Uzluksiz musiqa ta’limi tizimi muammolari.
Оценка 4.8

Uzluksiz musiqa ta’limi tizimi muammolari.

Оценка 4.8
docx
24.01.2021
Uzluksiz musiqa ta’limi tizimi muammolari.
Uzluksiz musiqa ta’limi tizimi muammolari..docx

Uzluksiz musiqa ta’limi tizimi muammolari.

 

 

 

Annotatsiya: Vokal (An’anaviy xonanda) va cholg’u yo’nalishlarida - cholg’u ijrochiligi vokal musiqaga jo’r bo’lishi bilan birga, alohida sof cholg’u musiqa asari sifatida ham ma’lum va mashhur. Vokal (An’anaviy xonanda) yo’nalishining - katta ashula, masxaraboz yo’llari, xalfalar kabi na’munalari ham borki, ular cholg’ularsiz ijro etiladi.

 

Kalit so’zlar: Musiqa ta’limi, emotsional, ritm, slux, pamyat, a’kapella, katta ashula, masxaraboz, xalfa, illyustratsiya, demonstratsiya.

 

Аннотация: В вокальном (традиционный певец) и инструментальном жанрах - инструментальное исполнение сопровождается вокальной музыкой, но также известно и популярно как отдельное чисто инструментальное музыкальное произведение. Есть и образцы вокальной (традиционной певческой) направления - большие песни, клоуны, халфы, которые исполняются без инструментов.

 

Ключевые слова: музыкальное образование, эмоциональность, ритм, слюкс, памят, акапелла, большая песня, клоун, хальфа, иллюстрация, демонстрация.

 

Annotation: In the vocal (traditional singer) and instrumental genres - the instrumental performance is accompanied by vocal music, but is also known and popular as a separate pure instrumental piece of music. There are also examples of vocal (traditional singer) direction - big songs, clowns, khalfas, which are performed without instruments.

 

Keywords: Music education, emotional, rhythm, slux, pamyat, acapella, big song, clown, khalfa, illustration, demonstration.

 

Insonning irqi, tili va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar, uning qalbiga yo’l topib, his-tuyg’ulari, kayfiyati va ruhiy holatiga serjilo nafis tovushlar vositasida badiiy obrazlar orqali kuchli emotsional ta’sir ko’rsatib, mahliyo qila oladigan yaxshi tarbiya vositalaridan biri – musiqa san’ati tarbiyasidir. Shuning uchun musiqa ta’limi va tarbiyasiga ma’suliyat bilan yondashib, unga alohida e’tibor berish lozim. Hurmatli yurtboshimiz SH. M. Mirziyoyevning 2020-yilda Namangan viloyatiga tashrif chog’ida – madaniyat bo’yicha qarorni chiqarib Namangan tajribasini ommalashtiramiz, o’zimizni klassik, mumtoz kuy-qo’shiqlarimizni korxona, tashkilotlarda tanaffus paytlarda ham qo’yib qo’ysak degan iboralari aynan nafaqat barcha san’at ahlini balki butun O’zbekiston halqini xursand qildi. Bundan keyin 11-sinfni tamomlagan har bitta o’quvchilarimizning attestatida musiqa cholg’u asboblaridan birortasini chalib biladi degan yozuv bo’lsa bu bizning madaniyatimiz, ma’rifatimizni yanada mukammal ryvojiga ulkan hissa qo’shgan bo’lar edi deb aytdilar. Qalbida musiqa, soz san’ati bo’lgan yigit va qizlarimizdan hech qachon yomonlik chiqmaydi. Ona vatanga, ota-onaga, o’z teng-qurlari, do’stu birodarlariga yanada yaqinroq, kuchliroq, hurmati, samimiy izzat-ikromi, sevgisi mukammal bo’lsa ajab emas.

