Я учитель химии я живу в узбекистане я работаю в школе номер четире в городе зарафшан навоийской области я и моя жена все учителя мы работаем в одном школе меня зовут аслиддин фамилия раззоков отчество исомид динович вот и всё
Temir mustaxkam element.docx
Temir – mustahkam element.
ahon mumtoz adabiyotining eng qadimiy namunalaridan biri Gomerning «Iliada» dostoni
sanaladi. Ushbu doston taxminan eramizdan avvalgi 800yilda yozilgan bo‘lib, taxminan
eramizdan avvalgi 1000yil atrofida bo‘lib o‘tgan Troya qal’asi qamali haqida hikoya qiladi.
Afsonalarga ko‘ra, o‘sha qamal 10 yil davom etgan emish.
Dostonda naql qilinishicha, o‘sha janglarda qatnashgan jangchilarda qurolaslaha, o‘qyoy va
sovutlar bronzadan yasalgan bo‘lgan.
Odamzot rudalarni qayta ishlab metall olishni o‘rganib olgandan keyingi ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yilgan eng birinchi qattiq va pishiq metall bu – bronza bo‘lgan. Bronza o‘zi sof metall emas,
balki, mis va qalay metallarining qotishmasidir. Tarixda bronza metalli eng keng qo‘llangan
davrni bronza davri deyiladi.
Davriy jadvaldagi 26raqamli element – temir ham odamlarga juda qadimdan ma’lum. Temirdan
yasalgan buyumlar eramizdan avvalgi 4000 yillikka tegishli Misr sag‘analaridan ham topilgan.
Lekin, u paytlarda temir yarimqimmatbaho metall sanalgan. Masalan, yana o‘sha «Iliada»
dostonida qayd etilgan sport musobaqalarida g‘olib atletga temir medal mukofot qilib berilgani
qayd etiladi. Eramizdan avvalgi 1500yilgacha bo‘lgan davrlarda odamlar temirni qanday qilib
ko‘p miqdorlarda olishni va undan buyumlar va qurolyaroq tayyorlashni bila olishmagan.
Temirni sof holda ajratib olishni va undan qurolyarog‘, hamda boshqa buyumlar tayyorlashni
o‘zlashtirgan ilk xalq bu Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya) hududida yashagan xettlar bo‘lishgan.
Xettlar temirdan yasalgan o‘qyoy va boshqa qurollar, shuningdek, dubulg‘a, qalqon va sovut
bilan qurollanib jang maydonida paydo bo‘lishganda, ularga ro‘baro‘ kelgan dushmanlar
qandaydir «maxfiy qurol»ga duch keldik deb o‘ylashgan. Bronzadan yasalgan xanjar va
oyboltalar temir dubulg‘a oldida ojiz qolardi. Ularning tig‘i qayrilib, dami o‘tmaslashib qolardi.
Temir oybolta, o‘qyoy va xanjarning tig‘i esa bronza qalqon va sovutni qiyinchiliksiz teshib
o‘tib ketar va dushmanga mislsiz talafot yetkazardi. Ya’ni, temir bronzadan ko‘ra sezilarli
darajada qattiq va pishiq bo‘lib chiqqan. Temirni olishni va unga ishlov berishni o‘zlashtirish asnosida, qadimgi xalqlar birin ketin
bronzadan voz kechib temir madaniyatiga o‘ta boshlashdi. Shu tariqa, tarixda bronza davri tugab,
temir davri kirib keldi. Eramizdan avvalgi 600yil atrofida ko‘hna dunyoning deyarli barcha
mamlakatlari qo‘shinlari istisnosiz ravishda temir qurolyaroqqa o‘tishgan.
Hozirda temir metallar ichida eng arzonlaridan biri sanaladi. Temirning ayrim markalarining bir
kilogrammi atiga 10 sent turadi. Temir – yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan metallardan biri
bo‘lib, faqat alyuminiygina undan ko‘proq tarqalgan. Temirning yer qobig‘idagi umumiy ulushi
5% atrofida baholanadi. Temirni shunchalik keng tarqalganligi va uni turli birikmalardan va
rudalardan ajratib olish osonligi sababli, uning narxi shunday arzon hisoblanadi.
