TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
Оценка 4.8
Научно-исследовательская работа
docx
география
Взрослым
30.06.2019
Ushbu yo`riqnomada Toshkent viloyatida joylashgan ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolar haqida ma’lumotlar berilgan bo`lib, viloyatdagi eng diqqatga sazovor joylari, ularning turistik imkoniyatlari, xususiyatlari ko`rsatilgan. Ushbu yo`riqnoma umumiy o`rta ta`lim maktablari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari, oliy o`quv yurtlarining pedagog mutaxasis tayyorlovchi yo`nalishlari hamda geografiya yo`nalishi bakalavr, magistir talabalari, malaka oshirish institutlari tinglovchilari hamda sayyohlar uchun mo`ljallangan.
Баратова Азиза.docx
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR
TO`G`RISIDA
YO’RIQNOMA
Bajardi: Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universiteti Geografiya va tabiiy
resurlar fakulteti III bosqich geografiya yo`nalishi talabasi Baratova Aziza
Ilmiy rahbar :
p.f.n. dots. Nikadambayeva H.B
TOSHKENT 2019
1 Ushbu yo`riqnomada Toshkent viloyatida joylashgan ziyoratgohlar va muqaddas
qadamjolar haqida ma’lumotlar berilgan bo`lib, viloyatdagi eng diqqatga sazovor
joylari, ularning turistik imkoniyatlari, xususiyatlari ko`rsatilgan. Ushbu yo`riqnoma
umumiy o`rta ta`lim maktablari hamda akademik litsey va kasbhunar kollejlari
o`qituvchilari, oliy o`quv yurtlarining pedagog mutaxasis tayyorlovchi yo`nalishlari
hamda geografiya yo`nalishi bakalavr, magistir talabalari, malaka oshirish institutlari
tinglovchilari hamda sayyohlar uchun mo`ljallangan.
Bajardi: Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universiteti Geografiya va tabiiy
resurlar fakulteti III bosqich geografiya yo`nalishi talabasi Baratova Aziza
Ilmiy rahbar :
p.f.n. dots.v.b.Nikadambayeva H.B
Mavzu: Toshkent viloyatidagi ziyoratgohlar
2 Mundarija:
Kirish
1. Ulug’ avliyolar nomi bilan bo’g’liq ziyoratgohlar………….…….....6
2. Suv bilan bog’liq bo’lgan ziyoratgohlar…………………………………11
3.Yodgorlik majmuilariga ega bo’lgan ziyortagohlar…………………...14
Xulosa………………………………………………………………….18
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………..………………………19
3 Kirish
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq muqaddas ziyoratgohlarga madaniy va
ma'naviy merosimiz yodgorliklari sifatida alohida e'tibor berildi. Yurtimizdagi
ziyoratgohlar, tarixiy yodgorliklar, noyob osori atiqalarni tiklash, ta'mirlash ishlari
davlat siyosati darajasida olib borilishi ham bejiz emas. Mamlakatimiz hududidagi
mavjud to'rt mingdan ziyod moddiyma'naviy obida umumjahon merosining noyob
namunasi sifatida YuNESKO ro'yxatiga kiritilgan.
Jannatmakon yurtimizdagi har bir go'shasida bo'lganidek, Toshkent viloyatidagi
muqaddas ziyoratgohlar ham xalqimizning tarixi va urfodatlari, diniy bag'rikengligi,
milliy histuyg'ulari, orzuumidlari, ilmiy tafakkuri, ma'naviy salohiyatini o'zida
mujassam etadi. Ayni paytda, xalqimiz tarixida yuz bergan voqeahodisalarni, ijtimoiy
iqtisodiy, madaniy va siyosiy jarayonlarni o'rganishda ham bu yodgorliklar muhim
ahamiyat kasb etadi.
Mazkur maqbaralar mahalliy aholi doimiy ravishda ziyorat uchun boradigan
muqaddas qadamjolar, ruhiy poklanish hamda ma'naviy yuksalish maskanlari
hisoblanadi. Xalqimiz orasida ulug' allomayu avliyolarning qadamjolariga borib, ularni
ziyorat qilish va shunday aziz maskanda toatibodat qilib, ular orqali Yaratgandan o'z
niyatlarini qay holatda so'rash qoidalari yoritilgan. Qolaversa, quyidagi hadisi sharifda
ham qabrlarni ziyorat qilish ta'kidlangan: “Qabristonlarni ziyorat qilib turinglar, zero, u
oxiratni eslatadi. Oxiratni eslash esa kishini yovuzlikdan uzoqlashtirib, ezgulikka
yaqinlashtiradi”.
