Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti
Оценка 5

Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti

Оценка 5
doc
21.02.2020
Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti
9_13-dars.doc

Informatika-9. 13 – dars.

Mavzu: Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti

Maqsad:

1) ta’limiy: O`quvchilarga Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhiti haqida ma’lumot berish;

2) tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;

3) rivojlantiruvchi: Oquvchilarda Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhitida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhitida ishlash ko`nikmasiga ega bo`lish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

II. Takrorlash

1.      Dastur deb nimaga aytiladi ?

2.      Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz?

3.      Quyi va yuqori darajali tillar qanday xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi?

4.      Dasturlash tillari elektron hisoblash mashinalarining turlariga bog‘liq bo‘ladimi? Javobingizni asoslang.

5.      Yuqori darajadagi dasturlash tillaridan bir nechtasini ishlab chiqilgan yili bilan aytib bering.

III. Yangi mavzuni o`rganish

Paskal dasturlash tilining keng tarqalishi va qo‘llanilishiga asosiy sabab – dasturning soddaligi va undan foydalanishning qulayligidir. Dastavval Paskal tili universitetlarda qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik uning turli rusumli kompyuterlar uchun naqllari ishlab chiqildi.

1981 yilda Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi. Paskal tilining Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Turbo Pascal 7.0 naqlidan hozirgi davrda keng foydalaniladi. U foydalanuvchilar uchun juda qulay tizim – dasturlashning integrallashgan muhitiga ega.

Integrallashgan muhit – dasturlashga yordamlashuvchi dastur bo‘lib, u quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi lozim:

·        avvalambor, u dastur matnini kiritish imkonini berishi;

·        vaqti-vaqti bilan kiritilayotgan dastur matnini tashqi xotirada saqlab turishi;

·        dasturni ishga tushirish uchun translyatorga ega bo‘lishi;

·        sintaktik xatoliklarni aniqlash vositasiga ega bo‘lishi kerak.

Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhiti sanab o‘tilgan vazifalardan tashqari yana ko’pgina vazifalarni ham amalga oshirish imkonini beradi.

“Turbo Pascal 7.0” dasturlash tizimi tashqi xotiraning, odatda, “TP7” nomli katalogiga joylashtiriladi (umuman olganda boshqa katalogga joylashtirish ham mumkin). U yuzdan ortiq fayldan iborat bo‘lib, fayllar vazifalariga qarab bir nechta kataloglarga joylashtirilgan (1-rasm). Turbo Paskal integrallashgan muhitini ishga tushiruvchi Turbo.exe fayli “BIN” katalogida joylashgan. Qolgan kataloglarda asosan yordamchi fayllar hamda Turbo Paskalning imkoniyatlarini namoyish etuvchi dasturlar joylashgan. Masalan, “BGI” katalogida grafik holatda ishlash uchun zarur fayllar joylashgan.

Turbo Paskalning qolgan katalog va fayllari haqida darslikda keltirilgan qo‘shimcha adabiyotlar ro’yhatidagi qo‘llanmalardan yetarlicha ma’lumot olishingiz mumkin.

Turbo.exe fayli ishga tushirilgach ekranda Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi ochiladi. U menyular satri, oynalar sohasi va ma’lumot satridan iborat (2-rasm). Turbo Paskalda bir nechta turdagi oynalar bo’lib (3-rasm), ulardan bizga eng muhimi dastur matni muharriri oynasidir. Bu oynani hosil qilish uchun File menyusining New (Yangi) buyrug’ini tanlash yetarli.

Menyular satriga o‘tish uchun F10 klavishi bosiladi. So‘ngra chapga yoki o‘ngga yo‘nalish klavishalari yordamida kerakli menyuni tanlab ENTER klavishi bosiladi. Kerakli menyuni sichqoncha yordamida ham tanlash mumkin.

Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi matn muharririni interfeysiga o‘xshaydi. Unga dastur matni dastur muharriri oynasida matn muharriridagi kabi yoziladi. MS Worddagi kabi Turbo Paskalda ham bir nechta oyna ochib, ularning har biri bilan alohida ishlash imkoniyati mavjud. Bu bir vaqtda bir nechta dastur bilan ishlash imkonini beradi. Joriy vaqtda ishlanayotgan oyna faol oyna deyiladi (faol oyna 3-rasmda ikki qatlamli chegaraviy chizig’i bilan ajralib turibdi). Dastur matni muharririda matn nomi NONAME00.PAS kabi tavsiya etilayotgan bo’lib, matn nomi nomsiz00 va fayl kengaytmasi pas bo’lishini bildiradi.

