvchi didaktika maqsadlaridan kelib chiqib, savolga javob berishni xohlamaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. SHunda u oldindan belgilangan ishora bilan javob berishdan voz kechadi. Mashq yakunlanganidan so`ng albatta qanday savollar kuchli, qandaylari kuchsiz va nima uchunligi yuzasidan qisqa muhokama o`tkazish shart.

Mashqning maqsadi – bolalarni savollarni tartibsiz berishga urintirmasmasdan, ularni izlash strategiyasini ishlab chiqishga o`rgatishdan iboratdir.

 “Kungaboqar”: O`quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo`linadi. O`qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o`rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o`sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo`yadilar. Bu uslubdan o`tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.

“Blis-so`rov” texnologiyasi: ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog`ozlarda ko`rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o`z fikrini boshqalarga o`tkaza olish yoki o`z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo`la olish kabi ko`nikmalarni shakllantirish. Mashg`ulotlar interfaol usullardan foydalanish ta`lim sifatini oshirishda muhum omil hisoblanadi. To`gri tanlangan usul maqsadga erishishda birlamchi qadam bo`lish barobarida talimda innavatsiya, erkin fikrlash, mulohaza yuritish va masalani yechimini izlab topish yo`l yo`riqlarini shakllantiradi. Zero muhtaram birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov aytganidek,  -  “ Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar”.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. O. U. Arlayev, S. N. Jo`rayeva, S. P. Mirzayeva “Ta`lim metodlari” o`quv uslubiy qo`llanma, “Navro`z” nashriyoti, Toshkent 2017.

2. Baxtiyor Roziq . Yangi metodlar. 15 Sentabr 2019

3. Shuhratbek. uz

4. BAXTIYOR. UZ

5. Ziyonet. uz


 

Ta`lim tizimi sifatini oshirishda interfaol metodlarning afzalligi

Ta`lim tizimi sifatini oshirishda interfaol metodlarning afzalligi

Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo`yicha imkon boricha to`laroq ma’lumot berishlari kerak bo`ladi

Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo`yicha imkon boricha to`laroq ma’lumot berishlari kerak bo`ladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021