Amir Temur azizavliyolar, shayxlar va sufiylarga cheksiz mehrsaxovat ko'rsatib, ular
uchun maqbaralar, masjidi jomelar, darveshlar makon topgan xonaqolar qurilishida
boshqosh bo'lgan. Sohibqironning bu sohadagi faoliyati Toshkentda ham o'chmas iz
qoldirgan. Mashhur Ko'yi orifon qishlog'i Toshkentning G'arbiy qismida joylashgan. Bu
erda Shayx Zayniddin Ko'yi Orifoniy nomi bilan bog'liq muqaddas joy yuzaga kelgan.
4 Avliyo mozori ustiga qurilgan chog'roq chortoq o'rniga Amir Temurning farmoyishi
bilan XIV asr oxirida maqbara qurilgan.
Umuman olganda, vohadagi har bir ziyoratgoh mahalliy aholining hayotida muhim
rol o'ynagan. E'tiborli jihati shundaki, ziyoratgohlar kishilarning ongi, tasavvuri, ilohiy
va dunyoviy bilimlarni egallashlarida xizmat qilgan. Chunki muqaddas ziyoratgohga
dafn etilgan shaxsning kasbikori bilan bog'liq xizmatlari turli tarixiy voqealar, xalqimiz
urfodatlari, an'analari bilan yo'g'rilgan.
Muhimi, muqaddas ziyoratgohlar vohaning daryo, ariq, buloq, kon, hunarmandchilik,
dehqonchilik, chorvachilik, daraxt, turli dorivor o'simliklar o'sadigan hududlarda
shakllanishi turli tarixiy, geografik omillar bilan bog'liq ekaniga guvoh bo'lishimiz
mumkin. Toshkentdagi eng yirik ziyoratgohlar Zangiota tumani va Toshkent shahri
markazida joylashgan obida bo'lib, ular – Zangiota, Qaffol Shoshiy (Hazrati imom),
Shayx Zayniddin bobo, Shayx Xovand Tohur maqbaralar majmui kabi yodgorliklar
turli davr voqeahodisalar ta'sirida shakllangan bo'lib, o'zining geografik va tarixiy
joylashuvi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Toshkent viloyatidagi ziyoratgohlarning aksariyati Zangiota, Ohangaron, Piskent,
O'rtachirchiq, Bekobod tumanlari hududlarida joylashgan bo'lib, ushbu hududlarda
istiqomat qilgan allomalar o'z davrida ilmfan va madaniyatning rivojlanishiga munosib
hissa qo'shishgan. Ajdodlarimiz nomlari bilan ataluvchi muqaddas ziyoratgohlar
xalqimizning turmush tarzi, madaniyati, milliy va diniy qadriyatlari hamda arxitektura
va me'morchilikdagi betakrorligi bilan kelgusi avlodlarga ulkan meros sifatida xizmat
qiladi.
5 Ulug’ avliyolar nomi bilan bo’g’liq ziyoratgohlar.
“Shoabdumalik ota” maqbarasi XII asr
Monik Abdulla Ahmad Qulmuhammad ibn Qodir Yassaviy ta’limoti davomchisi
bo‘lgan. Shodmalikbobo bir nechta sharq tillarini mukammal bilgan. Falsafa, mantiqdan
ta’lim bergan, minerologiyani yaxshi bilgan.
Buzruk ota ziyoratgohi. Bekobod tuman Hamza qishlog'ida joylashgan. Asl ismi
Ne'matulloxon Mag'ribiy. X asrning ikkinchi yarmida hozirgi Bekobod tumaniga kelib
yashagan, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullangan. Olim va taqvodor inson
bo'lgan.
Ne'matulloxon Mag'ribiy hazratlarini o'z davrida “Hazrati Buzruk” yoki “Buzruk bobo”
deb atashgan. Taqdir taqozosi bilan Buzruk bobo o'rta asr o'rtalarida taxminan melodiy
6 950 yillar Buxoro shahridan qadimiy Xo'jand shaxriga qarab yo'lga chiqqan. Bu davrda
mahalliy aholi, turli qabilalar o'rtasida o'zaro urushlar bo'lib turar edi. Xususan,
Farg'ona, Xo'jand va O'ratepa shaharlarida ham ziddiyatli to'qnashuvlar bo'lib turgan.
Ana shunday ziddiyatlarni bartaraf etishda Buzruk bobo kabi donishmand avliyolarning
yordami va madadi katta ahamiyatga ega edi. Hazrat odamlarni imkoni boricha insof va
diyonatga, ahillik va ezgulikka chaqirar edi. O'zlarining betakror karomatlari bilan
kishilar ko'ngliga iliqlik va huzur bag'ishlagan.