Yer qobig‘ining quyi qatlamlarida, ichkarilab, chuqurlashib borgan sari ruda tarkibidagi temir
miqdori ham ortib boraveradi. Yer sayyorasi yadrosining 8000 km diametrga ega markaziy qismi
ham erigan cho‘g‘ holatidagi temirdan iborat deb taxmin qilinadi. Umuman olganda, sayyoramiz
vazning 40% yaqin qismini aynan temir tashkil qiladi.
Temir shuningdek Yerga ochiq koinotdan ham muntazam kelib tushadi. Chunki, Quyosh tizimi
ichida daydib yurgan kattakichik meteoritlar va asteroidlarning asosiy massasini ham aynan
temir moddasi tashkil qiladi. Xabaringiz bor, bunday meteoritlar har kuni millionlab sonda Yer
atmosferasiga kirib keladi va sayyoramizning turli mintaqalariga qulaydi. Ularning ba’zilari
oddiy tosh kattaligida bo‘lsa, ba’zilari tarvuzdek bo‘ladi. Yer sirtiga yetib kelgan va olimlar
tomonidan topib o‘rganilgan meteoritlarning tarkibida 90% qismi temir ekani statistikadan
ma’lum (qolgan 10% qismi asosan silikatlardan iborat bo‘ladi). «Iliada» dostonida va boshqa
xalqlarning afsonalarida ham «osmondan tushgan» temirdan yasalgan va shu sababli ham «ilohiy
kuch»ga ega bo‘lgan shamshirlar haqida so‘z ketgan joylar mavjud. Tabiiyki, o‘sha temirning
«osmondan tushgan»ligi hecham ajablanarli emas. Chunki, meteoritlar Yerga o‘sha zamonlarda
ham albatta har kuni tushib turgan.
Temir – tirik organizmlar uchun hayot uchun eng zaruriy elementlardan biridir. Issiqqonli
organizmlarda, shu jumladan odam organizmida temir moddasi qonning eng muhim qismlaridan
biri sanaladi. Aslida qonning rangi qizil bo‘lishining asosiy sababchisi ham aynan temir
elementidir. O‘pkalarda kislorodni olib butun tana bo‘ylab tarqatadigan qon elementini
gemoglobin deyiladi. Gemoglobin molekulasi to‘rt atom temir elementidan tashkil topgan
bo‘ladi va aynan o‘sha atomlar o‘ziga kislorodni biriktirib, organizm bo‘ylab tashib manzilga
yetkazadi. O‘rtacha qomatli odam organizmida taxminan 3 kg gacha temir elementi mavjud
bo‘ladi. Organizmida temir moddasi yetishmayotgan odam xorg‘in va so‘lg‘in yuz ifodasi bilan
ajralib turadi. U tez charchaydigan va toliquvchan bo‘lib qoladi. Temir yetishmasligi holati
tibbiyotda anemiya deyiladi va u jiddiy kasallik sanaladi. Anemiyani ortga surmay, darhol
davolashga kirishish lozim.
Anemiyani davolashning usullaridan biri – bemorni tarkibida temirning oddiy birikmalariga boy
bo‘lgan oziqovqat mahsulotlari, yoki, preparatlar bilan ratsional oziqlantirishdir.
Po‘latning xossalari shuningdek, temir va ugleroddan tashqari, unga boshqa qo‘shimchalarning
qo‘shilganligi va ularning nisbati bilan ham belgilanadi. Hozirda jahon bozorida po‘latning
yuzdan ortiq navlari mavjud. Butun dunyo bo‘ylab har yili millionlab tonna po‘lat ishlab
chiqariladi. Avtomobilsozlik sanoati jahon po‘lat ishlab chiqarishining deyarli 20% qismini
iste’mol qiladi. Ishlab chiqarilgan po‘latning qolgan qismi esa, asosan, mashinasozlik, temir yo‘l
qurilishlari va qurilish sohalariga yo‘naltiriladi. Hozirda insoniyat po‘latdan shu darajada keng foydalanmoqdaki, tarixchilar hozirgi davrni qo‘rqmay po‘lat davri deyish mumkin deb
ta’kidlashmoqda.
