PEDAGOGLAR.UZ
ilmiy tadqiqotlar markazi
huquqiy, tibbiy, ijtimoiy, ilmiy jurnal
BARCHA SOHALAR BO‟YICHA
10–SON, 1–JILD, NOYABR –2021
Editor in chief |
|
Bosh muharrir |
Saidova Mohinur Jonpo‘latovna |
|
Saidova Mohinur Jonpo‘latovna |
Executive Secretary |
|
Mas‟ul kotib |
Abdurahmonov Boburjon |
|
Abdurahmonov Boburjon |
He is mathematic teacher at |
|
O‘zbekiston tumani 49-umumiy o‘rta |
Uzbekistan District 49 Secondary School |
|
ta‘lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi |
Preparing for publishing |
|
Nashrga tayyorlovchi |
Xoliqov Zokirjon Shavkatjon ugli |
|
Xoliqov Zokirjon Shavkatjon o‘g‘li |
CODEMI academy teacher |
|
CODEMI academiyasi o‘qituvchi |
TAHRIRIYAT KENGASH A‟ZOLARI | EDITORIAL BOARD MEMBERS
Inobatxot Mirzaraximova
Rishton tuman XTB mudiri
Umida Barzieva
Farg‘ona viloyat xalq ta‘limi boshqarma metodisti
O‟rinov Ahmadjon Qo‟shaqovich
Farg‘ona Davlat Universiteti, Matematika fanlari doktori, professor Toshboltayev
Muhammadjon
Toshkent mashinasozlik institute, Texnika fanlari doktori, Professor
Qodirov Nabijon O‟lmasovich
O‘zbekiston xalq ustasi, (usta kulol)
Turdiyev Azizbek Anvarovich
O‘zbekiston madaniyat va san‘at vazirligi, journalist
Ne‟madaliyev A‟zam Muhammadjonovich
Cyberlayn firmasi asoschisi, iqtisod fanlari nomzodi, PhD
Mohinur Saidova
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Sharifaxon Xakimova
Farg‘ona tumani 4-maktab matematika fani o‘qituvchisi
TAHRIRIYAT MANZILI | EDITO RIAL ADDRESS
UZB: 712000. Farg‗ona viloyati, Rishton shahri, Istirohat bog‟i ko‟chasi 24-uy www.pedagoglar.uz, E-mail: info@pedagoglar.uz Tel: +998 90 905-14-30
ENG: 712000. Fergana region, Rishtan city, Park park street 24 www.pedagoglar.uz, E-mail: info@pedagoglar.uz Tel: +998 90 905-14-30
ZAMONAVIY TERRORIZM TAHDIDLARI VA ULARDAN
HIMOYALANISH MUAMMOLARI
Oltmisheva Nasibaxon
Farg‟ona politexnika instituti qurilish fakulьteti
“O‟zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‟qituvchisi. Toshmatov Ulug‟bek
Farg‟ona politexnika instituti qurilish fakulьteti 2-bosqich 5-20 SHK va K guruhi talabasi.
Annotatsiya: Maqolada Yangi O‘zbekistonda jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichdagi globallashuv jarayonlarining avj olishi sharoitida jamiyat va shaxs xavfsizligi hamda mamlakat barqarorligini ta‘minlash masalalari dolzarbligi, keyingi o‘n yilliklarda sayyoramizda globallashuv jarayonlarining kuchayishi natijasida avj olib borayotgan ma‘naviy hurujlar, yot g‘oya va mafkuralar ta‘sirida haqida batafsil yoritilgan.
Kalit so‟zlar: zamonaviy terrorizm, ma‘naviy hurujlar, yot g‘oya va mafkuralar ta‘siri, diniy-g‘oyaviy va mafkuraviy tahdidlar, ―Yangi O‘zbekiston‖ Harakatlar strategiyasi, globallashuv jarayonlari.