“Payg‘ambar ota” maqbarasi XII asr
Ko‘p asrlar davomida odamlar bu yerga buyuk mutasavvif, abadiy yashash timsoliga
bosh egish uchun keladi. Payg‘ambar otaning haqiqiy ismi — Jirjis. Afsonada shunday
deyiladi. U payg‘ambarlar va Xudoning elchilari qatoriga qo‘shilgan.
Sayid ota ziyoratgohi. A.Artiqov qishloq fuqarolar yig'inida joylashgan. Zangi otaning
to'rt xalifalaridan biri. Mahalla va jome' masjid ham uning nomi bilan yuritiladi. 1998
99 yillarda maqbara qayta ta'mirlangan.
7 Sayid ota Turkiston avliyolarining ulug'laridan bo'lib, ismlari Ahmad. Biroq u kishi xalq
orasida Sayid ota nomi bilan shuhrat qozongan.
Sayid ota bolaligidanoq ilm tahsil eta boshlagan. Buxoro madrasalarida zamonasining
ulug' mudarrislaridan ilm o'qigan. Aqliy va naqliy bilimlarda yuksak darajaga erishgan.
Madrasada talaba ekan ilm, amal va ixlosda sobit bo'lmoq va komil imonga musharraf
bo'lish ishtiyoqida uch nafar birodari bilan bir piri komilni topib etagini tutishga qaror
qiladilar.
Xullas Sayid Ahmad do'stlari bilan birga tariqat ustozini izlab yo'lga tushadilar.
Toshkent yaqinida yashaydigan Zangiotaning ularga ustozlik qila olishi mumkinligi
haqida eshitib, uning huzuriga shoshiladilar. Zangi ota chorvalarini boqib, cho'ponlik
bilan kun o'tkazib yurardi. Talabalar rangi qopqora bo'lgan bu ulug' zotni ayni paytda
bir butazordan o'tin terib, yig'ib yurgan bir holatda topib uchrashdilar.
Salomalikdan keyin ular Buxorodagi madrasalarning birida zohiriy ilmlardan tahsil
olayotganliklari, ammo botiniy bilimga ega bo'lish uchun bir muborak zotni
izlayotganliklarini aytadilar. Shunda Zangi ota: “To'xtanglar, sizlarni shogird etadigan
bir zotni qaerdan topish mumkinligini aytaman”, deydi. Bu ko'ngli toza navqirondan
xursand bo'lishadi. Shundan so'ng Zangi ota “Bu ishda nasibangiz bizdan boshqasida
emasa ekan”, deydi. Bu to'rt yigit Zangiotaning keyinchalik mashhur to'rt xalifasi bo'lib
etishadigan Uzun Hasan ota, Sayid Ahmad ota, Sadriddin Muhammad ota, Badriddin
Muhammad otalar edi.
“Mulla Bo'ta Qozi” majmuasi ziyoratgohi. Mustaqillik yillarida e'tibor berilgan
Mulla Bo'ta qozi nomi bilan yuritib kelinayotgan majmua viloyatning XX asr
boshlaridagi ziyo maskanlaridan biri hisoblanadi.
Hozirda “Mulla Bo'ta Qozi” majmuasi Piskent tumanining Muratali qishloq fuqarolar
yig'ini hududidada joylashgan. U darvozaxona, hujra, darsxona va masjiddan iborat.
Majmua 19011903 yillarda Eshonqul o'g'li Bo'ta tomonidan qurilganligi aniqlandi
Mulla Bo'ta Qozi madrasasi madrasa sifatida 1903 yildan 1927 yilgacha faoliyat
ko'rsatgan.
8 Bu orada madrasadan ko'plab ziyolilar etishib chiqqan. Mulla Bo'ta Qozi xalqni ziyoli,
ma'rifatli qilib tarbiyalash maqsadida qo'shni viloyatlarga borib etuk mudarrislarni olib
kelgan. Masalan, andijonlik Abdurahmon qori “Qur'on tilovati” darsidan saboq bergan.
Ayni paytda bu kishining farzand va nabiralari Murotali qishlog'ida istiqomat qilishadi.
Chinpo'lat, Xudoyberdi qorilar, shuningdek Otaboy o'g'li Mulla Jo'ra, Mulla
Abdurahmon, Mulla Otaboy kabi murattab qorilar madrasa bitiruvchilaridandir. Ular
madrasada olgan bilmlari bilan xalq xizmatida bo'lganlar. Tojiddin o'g'li Otaboy Piskent
tumanidagi “Piskent” jome' masjidida 30 yildan ortiq vaqt davomida xizmat qilib
kelgan. Xudoyberdi qori xalq orasida “Xudoyberdi bulbul” nomi bilan tilga olingan.