Zamonaviy dunyoda po‘lat odamzot hayotini shu darajada o‘zgartirib yuborganki, endilikda
sivilizatsiyamizni usiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Xususan, barcha yirik shaharlardagi osmono‘par
bino va inshootlar aynan po‘lat tufayli shu maqomda qad rostlashgan. Avvallari binolar asosan
yog‘och va g‘ishtdan qurilgan zamonlarda, bino balandligi bir necha qavatdan ortishi mumkin
emas edi. Chunki, bunda bino og‘irligi uning asosiga quyilgan poydevorni (fundament)
pachoqlab tashlardi. Hozirda yuzlab qavat balandlikka ega bino va inshootlar istisnosiz ravishda
faqat po‘lat karkas asosiga quriladi. Po‘lat asosida qurilgan binolarda tashqi qoplamani
oynavand qilishi orqali yanada jozibador va shu bilan birga yengil qilish urfga kirmoqda.
Po‘lat shunchaki mustahkam bo‘lib qolmay, balki, ajoyib elastik xossaga ham ega. Agar po‘latga
tashqi omillar ta’sir qilishi natijasida u egiladigan bo‘lsa, o‘sha ta’sir kuchi yo‘q bo‘lishi bilan,
po‘lat yana o‘z holiga qaytadi. Shu sababli ham, me’morlar yuzlab qavatli osmono‘par binolarni
shamol va zilziladan qo‘rqmay bunyod etishadi. Insoniyat aynan po‘lat tufayligina osma
ko‘priklar va boshqa murakkab me’moriymuhandislik yechimlarini barpo eta olmoqda. Xulosa
qilib aytganda, qayerdaki pishiqlik va mustahkamlik zarur bo‘lsa, o‘sha joy uchun po‘latdan
o‘tadigan metall boshqa yo‘q. Boz ustiga, u eng arzon metall hamdir.
Biroq, ushbu eng pishiq va eng arzon metallning ham o‘ziga yarasha ayrim kamchiliklari
mavjud. Bunday kamchiliklardan eng jiddiysi – uning kislorod bilan osongina birikib qolishidir.
Kislorod bilan birikish reaksiyasi ba’zi navlarda juda tez, ba’zilarda esa birmuncha sekin
kechishi mumkin. Oddiy xalq tilida bu jarayonni zanglash deyiladi. Ya’ni, temir buyumlar va konstruksiyalar nam havo ta’sirida zanglab qoladi. Bunda, temir suv va kislorod bilan birikib,
temir gidrat oksidi hosil qiladi.
Afsuski, zang bu – kukun ko‘rinishida uqalanadigan modda bo‘lib, u temirni himoya qilmaydi;
aksincha, qatlamqatlam tarzida ko‘chibko‘chib, temirni yemirib boradi. Shu sababli, ham temir
va uning navlarini, ayniqsa po‘latni maxsus himoya qatlami bilan ta’minlash kerak bo‘ladi.
Buning uchun odatda po‘lat konstruksiyaning sirti maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Har yili
zanglash tufayli dunyo bo‘yicha millionlab tonna temir yaroqsiz holga kelib qoladi. Zanglagan
detallarni almashtirish uchun yana shuncha po‘lat sarfxarajat qilinadi. Bu esa, ulkan miqdordagi
iqtisodiy zarar va qo‘shimcha xarajat demakdir.
Garchi, zang har yili shuncha katta ziyon keltirayotgan bo‘lsa hamki, lekin undan naf chiqadigan
ayrim sohalar ham mavjud. Masalan, zangni alyuminiy qirindilari bilan aralashtirilsa, termit deb
nomlanuvchi modda olinadi. Ushbu aralashma qizdirilsa, alyuminiy va temir oksidi o‘zaro
reaksiyaga kirishadi va jarayonda ko‘p miqdorda issiqlik energiyasi ajralib chiqa boshlaydi.