File (Fayl) menyusi Open (Ochish - tashqi xotiradagi faylni tezkor xotiraga yuklash), Save (Saqlash), Save as (boshqa nom bilan saqlash), Exit (chiqish), Edit (Tahrir) menyusi Cut (qirqib olish), Copy (nusxa olish), Paste (joylashtirish),  Run menyusi dasturni ishga tushirish, Compile menyusi dasturni kompilyatsiya qilish (dasturni “mashina tili”ga o‘girib “EXE” kengaytmali fayl ko‘rinishida saqlash) amallarini o‘z ichiga oladi.

Menyular tarkibidagi amallarni ma’lum (tezkor) klavishlarni  bosish orqali ham bajarish mumkin. Quyida asosiy amallarni bajarishga mo‘ljallangan klavishlar ro’yxati keltirilgan:

 

F3

Ochish

Ctrl+F9

dasturni ishga tushirish

F2

Saqlash

Alt+F5

dastur natijasini ekranda ko‘rish

Alt+F3

Faol oynani yopish

Alt+F9

dasturni kompilyatsiya qilish

Alt + x

chiqish

F6

Bir oynadan ikkinchi oynaga o‘tish

 

Dastur matnini tahrir qilishda quyidagi klavishlardan foydalanish mumkin:

Yo‘nalish klavishalari (¬, ®, ­, ¯) – yurgichni kerakli yo‘nalishda siljitish;

Shift + (¬, ®, ­, ¯) – yurgich turgan joydan boshlab tanlangan yo‘nalishda dastur matnining qismini belgilash;

Ctrl+Insert – dastur matnining belgilangan qismi nusxasini bufer-xotiraga olish;

Shift+Insert – xotiraga olingan qismni dastur matnining yurgich turgan joyiga joylashtirish;

Shift+Delete – dastur matnining belgilangan qismini o‘chirish.

IV. Mustahkamlash ushun savol va topshiriqlar

1.      Turbo Paskalning ishga tushiruvchi fayl qaysi katalogda joylashgan?

2.      Dasturlashning integrallashgan muhiti nima?

3.      Turbo Paskal ishchi maydonidagi dasturni ishga tushirish uchun qaysi klavishalar bosiladi?

4.      Dastur matnini xotiraga yozish uchun qaysi klavishdan foydalaniladi?

5.      Turbo Paskal dasturidan chiqish uchun qaysi tugmalar majmuidan foydalaniladi?

Mashqlar

Paskal dastur matni muharririni ochib, quyidagi vazifalarni bajaring:

a) O‘zbekinton Respublikasi madhiyasining birinchi to‘rtligini kiriting;

e) 1-oynadagi matnni “Madhiya.txt” nomi bilan saqlang;

V. Uyga vazifa

Mavzuni o`rganish, kompyuterda mashq qilish.

 

Informatika-9. 14 – dars.

Mavzu: Paskal dasturlash tili alifbosi va dasturi tuzilishi

Maqsad:

1) ta’limiy: O`quvchilarga Paskal dasturlash tili alifbosi va dasturi tuzilishi haqida ma’lumot berish;

2) tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;

3) rivojlantiruvchi: Oquvchilarning Paskal integrallashgan muhitida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhitida ishlash ko`nikmasiga ega bo`lish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

II. Takrorlash

6.     Turbo Paskalning ishga tushiruvchi fayl qaysi katalogda joylashgan?

7.     Dasturlashning integrallashgan muhiti nima?

8.     Turbo Paskal ishchi maydonidagi dasturni ishga tushirish uchun qaysi klavishalar bosiladi?

9.     Dastur matnini xotiraga yozish uchun qaysi klavishdan foydalaniladi?

10. Turbo Paskal dasturidan chiqish uchun qaysi tugmalar majmuidan foydalaniladi?

III. Yangi mavzuni o`rganish

Har qanday dasturlash tili kabi Turbo Pascal dasturlash tili ham o‘zining alifbosi va sintaksis qoidalariga ega.

Turbo Pascal tili ASCII kodli belgilar to’plamini o’z ichiga oladi, masalan:

Lotin alifbosining 26 ta bosh va kichik harflari : Aa, Bb, Cc, Dd, Ee, Ff, Gg,  Hh,  Ii,  Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv,  Ww,  Xx,  Yy,  Zz (izohlar  va matnlar yozish uchun kirill harflarini ham qo‘llash mumkin);

O‘nta  arab  raqami: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9;

O‘n oltilik sonlar: 0 dan 9 gacha arab raqamlari va A, B, C, D, E, F va a, b, c, d, e, f  harflar;

Maxsus belgilar:  . (nuqta),  , (vergul), : (ikki nuqta);  ; (nuqtali vergul), ' (apostrof), " (qo‘shtirnoq),  ! (undov), ? (so‘roq), % (foiz), $ (dollar), @ (tijorat belgisi), & (ampersand), # (panjara), ^ (urg’u berish); turli qavslar: (, ), {, }, [, ]; juft belgilar: :=, .. ,   (*,  *),  (.,  .).