Hozirda ushbu dargoh Piskent tumanidagi rasmiy jome' masjidlarning biri sifatida
faoliyat yuritmoqda.
“Mulla”, “Qozi” degan sharafli nomga sazovor bo'lgan Eshonqul o'g'li Mulla Bo'ta Qozi
1870 yilda Piskent tumani Murotali qishlog'ida tavallud topgan. Tabiatan aql idrokli,
ziyrak, o'tkir zehnli bo'lgan. Bilimga chanqoq, ilmfanni o'rganishga havasi kuchli
bo'lib, diniy bilimlarni juda puxta o'rgangan. Ijtimoiy siyosiy hayotda muhim o'rin
tutgan. Uning “Mulla” deb atalishidan bilimli inson bo'lganini “Qozi” unvonidan
amaldor bo'lganini bilish mumkin.
Bo'g'ziyon ota ziyoratgohi. PiskentOlmaliq yo'lidagi qabriston ichida joylashgan
ziyoratxona. Ziyoratchilar uchun maxsus bino qurilgan. Qabriston Muhammad (s.a.v)
xizmatida bo'lgan Bobo G'oziy Turk To'g'on nomiga qo'yilgan. Qabristonnnig qizil
tuprog'i Bobo G'oziyning dushmanlar bilan olishuvda to'kilgan qoniga qorishivudin
hosil bo'lgan degan rivoyatlar bor.
9 Suv bilan bog’liq bo’lgan ziyoratgohlar
Qirqqiz ziyoratgohi.
tumanidagi «Qirqqiz” ziyoratgohi quyidagi rivoyat
Toshkent viloyati,
Piskent
bilan bog`lanadi:
malika va uning 40 nafar
kanizaklarini dushman izmaiz ta’qib etadi, malika
so’nggi ilinjni qarshisidagi asov daryodan topadi. Ornomus qadri, erk va jasorat
tuyg`usi malika va uning kanizaklari tomirida shu daryodan ham kuchliroq, shiddatliroq
jo’sh urardiki, bu kuch ularga bir soniya ham o’ylashga izn bermadi. Lahza o’tmay
yurakdagi kuch va shiddat asov daryo bilan qorishib ketdi.Hozir bu yerda daryoning
qurishi natijasida hosil bo’lgan qirqta irmoq (buloq)mavjud. Aytishlaricha, ular qirqta
qizning ko’z yoshlari emish. Ziyoratgoh haqida yana bir rivoyatga ko'ra qirqta go'zal
pari bo'lgan. Yurtni yov bosib, qizlarning ta'rifini eshitgach ular tomon bostirib boradi.
Shunda pari qizlar dushman qo'lida asir bo'lgandan ko'ra toshga aylanib qolishlarini
parvardigordan iltijo qiladilar va o'sha zahoti toshga aylanib qoladilar. Bu erdan chiqqan
buloq esa go'yo pari qizlarning ko'z yoshlari emish.
Mahalliy aholining ta’kidlashicha, bu yerning buloq suvini niyatlar aytib ichishga
ko’plab ziyoratchilar keladi. «Qirq qiz” yoki forscha «Childuxtoron” nomli joylar O’rta
Osiyoda ham ko’plab uchraydi.
10 Axtam ahoba ziyoratgohi. To'ytepa shahridagi shu nom bilan yuritiladigan qabristonda
joylashgan bo'lib, maqbara Payg'ambar Muhammad (s.a.v.)ning sarbozi, Hazrat Alining
yaqin qarindoshi, sarkarda Axtam sahobaga atab qadamjo qilingan. Ushbu nom hamda
tarixga ega bo'lgan ziyoratgoh Surxadaryo viloyatining Sherobod tumanida ham
mavjudligi aniqlangan
Rivoyat. Payg'ambar Muhammad (s.a.v)ning amakisi, hazrat Alining do'sti bo'lgan
Axtam sahoba bizning yurtimizga islom dinini targ'ib qilib kelgan. Kunlarning birida
ularga dushman hujum qilgan. Uzoq jangdan so'ng Axtam sahoba engilgan. Bundan
xabar topgan Muhammad (s.a.v) hazrat Alini huzuriga chaqirib, Axtamdan xabar
olishini buyuradi. Hazrat Ali o'zining afsonaviy Duldul laqabli otini minib, jang
maydoniga etib keladi. Qarasaki, Axtam sahoba qonga belangan, kallasi tanasidan judo
qilingan ekan. Shunda Ali sahobaning kallasini tugunga tugib, beliga bog'laydi va
undan uz vaqtida etib kela olmagani uchun kechirim so'rab, uning uchun albatta o'ch
olajagini aytadi. Tez orada hazrat Ali dushmanni tormor qiladi va otiga minib, yo'lga
tushadi. Bir joyga etganda Duldul botqoqlikka botib qoladi va botib qolgan tuyog'ining
urnidan iliq buloq chiqadi. Hazrat Ali buloqqa qarab ummatlarga shifo bo'lsin deya duo
qiladi.