Keyingi mustaqillik yillarida bu sohada anchagina ijobiy o’zgarishlar bo’ldi. Hozirgi kunda barcha musiqa o’quv dargohlari va umumiy musiqiy ta’lim uchun milliy asosdagi yangi dasturlar, Davlat ta’lim standartlari, darslik va o’quv qo’llanmalari ishlab chiqilgan va chiqayapti. Ta’limning barcha turlari va bosqichlaridagi ayrim muammolarni yechishga qaratilgan O’zbekiston Ruspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining aprel 117/18 qo’shma qarori barcha fanlar qatorida uzluksiz musiqa ta’limidagi uzviylikni ta’minlash muammolarini yechish choralarini ham belgiladi.

Musiqa ta’limining boshqa, asosan aniq fanlardan farqi shuki, unda musiqiy-nazariy bilimlardan ko’ra, amaliy ijro ustunroq turadi. Buni musiqa ta’limi olmasdan, havaskorlik doirasidagi faoliyati tufayli el nazariga tushgan yorqin honandalar misolida ham ko’rish mumkin.

Ammo musiqa kasbini egallab olish uchun hozirgi davrda uning yaratilish qonuniyati, shakli, mazmuni, janri, yozuvi, ijro vositalari, turlari va uslubi haqidagi bilim, ko’nikmalarga ega bo’lish zarur. Albatta har bir o’quvchining o’zida musiqiy qobiliyat-ritm, (sanoq) slux (eshitish), pamyat (esda saqlash) o’zida bo’lishi shart. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, “talantli” bo’lishi kerak.

Musiqada asosan vokal va cholg’u yo’nalishlari mavjud. Cholg’u ko’pincha vokal musiqaga jo’r bo’lishi bilan birga, alohida sof cholg’u musiqa asari sifatida ham ko’rinadi. Vokal musiqaning ayrim “a‘kapella”, “katta ashula”, masxaraboz yo’llaridagi termalar (bundan 45, 50 yillar) oldin bo’lgan, katta sayllar, to’ylarda yosh paytlarimda ko’rganlarim hozirgidek esimda, xalfalar yakka ayol tomonidan (kelinni uyidan yangi xonadonga chiqayotgan paytida aytiladigan yor-yor ) kabi na’munalari ham borki, ular cholg’u jo’rligisiz ijro etiladi.

Har qanday musiqa asarining muvaffaqiyati esa, asosan yaratuvchi, ijrochi va tinglovchining yetuklik darajasiga bog’liqdir. Bularning hammalarini dastlab umumiy, keyinchalik kasbga intilganlarni maxsus musiqa o’quv dargohlarida ta’lim va tarbiya olishlarini nazarda tutadigan bo’lsak, uzluksiz musiqa ta’limi tizimida uzviylikni ta’minlash orqali soha sifati va samaradorligini oshirishning muhim ahamiyati yaqqol ko’rinib qoladi. Musiqa ta’limida vokal va cholg’u ijrochiligi yo’nalishlari maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichigacha davom etadi. Bu shartli olti bosqichning har birida o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olgan holda faoliyat turlari maqsadi, mazmuni, zaruriy bilim va ko’nikmalar, texnik va badiiy repertuar hamda ijroni baholash mezonlari tanlanadi. Har bir navbatdagi bosqichda faoliyatning yangi qirralari ochilib, rivojlanib borishi zarur. Masalan, cholg’u ta’limi talablari bo’yicha musiqa maktabidan boshlab oliy ta’lim muassasasining bakalavriyat bosqichiga cholg’uda turli murakkablikdagi o’zbek, chet el kompozitorlari asarlari va milliy musiqiy meros na’munalari ijro etiladi. Aslida, mantiqan musiqa va san’at maktabi yoki maxsus musiqa yo’nalishga ega bo’lgan hujjatni egallab olganidan so’ngra, oliy ta’lim dargohida o’qishga kirgan talabalar musiqa ma’lumotli mutaxassis bo’ladilar. Tajriba shuni ko’rsatadiki, oliy o’quv yurtiga o’qishga kirgan talabalarning ayrimlari cholg’u asbobida chalish u yoqda tursin, hatto maktab mu’siqa ta’limi talablariga ham javob bera olmaydilar. Biz o’quv darslari va real ta’lim jarayoni tahlili asosida cholg’u ijrochiligi faoliyatini qisqacha tavsifladik.