Reaksiyadagi harorat 3000 ℃ gacha boradi. Termitdan payvandlash ishlarida foydalaniladi.
Masalan, temiryo‘l ustalari relslarni payvandlashda termitdan foydalanishadi.
Siz albatta temir haqida gap ketganda, uning magnitga tortilishini yodga olasiz. Maqola
davomida hali bu xossa haqida gap ochilmaganiga ham hayron bo‘layotgandirsiz. Ha, payt endi
keldi. Temir – metallar ichida magnetizm xossasiga ega bo‘lgan eng asosiy metalldir.
Shuningdek u magnit xossasi eng kuchli bo‘lgan metall bo‘lib, magnit haqida eslanganda,
birinchi bo‘lib temir yodga olinishi bejiz emas. Magnetizm bu – energiyaning bir ko‘rinishi
bo‘lib, u energiyaning yana boshqa bir ko‘rinishi – elektr bilan doimo birga yuradi. Ichidan tok
oqib o‘tayotgan istalgan o‘tkazgich sim magnit xossasiga ega bo‘ladi va unga temir bo‘laklari
yaqinlashtirilsa, sim va temir birbiriga tortiladi. (Nima uchun o‘tkazgich sim aynan temirni
tortishi, boshqa metallarni esa tortmasligi halihanuz ilmfan oldidagi jumboqlardan biridir).
Agar, ichidan tok oqib o‘tayotgan simlarni g‘altak shaklida o‘rab chiqilsa, unda har bir o‘ralgan
tola, o‘ziga teginib turgan qo‘shni tolaning magnit kuchini yanada kuchaytiradi va natijada,
g‘altakka o‘ralgan simning magnit kuchi, aynan shunday uzunlikdagi to‘g‘ri tortilgan simning
magnit kuchidan ancha kuchli bo‘lib qoladi. Agar, shunday tarzda, simni temir o‘zak atrofida
o‘rab chiqilsa, natijada temir o‘zakli g‘altak hosil bo‘ladi. Bunday g‘altak kuchli elektromagnit
xossalarga ega bo‘lib, elektrotexnikada juda keng qo‘llanadi.
Temir o‘zakli g‘altakning magnit kuchi o‘sha temir o‘zakning uchlarida, boshqacha aytganda,
qutblarida eng kuchli bo‘ladi. Shu sababli ham, temir bo‘laklari aynan qutblarga ko‘proq
tortiladi. Temirning ushbu kuchli elektromagnit xossasidan, temir va po‘latni ko‘tarishda,
metallolom tashishda ko‘tarma kuch sifatida foydalaniladi. Elektromagnit kuchi metallurgiya va
metallolom korxonalarida tonnalab metallni joydanjoyga ko‘chirishda va yuklashda asosiy
vosita sanaladi.
Albatta, temir va magnitning o‘zi, hamda, elektr o‘tkazayotgan simlardan tashqari, boshqa
ko‘plab moddalar ham magnit xossasiga ega. Lekin, boshqa moddalarning magnit xossasi deyarli
sezilarsiz bo‘lgan uchun, ular haqida biz ham deyarli bilmaymiz.
Po‘latning aksariyat navlarida atomlarning erkin harakati sof temirnikichalik bo‘lmay, balki,
birmuncha cheklangan bo‘ladi. Ya’ni, po‘latning atomlari muayyan tartibda joylashgan bo‘lib,
ularga elektr ta’sir qilganda ham va tok ta’siri o‘chirilganda ham bir xil tartibda qolaveradi. Shu
sababli, bunday po‘latdan tayyorlangan magnitni doimiy magnit deyiladi. Ko‘pchiligimizga yaxshi tanish bo‘lgan taqasiman o‘yinchoq magnitlar aynan shunday po‘latdan yasaladi. Magnit
kuchi nisbatan past va sezilarsiz bo‘lgan moddalar paramagnitiklar deyiladi. Temir va boshqa
kuchli magnitlar esa ferromagnetiklar deyiladi.