Shuning bilan hazrat Ali do'sti Axtamning jasadini shu erga dafn qiladi va uning boshini
Shomga olib ketadi. Shundan so'ng bu er ziyoratgoh bo'lib qolgan. Ziyoratgoh tarixi
ilmiy o'rganilmagan. 1992 yilda obodonlashtirilgan. Mavlud oylarida ayollar ko'proq
ziyorat qiladilar, shu joyda mavludxonlik bilan shug'ullanadilar
Zarkent ota ziyoratgohi. Zarkent qishlog`ining yuqorisida – tog` yon bag`rida
joylashgan. «Zarkent bobo”, «Qush qo’nmas avliyo” nomlari bilan mashhur bo’lgan
ziyoratgoh. Hozirda ziyoratgoh hududi alohida ajratilgan. 20022003 yillarda qayta
ta’mirlangan. Zarkent ota ziyoratgohidagi tabiiy buloq Zarkent qishlog`ini ichimlik suv
bilan ta’minlaydi. Ziyorat qiliuvchilar ham shu suvning shifobaxsh xususiyati
mavjudligi sababli tashrif buyuradilar. Haqiqiy ismi Said Jakpar G‘ozi bo‘lgan Zarkent
ota Muhammad payg‘ambarning izdoshlaridan bo‘lgan. Katta jismoniy kuch sohibi
11 bo‘lgan. Afsonaga ko‘ra, u o‘limini bir necha kun oldin sezgan va jang maydonidan
uning jasadini qidirmaslik, shuningdek, dafn marosimlarini o‘tkazmaslikni so‘ragan.
Tez orada qo‘shin kuchlar teng bo‘lmagan jangga kirishgan. Ko‘pchilik uning dushman
o‘qi oqibatida ilmateshik bo‘lib, oti bilan yerga qulaganligini ko‘rgan. Biroq jangdan
so‘ng halok bo‘lgan jangchilar orasidan uning jasadi topilmagan. Uning yaqin do‘stlari
u yer ostiga ketayotganligini ko‘rganini ta’kidlagan. O‘sha joyda esa maqbara qurishga
qaror qilingan.
Burchmullo qishlog'ining “Qadamchibuva” ziyoratgohi buloqlari. Burchmullo
qishlog'ining kirish qismidagi past tekislikdagi go'zal darada joylashgan
“Qadamchibuva” ziyoratgoxiga ko'zingiz tushgani hamon ko'nglingiz yayrab ketadi.
Xalq bu joyni Idris (xirstianlarda ENOX) payg'ambar nomi bilan bog'lashadi. Bu afsona
haqida shunday rivoyat qilinadi:
juda qadim o'tmishda Idris payg'ambar shu joylardan
o'tadi. Bu erdagi hamma narsa – go'zal tog' manzarasi,
adl daraxtlar, musaffo havo unga yoqadi. Atrofida turli
nav daraxtlar o'sgan mo''jaz qo'rg'onni ko'rib, bu erda
suv yo'qligidan ajablanadi va Alloxga murojaat qilib,
“Sen hamma narsani yartguvchisan ammo nega bu erda suv yo'q?” allox javob qildi:
“Men senga yaratish qudratini ato etdim, Kaftingni erga bos, shunda mo''jizani
ko'rasan”. Payg'ambar oyog'i ostida yotgan toshga kaftini bosadi, shu zaxotiyoq tosh
ostidan besh barmoq kabi yonmayon beshta joydan suv otilib chiqadi. Bu ko'p vaqtdan
beri orzuumid bilan Alloxga iltijo va ibodat qilib so'ralgan obihayot edi.
U erning chuqur qa'ridan favvoradek yuzaga otildi. Musaffo buloqlar kundan kunga
kuchayib bordi. Bugun Idris Alayxissalomning besh barmog'i o'rnidan qaynab
chiqayotgan zilol suv tinimsiz oqib, odamlar chanqog'ini qondirib, ruxlariga tetiklik,
dardlariga shifo bag'ishlayapti.