Boshqaruv belgilari: #0 dan #31 gacha kodli belgilar (# – belgi kodini o’nlikdagi qiymatini bildiradi, boshqaruv belgilari ishlaganda ekranda aks etmaydi); masalan, kodi #32 bo’lgan belgi — probel belgisi.

Turbo Pascal tilida, asosan,  quyidagi amallar va ularga mos belgilar ishlatiladi:

Arifmetik amallar: + (qo‘shish),  –  (ayirish),  *  (ko‘paytirish), / (bo‘lish);

Munosabat amallari:  = (teng), < (kichik),  > (katta); juft belgilar: <> (teng emas), <= (katta emas), >= (kichik emas);

Mantiqiy amallar:

AND  (“VA” –  mantiqiy  ko‘paytirish amali)

OR     (“YOKI” – mantiqiy qo‘shish amali)

NOT   (“EMAS” – mantiqiy inkor amali)

XOR   (o’xshashlikni inkor etish amali)

Barcha dasturlash tillari singari Paskal dasturlash tili ham o‘zining imlosi, qonun va qoidalariga ega bo‘lib, ular asosida yuqorida keltirilgan harflar, belgilar va amallar yordamida ko‘rsatma va buyruqlar tuziladi. Har bir ko‘rsatma yoki buyruq “;” (nuqtali vergul) belgisi bilan yakunlanadi. Dastur matnida bir satrga ko’pi bilan 127 ta belgi yozish mumkin.

Ko’pincha, dastur tushunarli bo‘lishi uchun unga izohlar kiritiladi. Izohlar yordamida dastur va uning qismlari qanday vazifani bajarishi tavsiflanadi. Paskalda izoh { va } yoki (* va *) ko‘rinishdagi qavslar ichiga yoziladi. Masalan, {bu izoh misol uchun keltirildi} yoki (* izohni shunday yozsa ham bo‘ladi *).

Odatda Paskal tilidagi dasturlar Program  maxsus so‘zi bilan boshlanadi. Bu so‘zdan keyin dastur nomi yoziladi. Masalan: Program kvadrat_tenglama; {kvadrat tenglama yechish dasturi.}

Dastur nomi dastur vazifasiga mos bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bu zarur dasturni boshqa dasturlar orasidan tez ajratib olish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, dastur nomi dastur ishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi va umuman olganda, dasturga nom berish shart ham emas.

Paskal dasturlash tilida dastur yozishda quyidagilar qo‘llaniladi:

Konstantalar (o‘zgarmaslar) – dastur ishlaganda qiymati o‘zgarmaydigan miqdorlar;

O‘zgaruvchilar – dastur ishlaganda qiymati o‘zgaradigan miqdorlar;

Ifodalarmos amallar bilan bog‘langan o‘zgarmaslar, o‘zgaruvchilar va funksiyalar;

Operatorlardasturlash tilining tugal­langan biror amalini berish uchun mo‘ljallangan buyrug‘i;

Funksiya va protseduralar – o‘z nomiga ega bo‘lgan alohida dastur qismlari. Ularga asosiy dasturdan murojaat etiladi;

Nishonlar – dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorni ko‘rsatadi.

Paskal tilining buyruq va ko‘rsatmalari modul deb ataluvchi TPU kengaytmali maxsus fayllarda joylashgan. Ularga misol qilib system (sistem), crt (sierti), graph (graf) modullarini keltirish mumkin. Modullarning har biri ma’lum yo‘nalishdagi buyruq va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. Masalan, system moduli Paskalning standart (asosiy) buyruqlarini, crt moduli ekran va klaviatura bilan ishlashga (ekranni tozalash, ekranda bir nechta alohida oyna hosil qilish,…), graph moduli esa grafik holatda ishlashga mo‘ljallangan buyruq va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Dasturda modullar zaruratga qarab ishlatiladi. Biror modul tarkibiga kirgan buyruqdan foydalanish uchun dastur boshida (sarlavhadan keyin) shu haqida ko‘rsatma berilishi kerak. Bu Paskalning maxsus so‘zi Uses yordamida amalga oshiriladi. Masalan, dasturda grafikadan foydalanish uchun, unga Uses graph; yozuvini kiritish kerak. Agar dasturda bir nechta modul ishlatilsa, ular o‘zaro vergul bilan ajratib yoziladi. Masalan: Uses crt, graph;

Paskal integrallashgan muhiti ishga tushirilganda system moduli avtomatik ravishda xotiraga yuklanadi. Shuning uchun Uses system; yozuvi ishlatilmaydi. Aksariyat dasturlar uchun system modulining o‘zi yetarli bo’ladi.