Biz maqola avvalida tilga olgan magnetit temir rudasi shuningdek magnit temiri ham deyiladi va
u tabiiy magnit manbasi sanaladi. Temirning magnit xossasi ilk bora qadimgi Yunonistonning
Magneziya tog‘li hududida yashagan odamlar tomonidan o‘rganilgan va foydalanila boshlangan
edi (shuningdek magniy va marganets elementlari nomi ham aynan shu hudud nomi bilan
bog‘liq).
Umuman olganda, bizning butun boshli sayyoramizning o‘zini ham ulkan magnit bo‘lagi singari
tasavvur qilishimiz mumkin. Kompas orqali dunyo tomonlarini aniqlash ham Yerimizning aynan
shu magnit xossasidan foydalanish evaziga amalga oshadi.
O‘rta asrlarda tashqi ko‘rinishidan temirga o‘xshash, lekin, xossalari keskin farq qiluvchi yana
ikki metall nemis konchilarini toza xunob qilar edi. Temir deb o‘ylab olingan rudadan temirga
mutlaqo o‘xshamaydigan metall chiqib kelgani uchun, nemis konchilari uni yer ostida yashovchi
yomon pakana odamchalar gnomlar sehrlab qo‘ygan va shu sababli yaroqsiz bo‘lib qolgan
temir deb o‘ylashgan. Nemislar pakana odamni, shuningdek gnomlarni kobold deb atashgan.
Aynan shu atama orqali davriy jadvaldagi 27raqamli element – kobaltga nom berilgan. Yana bir
shunga o‘xshash «yaroqsiz» metallni konchilar «kupfernikel» deb atashgan. Bu so‘zning ma’nosi
«shayton misi» degani bo‘lib, keyinchalik uning tarkibidagi nikel so‘zi 28elementga
biriktirilgan. Kobaltni ilk marta 1735yilda Georg Brandt tomonidan sof holda olingan bo‘lsa,
nikelni esa, 1751yilda Aksel Frederik Kronstedt tomonidan olingan.
Kobalt va nikel avvallari konchilarni xunob qilganini aytib o‘tdik. Temirning o‘zi ham ba’zan
odamlar bilan shunday «hazillashib» turardi. Xususan, tabiatda keng tarqalgan temir kolchedani
minerali bir atom temir va ikki atom oltingugurtdan iborat bo‘ladi. U tabiiy holda oltin kabi
yaltirab tovlanadi. Qimmatbaho metallar bilan endiendi tanishayotgan kishilarni ushbu
kolchedan toza gangitib, keyin esa hafsalasini dabdala qilar edi. Shu sababli ham, qalbaki tilla
bo‘lib ko‘rinadigan ushbu temir moddasini avvallari «jinni tilla» deb yuritishar edi.
Nikel ham, kobalt ham odatda temir rudasi bilan yo‘ldosh holda chiqadi. Yer qobig‘ining 3% ga
yaqin qismini nikel tashkil qiladi. Kobalt esa 0,25% ulushni egallaydi xolos. Lekin, nikel
shunchalik ko‘p ko‘ringani bilan, uning asosiy qismi olish imkonsiz bilan tubliklarda – Yer
yadrosida joylashgan. Yer yadrosining 90% qismi temir bo‘lsa, qolgan 10% qismi nikel ekani
ma’lum. Yer qobig‘ida esa nikel ancha noyob metall bo‘lib, kam uchraydi.
Nikel bilan kobalt temirdan ko‘ra taxminan 10% ga og‘irroq va pishiqroq bo‘ladi. Agar kobalt va
nikel ham temirchalik ko‘p bo‘lganda, ushbu metallardan ham keng miqyosda foydalanish
mumkin bo‘lardi. Ular temirdan ko‘ra mustahkamroq bo‘lish bilan birga, zanglamasligi bilan
ham bizga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lardi. Biroq, tabiat kobalt va nikelni unchalik ham ko‘p
yaratmagan.