Payg'ambar xassasini suqqan joydan esa chinor o'sib chiqqan. U bugun
“Qadamchibuva” muqaddas ziyoratgoxi osmonini qoplab, soya tashlab turibdi.
12 Chinorning tanasini to'rtbesh kishi qo'l ushlashib quchoqlashi mumkin. Bu erga tashrif
buyurayotgan sayyox va ziyoratchilar go'yo maslahatlashib olgandek chinor atrofini
yetti marta aylanib chiqishadi. Bu an'ana qachon tug'ilganini hech kim bilmaydi. Ammo
turli yoshdagi mahalliy va ziyoratga kelgan odamlarni ko'rib xursand bo'lasiz. Negaki
tabiat va xotira odamlarni – insonlarni birlashtirib go'yo jamiyki insonlar yer farzandi
ekanligimizniyurakdan xis etas
Bu erda g'oyat ajoyib go'zal bog' bunyodga kelgan. O'zbekiston yozining avji
jaziramasida “Qadamchibuva” ziyoratgoxi kechayukunduz birdek sokin va salqin. Bu
muqaddas dargoxda o'yfikrlar tiniqlashib, qalb quvonchga to'ladi, ruxingiz tabiatdan
kuch oladi, yashashga bo'lgan ishtiyoq va olg'a intilish hissiyotihayolingizni chulg'aydi.
Yodgorlik majmuilariga ega bo’lgan ziyortagohlar
Zangiota yodgorlik majmui ziyoratgohi. Zangiota tumanidagi Zangiota ziyoratgohi
– XV asrlarga tegishli me’moriy yodgorlik bo’lib, XIIXIII asrda yashab faoliyat
yuritgan mashhur shoshlik olim, yirik zohid – Oyxo’ja ibn Tojxo’ja nomi bog`liq.
Ushbu qadamjo nafaqat O’zbekistonda, balki O’rta Osiyodagi yirik ziyoratgohlardan
biri hisoblanadi. Majmua Zangiota, Anbar bibi maqbarasi, darvozaxona, madrasa,
masjid, xonaqohshiypon, minora va hovuzdan iborat. Anbar bibi maqbarasi, hovuz,
shiypon va darvozaxona alohidaalohida qilib qurilgan. Zangiota maqbarasi esa madrasa
va masjid bilan yonmayon tushgan bo’lib, hovliga shimolisharq va shimolig`arbdagi
darvozalar orqali o’tiladi. Minora ham shu hovlining o’rtarog`iga, masjid va maqbaraga
yaqinroq qilib qurilgan. Majmuadagi inshootlarga Qur’on oyatlari, hadislar, nasx kabi
ko’hna yozuvlarda bitilgan.
13 Ziyoratxonaning ichkaritashqarisidagi sirlarning qoldiqlari binoning o'z davrida
mahobat bilan naqshlanganligini ko'rsatadi. Janub qismida Anbar bibi maqbarasi bor.
Zangi otaning asli tug'ilgan va yashagan maskani Shosh viloyati bo'lib, Toshkent bilan
Qovunchi oralig'idagi Zangi ota nomli qishloq. Zangi ota Toshkent shahrining
Samarqand Darboza ko'chasidagi «Zangi ota» mahallasida tug'ilib, o'sgan degan
taxminlar ham bor. Oyxo'ja Ibn Tojxo'janing “Zangi” iborasi bilan nisbat berilishi, u
kishi qora tanli bo'lganining ramziy ifodasi.
Zangi otaning otasi Tojxo'ja, uning otasi Abdulmalik ota, ul zot o'zining piri murshidi
Mansur ota orqali Xoja Axmad Yassaviyga borib taqaladi. Tojxo'janing o'zi ham hazrat
Yassaviyning xizmatlarida bo'lib, ul tabarruk zotdan bevosita tasavvufiyma'naviy
ta'limot va irshodot olgan. Tojxo'ja hijriy 615/1218) yilda vafot etgan.
14 Rivoyatlarga qaraganda, Zangi ota cho'ponlarning piri «avliyo» qiyofasida gavdalanadi.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Zangi ota Ahmad Yassaviyning muridi,
so'fiy shoir Sulaymon Hakim Boqirg'oniyning shogirdi bo'lgan.
Zangi otaning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining eng og'ir davriga to'g'ri keladi.