Maktabgacha tarbiya (qiziqishlarning boshlanishi): – cholg’ular ovozini eshitish, ularni ko’rish, rasmlarni ko’rish, tovushlarni, ranglarini bir-biridan farq qilishni tasavvur qilish, ulardan tovush chiqarish, o’yinchoq cholg’ularda chalish, imitatsya qilish va hokazolar.

Oliy musiqiy ta’limda (kasbiy shakllanish): - cholg’uni to’liq o’zlashtirish, turli tonalliklarda gamma, etyud va fakturadagi asarlar chala olish, asarlar taxlili, dinamikasi, pozitsiyalar, traspozisiyada chalish, konsertlarda ijro etish. Xullas, maxsus musiqa maktablari va oliy ta’limning musiqa yo’nalishdagi bo’lim muassasalariga maxsus musiqiy tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilar qabul qilinib, o’quv rejasi va dasturlari takomillashtirilsa, ta’lim tizimidagi uzviylik ta’minlanadi.

Respublikamizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohatlar ta’lim tizimida ham o’z samarasini bera boshladi. Bularning natijasida “Kadlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim tog’risida”gi qonun, DTS kabi qator hujjatlar qabul qilindi. tizimni isloh qilish jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim bo’g’in sifatida qayd etildi va barcha ta’lim muassasalari pedagogik texnalogiyalarni fanlar bo’yicha joriy qilishga kirishildi. Unga ko’ra o’qitish jarayonining pedagogik texnalogiyalari korgazmali, tarqatma materiallar, texnika vositalari orqali, muammolash modeli dasturlashtirilgan, individual, faol, rivojlantiruvchi ta’lim texnalogiyalariga ajratib ko’rsatilgan.

Yuqorida ta’kidlangan o’qitish metodlaridan, ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanishning ahamiyati, turlari va uni qo’llash usullari borasida fikr yuritamiz. Barchamizga ma’lumki, darslarni ko’rgazmali qurollar va texnika vositalari orqali o’tkazish o’quvchilar faolligini va shu orqali dars samaradorligini oshiradi. Ko’rgazmalilik shunday tamoyilki, unda o’quvchi mavhum tasavvur va so’zlarga emas, balki bolalar bevosita idrok qilgan aniq obrazlarga asoslanadi. Uning quyidagi turlari mavjud:

1.    Illyustratsya metodi – bilimlarni og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi nota yozuvlariga talabalar diqqatini tortish.

2.    Demonstratsya metodi – video va audio yozuvlar, disklar, televizion ko’rsatuvlardan foydalanib, mavzuga doir turli tasvirlarni namoyish qilish.

3.    Tabiiy ko’rgazma – narsalarning o’z predmeti, turli musiqiy asboblar yordamida ijro etish orqali darsni qiziqarli qilib olib borish.

Xususan, musiqa madaniyati darslarini takomillashtirishda ko’rgazmali qurollar va texnika vositalaridan foydalanish ahamiyati beqiyosdir. Musiqa madaniyati darslarida amalga oshiriladigan asosiy faoliyatlarning har birini ko’rgazmali qurollar va texnika vositalari yordamida amalga oshirish zarur. Masalan, o’quvchilar musiqa savodini o’rganishda nota belgilari va ularning nota yozuvidagi vazifalarini tezroq o’zlashtirib olishlari uchun o’quvchilarga nota belgilari yozilgan plakatlarni ko’rsatib, bu belgilar borasida fikr yuritilsa, o’quvchilar nota belgilari shaklini ko’rinishlari orqali ularni yodda saqlaydilar. Agar shu belgilar ishtirokida yozilgan kuy yoki qo’shiq nota yozuvidan parcha ko’rsatilsa va shuning bilan birga audio formati eshittirilsa, o’quvchilar musiqa savodi materialini har tomonlama puxta o’zlashtirishga erishadilar.

