O’tilgan mavzu yuzasidan savollar
Optik nurlar elektromagnit to‘lqinlari shkalasida qanday intervalda yotadi?
Shkalada ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan nurlar qanday sohalarni egallaydi?
Ayni paytda optik astronomiyada yoritgichlar elektromagnit to‘lqinlari shkala- sining qanday to‘lqin uzunliklarida o‘rganiladi?
Yoritgich spektridagi nurlanish energiyasi maksimumi to‘lqin uzunligi asosida uning temperaturasi qanday aniqlanadi?
Yer ham boshqa planetalar qatorida Quyosh atrofida aylanma harakat qiladi. Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa aniq o‘lchanib (149,6 million kilometr), bir astronomik birlik (1 a.b.) deb yuritiladi. Nur bu masofani salkam 8,5 minutda bosib o‘tadi. Quyoshning diametri 1 million 391 ming kilometr bo‘lib, Yer diametridan taxminan 110 marta katta. Boshqacha aytganda, Quyosh hajmiga 1 million 300 mingdan ortiq Yer hajmidagi jism sig‘adi. Massasi Yernikidan 330 ming marta og‘ir. Rasmda Quyoshning o‘lchami uning yo‘ldoshlari – planetalar o‘lchamlari bilan solishtirilgan. Quyosh sirtining temperaturasi Selsiy shkalasida 5800 gradus atrofida bo‘lib, bu temperatura markazga tomon ortib boradi va uning yadrosida taxminan 15 million gradusga yetadi.
Quyoshning planetalar bilan solishtirilgan o‘lchami.
Quyoshning markazida bosim 200 milliard atmosferaga yetadi. Uning o‘rtacha zichligi 1,410 g/cm3. Quyosh ulkan temperaturali olov shardan iborat bo‘lib, uni tashkil qilgan gaz oddiy gazlardan farq qiladi va plazma deb yuritiladi. Plazma holatida modda asosan ionlashgan atomlar va erkin elektronlardan iborat bo‘ladi.
Bunday yuqori temperaturali zich plazma tutash spektrni beradi. Biroq bunda nurlanish Quyoshning atmosfera qatlamlaridan o‘tishda, turli atomlar tomonidan mos to‘lqin uzunliklaridagi nurlarning yutilishi tufayli Quyosh spektri chiziqli yutilish spektriga aylanadi
Quyosh doimiysi va Quyosh yorqinligi
Quyoshdan Yergacha bo‘lgan o‘rtacha masofada Yer atmosferasining tashqarisida Quyoshdan kelayotgan nurlarga perpendikular bo‘lgan 1 cm2 yuzaga 1 minut davomida tushayotgan energiyaning miqdori Quyosh doimiysi deb ataladi.
Quyoshdan yuzaga kelayotgan uning energiyasi miqdori olimlar tomonidan sinchiklab o‘rganilganda, uning qiymati
2 kal
cm2 × min
yoki xalqaro birlikda (1,4 · 103 W ) ekanligi ma’lum bo‘ldi.
m2
Quyosh fotosferasi va uning tuzilmalari. Quyosh dog‘lari
Asosan, ko‘zning ko‘rish chegarasida yotuvchi to‘lqin uzunligidagi nurlarni chiqaruvchi Quyosh atmosferasining ostki qatlami fotosfera deb ataladi. Fotosfera teleskoplar yordamida kuzatilganda, u oddiy ko‘z bilan kuzatiladigan bir tekis ravshanlikka ega gardishdan katta farq qiladi.
Quyosh fotosferasi (dog‘lari bilan).
Stratosferada maxsus teleskop yordamida olingan Quyosh tasvirida ko‘zga yaqqol tashlanadigan narsa uning sirtidagi asalari uyasini eslatuvchi donadorlikdir. Bunday donadorlik strukturasi fanda granulatsiya deb ataladi («granula» – mayda dona demakdir).
Quyosh sirtining haqiqiy strukturasi – donadorlik (granulatsiya).
Fotosferada granulalardan tashqari zanjirsimon shu’lali sohalar ham teleskoplarda hosil qilingan Quyosh tasvirida ko‘zga tashlanadi. Bunday sohalar mash’allar deb ataladi. Mash’allar aksariyat Quyosh dog‘lari bilan birgalikda uchraydi.
Quyosh dog‘lari – magnit orollari *. Quyosh fotosferasida kuzatiladigan, fizik tabiati jihatidan jumboqlarga boy obyektlar uning dog‘laridir
Quyosh dog‘lari: 1-to‘g‘ri dog‘; 2- dog‘ guruhi.
Protuberaneslar Quyosh gardishi chetida tepalik, pichan g‘arami, sirtmoqsimon va voronka kabi turli ko‘rinishlarda bo‘ladi. Ular aktivliklariga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi sokin, aktiv va eruptiv guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Aktiv va eruptiv protuberaneslar Quyosh dog‘lari bilan bevosita bog‘lanishda bo‘ladi
Quyosh dog‘lari bilan bog‘liq aktiv protuberanesning rivojlanishi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Quyosh fotosferasi deganda uning qaysi qatlamini tushunasiz?
Quyosh fotosferasida yaxshi kuzatish sharoitida qanday obyektlar kuzatiladi?
Granulatsiya (donadorlik) qanday ko‘rinishli struktura?
Quyosh dog‘larining ochilish tarixi haqida so‘zlab bering.
Dog‘lar fotosferada nimaga qorayib ko‘rinadi?
Alohida dog‘ va dog‘ guruhlarining magnit maydoni xususiyatlari qanday?
Quyoshda dog‘lar soni o‘rtacha qanday davr bilan o‘zgaradi?
Uyga vazifa
Quyosh atmosferasining qaysi qatlami xromosfera deyiladi?
Protuberaneslarning Quyosh dog‘lari bilan bog‘liqligi bormi?
Xromosfera chaqnashlarining quvvatini qanday tasavvur qilasiz?
Quyoshning radionurlanishi, asosan, atmosferasining qaysi qatlamida ro‘y beradi?
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.