Zotan, XIII asrning 20 yillarida Mo'g'ul istilochilari Movarounnahrning eng yirik shahar
va qishloqlarini vayron qiladilar. Oddiy mehnatkash xalqni esa qullik iskanjasiga
soladilar. Shunday og'ir bir paytda Zangi ota va uning shogirdlari xalq ommasini
qahramonlik, vatanparvarlik, mehrshafqat kabi eng oliy umuminsoniy g'oyalar bilan
oziqlantirdi. Zangi otaning bu xizmatlari vaqti kelib Amir Temur tomonidan munosib
taqdirlandi. Zangi otaning qabri ustida maqbara qad rostladi. 1420 yilda esa Mirzo
Ulug'bek uning ustiga hozirgi peshtoqni bunyod ettirdi.
Anbar bibi maqbarasi XIVXV asrlar ziyoratgohi. Anbar bibi (Anbar ona)
maqbarasi Zangi ota umumiy majmua tarkibiga kirgan tarixiy arxitektura yodgorligidir.
Maqbara aslida ulug' ayolning nomi uchun bunyod etilgan bo'lib, Anbar bibi nomi
tarixda «Mehribon va saxovatli ulug' ona» timsolida muqaddas sanalgan. Sulaymon
Hakim ota Boqirg'oniy asli Xorazmdan bo'lib, tariqat ilmining namoyandalaridan Xo'ja
Axmad Yassaviyning muridi hamda Zangi otaning ustozi hisoblangan. Maqbarani Amir
Temur o'z davrida uning ulug'ligini hisobga olib, Zangi ota maqbarasi kabi mahobat
bilan bunyod etishga buyurgan. Maqbaradagi xilxonalarda joylashgan qabrning biriga
Anbar bibi va ikkinchisiga Sulaymon Hakim ota Boqirg'oniyning onasi dafn etilganligi
aniqlangan.
15 Anbar bibi maqbarasining hozirgi kungacha asl qiyofasi deyarli saqlanib, uning qadimgi
gumbazi
qayta
tiklanib,
umumiy ko'rinishi
qayta
ta'mirlangan.
Zangi otaning ahli ayollari Anbar bibining asli ismi shajarada yozilishicha, Rayhona va
qizlari Qorasoch, uning asl ismi Oyjon bo'lib, vafotlaridan so'ng ikkovlari bir
qabristonda dafn qilinganlar. Anbar bibi maqbarasi XV asr boshlarida qurilgan.
Shohruxiya xarobasi.
Sirdaryoning o’ng sohilida joylashgan. Shohruxiya qadimiy Banokat o’rnida vujudga
kelgan. Banokat mo’g`ullar istilosi davrida vayron bo’lgan (1220). 1392 yilda Amir
Toshkent viloyatining Oqqo’rg`on tumani hududida,
Temur uni harbiy qal’a sifatida qayta tiklab, o’g`li Shohrux sharafiga «Shohruxiya» deb
atagan. Shohruxiyaning hududi 140 gektardan ziyod bo’lib, ark, 3 shahriston va
16 raboddan iborat bo’lgan. Shahriston va rabodning bir qismi qalin mudofaa devori bilan
o’ralgan, unda 30 dan ortiq burj bo’lgan. 15 asr oxiri – 16 asr boshlarida Shohruxiya
Sharqiy Movarounnahrning yirik harbiy markazlaridan hisoblangan. Shohruxiyadagi
kulolchilik xumdonlari, turar joy qoldiqlari, 2 qavatli burjlar ochib o’rganilgan.
Topilmalar orasida po’lat sovut, dubulg`a, shaxmat donalari, sirlangan turli sopol
idishlar temuriylar madaniyati, san’atini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Qizilmozor ziyoratgohi. Toshkent viloyati Bekobod tumani Bobur fermerlar
uyushmasi Taqachi kishlog'i Qizilmozor qabristonidagi yodgorlik. Tarixchi, arxiolog
san'atshunos olim G.A.Pugachenkova boshchiligidagi ekspeditsiyaning xulosalariga
ko'ra, u XIXII asrlarda qurilgan. U erdan topilgan tarixiy buyum, suyak qoldiqlari,
qurilish uslubi ham ana shu fikrni ta'kidlaydi. Yodgorlik 11,5 x 13,5 metr kattalikda
bulib, gumbazi bilan qo'shib hisoblanganda balandligi 16 metr. Er osti qismi ham
bo'lgan. Ikkita tepaga chikish, ikkita pastga tushish zinapoyalari hozir ham bor.
G'ishtlari qizg'ish rangda bo'lib, yozning chillasida o'zidan ajoyib nur taratadi.