Barchamizga ma‘lumki, keyingi yillar mobaynida SH.M.Mirziyoev
tashabbusi bilan yurtimiz taraqqiyotida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar keng jamoatchilikning diqqat e‘tiborini tortmoqda. Bu o‘zgarishlar Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan boshlangan islohotlarni yangi davr talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda davom ettirishning o‘ziga xos ko‘rinishi va
namunasi bo‘lmoqda, deyilsa mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Ayniqsa, yangi prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston taraqqiyotini ta‘minlashda Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning izchillik bilan amalga oshirilayotganligi davlat va jamiyat boshqaruvida ham, inson huquqlari va erkinliklarining himoya qilinishida ham, iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirishda ham, ijtimoiy sohadagi yangilanishlarni jadallashtirishda ham, uzoqni ko‘zlangan tashqi siyosatni amalga oshirish, xalqimizni rozi qilib yashash uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish borasida ham o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. O‘ylaymizki, bularning barchasi mamlakatimizning bugungi kundagi qiyofasi, salohiyati hamda nufuziga nisbatan ―Yangi O‘zbekiston‖ deya ta‘rif berish uchun to‘liq asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu o‘rinda shuni ham alohida ta‘kidlash joizki, butun dunyo davlatlari qatori Yangi O‘zbekiston ham jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichdagi globallashuv jarayonlarining avj olishi sharoitida jamiyat va shaxs xavfsizligi hamda mamlakat barqarorligini ta‘minlash masalalari dolzarb muammoga aylanganligini chuqur his etgan holda taraqqiyot silsilasida o‘ziga munosib yo‘l topishga urinmoqda.
Ayniqsa, keyingi o‘n yilliklarda sayyoramizda globallashuv jarayonlarining kuchayishi natijasida avj olib borayotgan ma‘naviy hurujlar, yot g‘oya va mafkuralar ta‘sirida inson qalbi va ongini zabt etish uchun amalga oshirilayotgan astoydil urinishlar butun insoniyatda katta tashvish uyg‘otmoqda. Muammoning eng e‘tibortalab jihati shundaki, ko‘p hollarda turlicha geopolitik maqsadlar ustivorligiga erishishni maqsad qilib olgan bu kuchlarning urinishlari terrorizm illatlari bilan uzviy bog‘liqlik kasb etmoqda. Oxirgi o‘n yilliklarda esa turli diniy aqidaparstlik kuchlarining bu jarayonga faol qo‘shilishayotganliklari globallashuv jarayonlariga xos murakkab muammolar o‘ziga xos diniy-g‘oyaviy va mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Boshqacha qilib aytganda, globallashuv jarayonlari tufayli vujudga kelayotgan terrorizm xavfi va tahdidlari odamzotni har qachongidan ko‘ra ko‘proq o‘ylash va himoyalanishga va ayni paytda u bilan bog‘liq muammolarni atroflicha tahlil qilish asosida oldini olishning ilmiy yechimlari to‘g‘risida bosh qotirishga majbur qilmoqda.
Zamonaviy adabiyotlarda ba‘zi mutaxassislar globallashuv jarayonlarining vujudga kelishi muammolarining zaminlarini XV -XVII asrlarda ro‘y bergan buyuk geografik kashfiyotlar bilan bog‘lashga urinishlar uchraydi. Ularning fikricha, XX asrga kelib bu jarayonlar tobora kengayib borgan va dunyo taraqqiyotini tezlashtirish uchun sezilarli ta‘sir eta boshlagan. Ana shunday fikr tarafdorlaridan biri prof. A.Ochildiev bu haqda shunday yozadi:‖... bugun o‘zini yorqin namoyon qilayotgan globallashuv bir necha asrlik ildizlarga ega. XV-XVII asrlardagi geografik kashfiyotlar ko‘plab mamlakatlar va mintaqalarning xalqaro savdo doirasiga tortilishiga, sanoat revolyutsiyasi esa umumiy aloqalarning yanada kuchayuvchi, keng qamrovli bo‘lishiga iqtisodiy zamin yaratgan edi. Keyingi davrlarda bunday munosabatlar yanada chuqurlashib bordi. XX asr boshlariga kelib yangi sifatiy xarakter kasb etgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mazkur jarayon globallashuv tushunchasi orqali ifodalana boshlandi‖ [1;64] .
Garchi, terrorizm cheksiz, benihoya qonunga xilof, zanjirband zo‘ravonlik g‘oyasi ustunlik qiluvchi jamiyatga mo‘ljallangan borliqning mavjud bo‘lgan qat‘iy usuli hisoblansa-da, bizningcha, bugungi kunga kelib terrorizm insoniyat uchun allaqachon yangi ijtimoiy hodisa bo‘lmay qoldi, desak hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. CHunki ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali har kuni va har soatda yer kurrasining u yoki bu nuqtasida sodir etilayotgan terroristik hodisalar to‘g‘risidagi ―yangiliklar‖ning o‘zi kishilarning ijtimoiy ongida ushbu dahshatli jarayonlarning oddiy voqea sifatidagi stereotipni shakllantirib qo‘ydi.