Dastur yozishdan avval unda ishtirok etadigan miqdorlarni aniqlab olish, o‘zgaruvchilarga nom berish va ularni tavsiflash (turini ko‘rsatish) kerak bo‘ladi. Shundan so‘nggina dasturning asosiy qismi boshlanadi, ya’ni Paskalda dastur ikki qismdan tashkil topadi.

Paskal tilidagi dasturlar umumiy holda quyidagi tuzilishga ega:

Program dastur nomi; {majburiy emas}

Uses {Modullar ro‘yxati}

Label {Nishonlar ro‘yxati}

Const {Konstantalarni tavsiflash}

Var      {O‘zgaruvchilarni tavsiflash}

Protsedura va funksiyalar

Begin

      {Asosiy qism}

End.

Label, Const, Var, Begin, End – Paskal tilining maxsus so‘zlari bo‘lib, label – nishon, const (constant – konstanta) – o‘zgarmas miqdor, var (variable) – o‘zgaruvchilarni tavsiflash, begin – boshlanish, end – tamomlash ma’nolarini anglatadi.

Identifikator deganda o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar, protseduralar, funksiyalar, modullar, dasturlar nomi tushuniladi. Identifikatorlar standart va foydalanuvchi turlarga bo’linadi. Standart identifikatorlar – dastur tomonidan avvaldan belgilangan bo’ladi.

Foydalanuvchi identifikatori dasturchi tomonidan tanlanadi va ixtiyoriy uzunlikda bo’lishi mumkin, lekin birinchi 63 ta belgisi ma’noga ega (farqlantiruvchi) bo’ladi. Identifikator nomi lotin harfidan yoki tagchiziq ( _ ) belgisidan boshlanishi va probellarsiz yozilishi shart. Birinchi belgidan keyin harflar, raqamlar va tagchiziq belgisi yozilishi mumkin. Turbo Pascal tilida identifikator nomlarini, qaysi registrda (quyi yoki yuqori) yozilishining ahamiyati yo’q, ya’ni aka, Aka, aKa kabilar bir xil nom deb qaraladi. Chunki, Turbo Pascal translyatori dasturni kompilyatsiya qilish (dasturni mashina tiliga o‘girish) vaqtida identifikator nomlari va xizmatchi so‘zlardagi barcha katta harflarni kichik harflarga almashtirib oladi. Nomlar apostrof ichiga olinmaydi, ya’ni ‘Men‘ va ‘men‘ nom bo’la olmaydi.

Paskal dasturlash tilida quyida keltirilgan so’zlar zahiralangan  bo’lib, ularni foydalanuvchi identifikatori sifatida qo’llash mumkin emas:

and, asm, array, begin, case, const, constructor, destructor, div, do, downto, else, end, exports, file, for, function, goto, if, implementation, in, absolute, assembler, export, external, far, forward, index, interrupt, near, private, public, resident, virtual, inherited, inline, interface, label, library, mod, nil, not, object, of, or, packed, procedure, program, record, repeat, set, shl, shr, string, then, to, type, unit, until, uses, var, while, with, xor.

Paskal dasturlash tili bu so’zlarni dasturda ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi hamda xato xabarini ekranga “Error 2: Identifier expected” (zahira identifikator) yozuvi orqali ifodalaydi.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

1.      Paskal dasturlash tilining alifbosi haqida so‘zlab bering.

2.      Paskal dasturlash tilida ishlatiladigan arifmetik va mantiqiy amallarni izohlang.

3.      Operator nima?

4.      Paskalda dastur qanday qismlardan tashkil topadi?

5.      Dasturning tavsiflash qismi haqida ma’lumot bering.

V. Uyga vazifa. Mavzuni o`rganish, 2-mashqni bajarish.


Informatika-9. 13 – dars. Mavzu:

Informatika-9. 13 – dars. Mavzu:

Paskalda bir nechta turdagi oynalar bo’lib (3-rasm), ulardan bizga eng muhimi dastur matni muharriri oynasidir

Paskalda bir nechta turdagi oynalar bo’lib (3-rasm), ulardan bizga eng muhimi dastur matni muharriri oynasidir

Informatika-9. 14 – dars. Mavzu:

Informatika-9. 14 – dars. Mavzu:

Paskal tilining buyruq va ko‘rsatmalari modul deb ataluvchi

Paskal tilining buyruq va ko‘rsatmalari modul deb ataluvchi

Dasturning tavsiflash qismi haqida ma’lumot bering

Dasturning tavsiflash qismi haqida ma’lumot bering
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
21.02.2020