Musiqa tinglash faoliyatini tashkil etishda ko’pincha tinglanadigan musiqa asarining mazmuniga doir rasmlar, shuningdek, muallif kompozitorning portretini, rasmini ko’rsatish mumkin. Texnika vositalari, kompyuter, proektr, magnitafon yoki kompakt disklardan foydalanish uchun moslangan apparatlardan foydalanish zarur. Video yozuvlardan ham foydalanish musiqani idrok etish jaroyoni saviyasini ma’lum darajada oshiradi. Musiqa madaniyati darslarida o’zbek kompozitorlari va bastakorlarning kuy va qo’shiqlari, chet el kompozitorlarining asarlari, IV-VII sinflarda esa, asosan o’zbek xalq musiqasining folklor musiqasiga xos namunalari, og’zaki an’anadagi kasbiy musiqa janrlari, ya’ni maqomlar, mumtoz kuy va ashulalar, katta ashulalar, dostonlar, laparlar, xalfa yo’llari hamda sahna asarlaridan parchalar o’rganiladi. Bu asarlarni o’zlashtirishda o’quvchilar o’z o’qituvchilarining jonli ijrosi bilan bir qatorda musiqa asarlarining baland saviyadagi haqiqiy ijrosini ham tinglashlari, sahna harakatlarini video tasvir bilan ham tanishishlari esa juda foydalidir. Ammo aksariyat maktablarda bunday texnika vositalarini uchratish muammo bo’lib turibdi. Darsliklarda ko’pgina musiqa asarlarining nomi ko’rsatilib, bu asarni sinf fonotekasidan tinglash, hatto maktab videotekasidan ko’rish taklif etiladi.

Ma’lumki, juda ko’p o’qituvchilar dastur va disklarda tavsiya etilgan musiqa asarlarining nota yozuviga ham, audio yozuviga ham ega bo’lganliklari sababli o’zlarining imkoniyatlari doirasida musiqa asarlarini tanlab ularni asosan o’z ijrolarida tinglamoqdalar. Xususan, jamoa ijrosiga mo’ljallangan asarlarni tinglash muammo bo’lib turgani ayni haqiqat. Xullas, ko’pincha pedagog va olimlar ko’rgazmali qurollar va texnika vositalaridan foydalanishning afzalligini aytib o’tgan bo’lsalarda, bu vositalardan darsda foydalanishning yetarli imkoni yo’qligini pedagogik oliy o’quv yurtlarida ham kuzatish mumkin. Shularni hisobga olib ko’rgazmali qurollar va texnika vositalaridan unumli foydalanish to’g’ri yo’lga qo’yilsa, o’quvchilar, talabalar musiqa cholg’u asboblarini, ularning ovoz tembrini, qo’shiq va kuylarga xos badiiy tavsifni va dars bilan bog’liq boshqa materiallarni, qolaversa dasturda qo’yilgan talablarni puxta o’zlashtirish orqali musiqa madaniyatiga ega bo’ladilar desak to’g’ri bo’ladi, deb o’ylayman.

 Foydalangan adabiyotlar ro’yhati:

1. O’zbek tilinung izohli lug’ati. Moskva. Rus tili nashriyoti. 1-tom. 1981.

2. Nishono’va S. Sharq uyg, onish davri pedagogic fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi. T. 1998.

3. И. П. Подласый. Педагогика. Учебник для студ пед вузов-М. Владос, 1999.

4. S. Q. Xudayberganov. Soz va soz sohibi. Oquv qollanma. 2014. T.


 

Uzluksiz musiqa ta’limi tizimi muammolari

Uzluksiz musiqa ta’limi tizimi muammolari

Musiqa ta’limining boshqa, asosan aniq fanlardan farqi shuki, unda musiqiy-nazariy bilimlardan ko’ra, amaliy ijro ustunroq turadi

Musiqa ta’limining boshqa, asosan aniq fanlardan farqi shuki, unda musiqiy-nazariy bilimlardan ko’ra, amaliy ijro ustunroq turadi

Yuqorida ta’kidlangan o’qitish metodlaridan, ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanishning ahamiyati, turlari va uni qo’llash usullari borasida fikr yuritamiz

Yuqorida ta’kidlangan o’qitish metodlaridan, ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanishning ahamiyati, turlari va uni qo’llash usullari borasida fikr yuritamiz

Nishono’va S. Sharq uyg, onish davri pedagogic fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi

Nishono’va S. Sharq uyg, onish davri pedagogic fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021