Terrorizm - murakkab va ko‘pjihatli hodisadir, uning universal ta‘rifi mavjud emas. Ba‘zi mualliflar fikricha, terrorizm ―boshqa odamlarni qo‘rqitishga, terrorchilar tarafdorlari bo‘lgan mafkura tomonidan talab etilayotgan tartib o‘rnatish maqsadida o‘z irodasiga bo‘ysundirishga qaratilgan shaxs yoki shaxslar guruhining harakatlari‖ bo‘lib, ―bunda mazkur jamiyatda qabul qilingan
chegaralardan tashqari bo‘lgan usullardan foydalaniladi, ya‘ni birinchi navbatda aniq, ajratilmaydigan xarakterga ega psixologik, axloqiy va jismoniy zo‘ravonlik‖[2;24]. Ushbu fikr egasining da‘vo qilishicha, odatda tasodifiy odamlar terrorizmning ob‘ekti va qurbonlariga aylanadi.
SHuningdek, terrorizmga ta‘rif berishga urinuvchilar orasida uning hech narsa ixtiro qilmaganligi bois kreativ hodisa emasligini, balki ―shunchaki hammasini haddan ortiq holatgacha yetkazadigan‖, ‖muayyan narsalarning tartibini, zo‘ravonlik va ikkilanish mantig‘ini keskinlashtiradi‖ [3;136] gan hodisa sifatida tavsiflaydiganlar ham bor. Albatta, o‘zining maqsadi, mohiyati va mazmuniga ko‘ra terrorizm tinchlik davridagi urush bo‘lganligi bois, terrorizmga Alen de Benua tomonidan berilgan ―...aholini qo‘rqitish va tushkunlikka solish, siyosiy ma‘muriyatning qo‘llarini bog‘lab uni taslim bo‘lishga majburlash uchun qo‘llanilayotgan, aybsiz qurbonlarga mudhish zarar keltirish, tasodifiy insonlarni maqsadli o‘ldirish usulidir‖[4;95], degan ta‘rifiga qo‘shilmaslik mumkin emas.
Terrorizmga berilayotgan barcha ta‘riflar bilan yaqindan tanishish ularning hammasida bir gnoseologik umumiylik mavjudligini payqash imkonini beradi, ya‘ni ularda terrorizmda ijtimoiy hodisa sifatida nafaqat ijtimoiy va huquqiy tartibning buzilishi ta‘kidlangan, balki ma‘lum darajada butun insoniyatni tashvishga solayotgan global xarakterdagi jahon va mahalliy muammolarini hal etishning o‘ziga xos usuli ham ta‘kidlangan.
Albatta, terrorizmning gnoseologik vujudga kelish jihatlari bilan bir vaqtda muayyan ontologik asoslari borligini ham ayrim mutaxassislar alohida ta‘kidlashmoqda. Ana shu toifadagi yondashuvlarda ta‘kidlanishicha, terrorizmning amalga oshirilishi inson shaxsiga tegishli bo‘lgan ―Men kimman?‖, ―Nimalarga qodirman?‖, ―Sen kimsan?‖, ―Biz kimmiz?‖, ―Siz kimsiz?‖[5;6], kabi savollarga javoblarning mantig‘i bilan ham bevosita bog‘liq. Tushunarliroq qilib aytganda, ushbu fikr tarafdori ta‘kidlashicha, terroristik harakatlar ―insonning o‘zi tomonidan tanlangan va unga nisbat berilgan holatlar, o‘zi va o‘z shaxsiy fazilatlar haqida tasavvurlar va ishonchlar birligi‖ [5;7], dan ham iboratdir.
Hozirga kelib jamiyat o‘z taraqqiyotida o‘ta sanoatlashgan davrga o‘tishi natijasida zamonaviy axborot jamiyatiga qadam bosishi madaniyatni ham yanada murakkablashtirdi. Internet davri tufayli axborot maydoni va borlig‘ining ahamiyati juda faollashdi va bu, aytish mumkinki, inson shaxsining murakkablashuvi sabablari orasida yetakchi o‘rin tutmoqda . Buning uchun taniqli olim A.P.Krasnopolьskayaning to‘g‘ri ta‘kidlashicha, hozirgi paytda ―shaxsiyatni shakllantirishga javob beradigan asosiy ijtimoiy institutlar yetarlicha o‘zgartirilib boriladi, hamda hattoki parchalanib ketadi va o‘z vazifalarini to‘liq ravishda bajara olmaydi‖ [6;110-111]. Bu esa o‘z navbatida zamonaviy axborot jamiyatida buzuqlik, deviatsiya, ruhiy zo‘riqish, axloqiy me‘yorlardan chetga chiqish, o‘z hatti-harakatlari uchun shaxsiy javobgarlik mas‘uliyatini unutish singari xususiyatlarni tez-tez uchratish mumkinligiga olib kelmoqda. Ushbu xususiyatlar o‘z-o‘zidan ravshanki terroristik hatti-harakatlar uchun ham inkor etib bo‘lmaydigan darajada omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Binobarin, dunyo miqyosida, tinchlik va barqarorlikka raxna solishga intilayotgan terrorizm tahdidlarini o‘z vaqtida anglash, ulardan doimo ogoh bo‘lish, mazkur harakatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish Uchinchi Renessans poydevoriga zamin qo‘yilayotgan bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini har birimiz chuqur anglashimiz lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‟YXATI