Shunga qaramay, metall konstruksiyalarning sirtini nikel qoplama bilan qoplash orqali, ularning
zanglamas qilish mumkin. Buning uchun, nikel qoplama qilish zarur bo‘lgan metallni nikel
eritmasi mavjud bo‘lgan suyuqlikka solinadi va undan elektr toki o‘tkaziladi. Agar, hamma
shartlar to‘g‘ri bajarilsa, nikel atomlari temirdan yasalgan detal ustiga kelib o‘tiradi va sirtini
to‘liq qoplaydi. Natijada, nikel qoplama bilan qoplangan detal zanglamaydigan bo‘ladi. Boz
ustiga u yarqirab, chiroyli holatga keladi. Ushbu jarayonni galvanizatsiya deyiladi. Kobalt va nikel ham magnit xususiyatiga ega. Garchi ular temir singari kuchli magnit bo‘la
olmasada, harholda, qolgan boshqa barcha metallardan ko‘ra kuchliroq magnit sanaladi. Agar,
nikel, kobalt va temirni muayyan nisbatlarda aralashtirib, qotishma hosil qilinsa, natijada olingan
metall temirning o‘zidan ham kuchliroq magnit xossasi kasb etadigan bo‘ladi. Masalan, 2/3
qismi nikel va 1/3 qismi temir bo‘lgan permalloy deb nomlanadigan qotishmaning magnit kuchi
po‘latdan tayyorlangan doimiy magnitnikidan sezilarli darajada kuchli bo‘ladi. Yanada kuchliroq
bo‘lgan magnitni nikel, kobalt, alyuminiy va temir qotishmasidan tayyorlash mumkin. Bunday
magnit alniko deyiladi.
Metallni yalang‘och holatda magnit qilib ishlatmaslik uchun mayda temir qirindilari plastik
qobiq ichiga joylashtiriladi. Bunday magnitlar ham juda kuchli bo‘lib, plastikning yumshoqligi
evaziga, magnitni istalgan shaklga solish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Nikellangan po‘lat (yoki, nikelli po‘lat) mustahkamligi borasida oddiy po‘latda ancha ustun
turadi. Uning tarkibida 3% atrofida nikel mavjud bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha ishlab chiqariladigan
nikelning katta qismi aynan nikelli po‘lat ishlab chiqarishga sarflanadi. Nikelli po‘lat turlaridan
biri invar deb nomlanadi va uning 5/8 qismi temir, 3/8 qismi nikeldan iborat bo‘ladi. Invarning
o‘ta pishiqligi va mustahkamligidan tashqari yana bir juda muhim xossasi mavjud. Ushbu xossa
texnika sohasida, ayniqsa aviatsiya va kosmik texnologiyalarda benazirdir. Ya’ni, invar issiqlik
ta’sirida deyarli kengaymaydi va sovuqda toraymaydi. Oddiy po‘lat turlari esa bunday xossa
bilan maqtana olmaydi. Invarning issiqlikka va sovuqqa ta’sirchanligi (kengayish va siqilishi)
oddiy po‘latnikidan 1/15 nisbatda yaxshiroqdir.
Kobalt nikeldan ko‘ra qattiqroqdir (nikel esa temirdan qattiq). Metallurgiyada ma’lum
qotishmalar ichida kobaltli qotishmalar eng pishiq va qattig‘i sanaladi. Kobalt qotishmalari fanda
stellitlar deyiladi. Stellitlar o‘ta yuqori haroratlarga ham bardoshli qotishmalar bo‘lib, metall
eritish dastgoh va uskunalari odatda aynan stellitlardan tayyorlanadi. Shuningdek, stellit
qotishmalar metallarning o‘zaro ishqalanishi natijasida yuzaga keladigan harorat o‘zgarishlariga
ham juda chidamliligi bilan, turli ish asboblari – ombur, mexanik kalitlar, bolg‘a va sandon
yasash uchun ham juda bop metallar sanaladi.