Ichkarisida to'rtta katta qabr va ikkita kichik qabr bor. Taniqli arxiolog, tarixchi olim
Edvard Rtveladzening «Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati tarixi» turkum kitoblarida
hududda o'sha davrda qurilgan shu xildagi to'rtta obida hozir ham borligi haqida
ma'lumot berilgan. Xalq rivoyatlarida ham «Qizilmozor» deb atalgan. Bu gumbazli
obidani Ismoil Somoniylar qurdirgan. Yana bir rivoyatga ko'ra, Boburning qish
sovug'ida hozirgi Sirdaryodan o'tishida uch nafar lashkarboshisi o'lgan va ularni shu
erga dafn qilishgan. Lashkarlar xurjinida doim olib yuradigan ikki dona gishtlardan
foydalanib, bir kechada qurilgan. Hozir ham bu
yodgorlik asrab kelinmoqda. turkum kitoblarida
hududda o'sha davrda qurilgan shu xildagi to'rtta
obida hozir ham borligi haqida ma'lumot berilgan.
Xalq rivoyatlarida ham
«Masjid Ali” ziyoratgohi (Kumushkon).
17 Parkent tumanidagi ushbu ziyoratgoh Kumushkon qishlog`idagi «Chashma”
mahallasining eng yuqori qismida joylashgan. Dastlab 1982 yilda Kumushkon qishlog`i
aholisi tomonidan hashar yo’li bilan 1 ta xonaqoh va 1 ta ayvon barpo etilgan. 2010
yilda mahalliy ustalar tomonidan qaytadan ta’mirlangan. Ziyoratgohda 3 ta xonaqoh, 1
ta ayvon mavjud. Ziyoratgohda qadimiy chinor chashma buloqlari bo’lib, uning atrofida
ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan
Xulosa
Ziyoratgohlarga borish, ularni e'zozlash, diniy qadriyatlardan biri bo'lib,
toshbitiklardagi muqaddas yozuvlar esa aholini eng oliy, ruhiy, axloqiy va ma'naviy
qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qiladi. Zero, ziyoratgohlarda
18 millatning ruhi bo'lgan buyuk allomalarimiz, azizavliyolarimiz yotibdi. Ular xalqimiz
tomonidan hamisha qadrlanadi, e'zozlanadi.
Bugungi kunda muqaddas ziyoratgohlar tarixini bilish, mazkur qadamjolarning
tarbiyaviyma'naviy salohiyatini oshirish davr talabiga aylandi. Tarixiy obidalar, osori
atiqalar, maqbara va qadamjolar bilan bog'liq manbalarni tahliliy o'rganish,
toshbitiklardagi yozuvlardan voqif bo'lish ziyoratgohlar bilan bog'liq tarixiy
voqelikni chuqur anglashga, o'tmish to'g'risidagi ilmiy qarashlarni yanada
kengaytirishga asos bo'ladi. Asrlar davomida avaylabasrab kelinayotgan bunday
ziyoratgohlarning milliy ma'naviyatimiz tarixida tutgan o'rnini tadqiq etish bugungi
kundagi dolzarb masalalardan sanaladi.
Islom an'analari asrlar davomida Markaziy Osiyo xalqlari boy madaniy merosi bilan
qo'shilib, bu erda ma'naviyma'rifiy hayotda aks etgan hamda fan va ta'limning
rivojlanishiga o'z muhrini bosgan alohida musulmon madaniyati shakllanishiga
ko'maklashdi. Bu tarixiy jarayonlarda O'zbekiston hamda uning etakchi madaniy
markazlar sifatida butun musulmon olamida dong'i ketgan Buxoro, Samarqand, Nasaf
(Qarshi), Termiz, Xiva, Shosh (Toshkent) va boshqa hududlar alohida o'rin tutdi.
Nomi xalq orasida abadiy yashashga haqli buyuk allomalarimiz Shosh vohasida ham
ko'plab o'tgan, ularning xotirasini tiklash biz uchun ham farz, ham qarzdir. Shosh
tabarruk go'sha bo'lib, u erda buyuk alloma, avliyoyu ulamolarning tabarruk ruhlari
abadiy qo'nim topgan. Jumladan, Zangiota, Shayx Xovand Tohur, Said ota, Imom
Sulton maqbaralar majmuida ruhlari abadiy makon topgan xoklari yotibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Toshkent viloyati tarixi va taraqqiyot istiqbollariT.: Ma`naviyat 2014
2. Internet ma`lumotlari.
19 20
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
TOSHKENT VILOYATINING ZIYORATGOHLAR TO`G`RISIDA YO’RIQNOMA LOYIHASI
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.