1. Ochildiev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar.T.: ―Muharrir‖,2009.
2. Manuilьskiy M.A. Kulьturno- antropologicheskie dominantы terrorizma.//CHelovek 2016. №5.
3. Bodriyyar J. Dux terrorizma. Voynы v zalive ne bыlo.-M.:RIPO Lklassik,2016.
4. Benua Alen de.Karl SHmitt segodnya: «Spravedlivaya voyna».Terrorizm, chrezvыchaynoe polojenie. «Nomos zemli».-Moskva:Institut obщegumanitarnыx issledovaniy,2013.
5. Zaytseva Yu.E. Konstruirovanie lichnoy identichnosti v situatsii jiznennogo vыbora: k metodologii issledovaniya sub‘ektivnыx strategiy.//Vestnik Sankt-Peterburgskogo universiteta Seriya 12.2015.Vыp.1.
6.Krasnopolьskaya A.P.Stanovlenie mnojestvennoy identichnosti i printsipы kommunikativnoy ratsionalьnosti//Vestnik.MGUKI.2015. №5
|
Xaitova O‟ktamxon Raxmatillaevna |
|
30 |
ILK SINFIY JAMIYAT DAVRIDA TASVIRIY SAN‟AT Begmatova Dilnoz Djummaevna |
128-130 |
31 |
ZAMONAVIY TERRORIZM TAHDIDLARI VA ULARDAN HIMOYALANISH MUAMMOLARI Oltmisheva Nasibaxon, Toshmatov Ulug‟bek |
131-135 |
32 |
ABDULLA QODIRIYNING TARIXIY ROMANLARI Abdullaeva SHaxnoz Xoltursinovna |
136-141 |
33 |
JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHGA INNOVATSION YONDASHUV Pirnazarova Marxabo Komiljonovna |
142-145 |
34 |
РОЛЬ РУССКИХ НАРОДНЫХ СКАЗОК В НРАВСТВЕННОМ ВОСПИТАНИИ ШКОЛЬНИКА Рустамова Хуршеда Кучкаровна, Урунова Нигина Жамолидиновна |
146-148 |
35 |
YOMON BOLA BO'LMAYDI Tuxtasinova Umidaxon Mamirjonovna |
149-152 |
36 |
SIRDARYO VILOYATINING DEMOGRAFIK KO„RSATKICHLARI Egamqulov Husniddin Erkaboy o„g‟li, Allamurodova Maqsuda Ravshan qizi |
153-157 |
37 |
BOLALAR XULQ – ATVORIDAGI AGRESSIYa VA UNING KO‟RINISHLARI G‟afurova Xaticha G‟afur qizi |
158-161 |
38 |
KIMYO FANINI O„QITISH JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Qo'ldosheva Guldasta Kulmatovna |
162-166 |
39 |
ALISHER NAVOIY ASARLARINI MAKTAB TA`LIMIDA O`RGATILISHI Tashpo'latova Mufazzal Ravshanbekovna |
167-169 |
172
Eslatma! ―Pedagoglar ‖ huquqiy, tibbiy, ijtimoiy, ilmiy jurnaliga kiritilgan maqolalar va dars ishlanmalardagi raqamlar, ma‗lumotlar haqqoniyligiga va keltirilgan iqtiboslar to‘g‘riligiga mualliflar shaxsan javobgardirlar.
Bosh muharrir
Saidova Mohinur Jonpo‟latovna
Mas„ul kotib
Abdurahmonov Boburjon
Nashrga tayyorlovchi
Xoliqov Zokirjon Shavkatjon o‟g‟li
―Pedagoglar ‖ huquqiy, tibbiy, ijtimoiy, ilmiy jurnali, 29-noyabr, 2021-yil. – Rishton shahri: Pedagoglar, 2021. – 173 b.
173
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.