Vodorod haqidagi hikoyamizdan sizga yaxshi ma’lumki, vodorod atomi bilan bombardimon
qilish orqali o‘simlik moyini qo‘yiqlashtirib (qattiqlashtirib) yog‘ga aylantirish mumkin. Bu
jarayonda, agar shunchaki moyni vodorod bilan o‘qqa tutilsa, jarayon juda ko‘p vaqt oladi va
uzoq cho‘ziladi. Lekin, oziqovqat texnologiyalari va kimyosi sohasi mutaxassislari, jarayonga
muayyan metall kukunlarini qo‘shish orqali, uni sezilarli darajada tezlashtirish mumkinligini
yaxshi bilishadi. Jarayonni tezlashtiruvchi ushbu metall kukunini katalizator deyiladi. Moyni
yoqqa aylantirishda eng arzon metall katalizator – nikel kukuni hisoblanadi.
Siz «Fantomas» filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha filmda fantomas bir hujjatga imzo
qo‘ygach, bir necha daqiqadan keyin imzo o‘chib ketadi. Bu filmning o‘zi singari fantastik emas,
balki, haqiqatan ham bor narsa. Mazkur turdagi siyohni kobalt yordamida tayyorlanadi. Kobalt
birikmalari quruq holatda ko‘k siyoh rangida bo‘ladi. Namgarchilik ta’sirida kobalt atomiga suv
birikib boradi va natijada rangi qirmizi tusga kira boshlaydi. Bunday eritmadan siyoh
tayyorlansa, u bilan yozilgan yozuv bir necha daqiqa o‘tib o‘chib ketadi. Sababi, yozuv qog‘ozga
tushgach, eritmadagi suv bug‘lanadi va siyoh quriydi. Tarkibidagi suv yo‘qolgach, kobaltning
o‘zi qoladi va u ko‘rinmas holga o‘tadi. Lekin, qog‘ozni biroz qizdirilsa, kobalt birikmalari yana
ko‘k siyoh rangida ko‘rina boshlaydi va xatni yana bemalol o‘qish mumkin bo‘ladi. Nikelning birikmalarining aslida bundan ham juda muhim boshqa ahamiyatli vazifalari mavjud.
Siz yaxshi bilasizki, silikagel namlikni yutuvchi modda sifatida keng qo‘llaniladi. Silikagelning
o‘zi asl holatda shaffof bo‘lib, uning namlikka to‘yingan yoki hali yana nam yutish imkoniyati
boryo‘qligini aniqlashning imkoni yo‘q. Shu sababli, unga nikel birikmalari qo‘shiladi. Bunday
silikagel hali quruqligida, tarkibida nikel borligi sababidan ko‘k rangda ko‘rinadi. O‘ziga namni
singdirgani sayin silikagel qirmizi tusga kirib boradi. Shu tariqa, kobalt vositasida silikagel
uchun namlik indikatori hosil qilinadi.
Shuningdek, shisha yoki, keramika mahsulotlariga kobalt qo‘shilsa, u mahsulotga ko‘kimtir tus
beradi. Bunday shishani kobaltli shisha deyiladi.
Kobaltning tirik organizmlar uchun ham muhim ahamiyati mavjud. Masalan, B12 vitamini
molekulasida bitta atom kobalt mavjud bo‘ladi. Shu sababli, B12 vitamini va unga o‘xshash
birikmalarni biokimyogarlar kobalaminlar deb yuritishadi. Shu tariqa, kobalt tirik to‘qimalar
hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan mikroelementlardan biri hamdir.
E’tiboringiz uchun raxmat ! Hammasi siz uchun
tayyorlandi !
Manba : Internet
Slaydlar tayyorlash kereymi marhamat bizga
yozing :
Qanday kitoblar kerak :
Kimyoni tez va oson noldan o’rganmoqchi
bo’lsangiz ,biz bilan bog’laning !
Telegram : @Web_master
Tell : +99 891 982 49 49
ТЕМИР МУСТАХКАМ ЭЛЕМЕНТ
ТЕМИР МУСТАХКАМ ЭЛЕМЕНТ
ТЕМИР МУСТАХКАМ ЭЛЕМЕНТ
ТЕМИР МУСТАХКАМ ЭЛЕМЕНТ
ТЕМИР МУСТАХКАМ ЭЛЕМЕНТ
ТЕМИР МУСТАХКАМ ЭЛЕМЕНТ
ТЕМИР МУСТАХКАМ ЭЛЕМЕНТ
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.