BIZNES-REJA – ISHNING BOSHI
Оценка 4.8

BIZNES-REJA – ISHNING BOSHI

Оценка 4.8
doc
19.02.2020
BIZNES-REJA – ISHNING BOSHI
№12 ТБА Biznes-reja – ishning boshi.doc

12-Mavzu:
 BIZNES-REJA – ISHNING BOSHI

 

Тopshiriq:

 

1. Biznes-rejani ishlab chiqilish

2. Biznes-reja bo‘limlari

3. Biznes-reja bo‘limlarini xususiyatlari

 

1. Biznes-rejani ishlab chiqilish

Har qanday yangi ish biznes-rejani ishlab chiqilishidan boshlanadi. Bu sizdan bo‘lajak hamkorlaringiz, sarmoyadorlar, bankirlar talab etadigan hujjat. Eng avvalo biznes-reja, boshlanayotgan ish haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun, sizning o‘zingizga kerak bo‘ladi. Shuning uchun, uni ishlab chiqishda nafaqat to‘la va ishonarli birlamchi ma’lumotlarga ega bo‘lish, balkim bu ma’lumotni qayta ishlash, tahlil qilish va malakali xulosalar qilish kerak bo‘ladi.

 

2. Biznes-reja bo‘limlari

• Rejaning qisqacha bayoni;

• Kompaniya;

• Mahsulot;

• Bozor tahlili;

• Marketing strategiyasi;

• Boshqarish tuzilmasi;

• Ishlab chiqarish;

• Realizatsiya qilish dasturi;

• Zaruriy sarmoya;

• Moliyaviy tavsifdagi axborot.

 

Biznes-reja bolimlarini xususiyatlari

Kompaniyani tavsiflash quyidagi malumotlarnii oz ichiga olishi kerak:

1. Korxona faoliyaining asosiy yonalishi, maqsad va vazifalari, asosiy mahsulotlari, bozorlar, asosiy mijozlar, kompaniyaning bozordagi vaziyati, uning bozordagi ulushi, mavjud jihozlar.

2. Biznes egalari, ularning kasbi, ma’lumoti, mashg‘ulotlar doirasi. Sarmoyadorning asosiy savollaridan biri: “men biznesni kim bilan birga qilaman” bo‘lishi aniq.

3. Moliyaviy holat va avvalgi faoliyat (odatda, so‘ngi 4-5 yil davomida) daromad, foyda, aktivlar va shunga o‘xshashlar.

4. Biznesning maqsadi (masalan, rejalashtirilgan sotish hajmi, o‘sish sur’atlari, rentabellik, bozordagi urush va hakozo). Shu bilan bir vaqtda, o‘z faoliyatini endi boshlagan tadbirkorga, kompaniya tarixi o‘rniga o‘zining biznes tarixini bayon etish maqsadga muvofiq: shu ishlayboshlagan va turdosh sohadagi faoliyatda erishgan yutuqlari va tajribasi.

Biznes g‘oyasi: mahsulotlar va xizmat ko‘rsatishlar.

Bu bo‘lim sizning loyihangiz, biznes - g‘oyangiz mo‘ljallagan asosiy mahsulot va xizmat ko‘rsatishlarni tavsiflab beradi. Quyidagi holatlarni ochib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.

1) Sizning mahsulot yoki xizmat ko‘rsatishlaringizga kimda ehtiyoj bor, ular mijozlarning qanday ehtiyoj va talablarini qondiradi, ularining farqli xususiyatlari qanday, sizning mahsulot yoki xizmat ko‘rsatishingiz bozor talablariga qay darajada javob beradi, raqobatchilar oldidagi

afzalliklari nimadan iborat?

2) Mahsulotlar va ularning tarkibiy tavsifi (sxemaga rioya qilish maqsadga muvofiq: umumiy tavsifi, asosiy xossalari, asosiy tarkibi, ishlab chiqarish usuli);

3) Asosiy xarajat yo‘nalishlari bo‘yicha mahsulot narxi: mehnat sarflari, subpodryadchiklar, boshqa xarajatlar; agar siz mahsulot narxi o‘zgarishining an’anasini baholay olsangiz, uni biznes rejada tavsiflang; agar siz izlanish va ishlab chiqarish (yaratish) ning boshlang‘ich bosqichida bo‘lsangiz mahsulot narxi o‘lchami mumkin bulgan variantlarini baholang;

4) Mahsulotning raqobatbardoshligi; mavjud yoki kutilayotgan raqobatchi

mahsulot ro‘yxatini keltiring, ularning sizning mahsulotingizga nisbatan afzallik va kamchiliklarini tavsiflab bering.

Maqsadli bozor va uning tahlili.

Bu bo‘limda quyidagilarni tahlil va bayon qilish kerak:

• Bozorning umumiy tavsifi;

• Bozorni qismlash;

• Bozor miqyosi va uning o‘zgarish an’anasi;

• Raqobat;

• Xaridorlarning tavsifnomasi va ularning afzalliklari.

Bozor tahlili, qo‘yilgan maqsadga erishishni hohlovchi kompaniya uchun real

imkoniyatlarni aniqlash imkonini beradi. Qoniqarli bozor tahlili quyidagi

savollarga jovob berish imkoniyatini yaratadi:

1) Bozordagi talab qanday? Bo‘lajak mijozlar qanday extiyoj va xususiyatlarga ega?

2) Bozor miqyosi, uning sig‘imi qanday?

3) Ma’lum bir yo‘nalishdagi bozorni qanday qismlash mumkin?

• Geografik zonalar, demografik guruhlar, oxirgi iste’molchilarga nisbatan ulgurji xaridorlar

• Har bir qism doirasida o‘sish istiqbollari,

• Olinayotgan tovar xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan talablar.

Marketing strategiyasi quyidagi savollarga javob berishni ko‘zda tutadi:

• Kimga, qaerda va qanday tovaringizni sotasiz;

• Qaysi narx bo‘yicha uni sotmoqchisiz;

• Mahsulotlaringizni bozorda o‘tishini qanday rejalashtirayapsiz;

• Bu qanchaga tushadi;

• Qanchalik ko‘p sota olasiz.

Boshqarish tuzilmasi – bu bo‘lim, faqat korxonada bir necha shtat birligida xodimlar ishlaganda, boshqaruv bosqichlari bir nechta bo‘lganida, yoki siz ko‘zda tutgan loyiha ma’lum bir tashkiliy tuzilma doirasida bajarilganda, ishlab chiqiladi. Bu bo‘limda quyidagi savollarga javob berish kerak bo‘ladi:

• Korxonalar loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi qanday?

• Bu tashkil etish va boshqarish sxemasi biznes reja maqsadlariga erishishda qanday natija beradi?

 Boshqaruv – muvaffaqiyat kaliti. Odatda sarmoyadorlar a’lo darajada boshqariladigan o‘rtamiyona loyihaga sarmoya kiritish o‘rtacha boshqariladigan a’lo loyihadan afzal deb hisoblashadi. Sizning maqsadingiz a’lo darajadagi boshqaruv jamoasiga ega ekanligingizni namoyish etish, garchi bu jamoa atigi bir yoki ikki kishidan iborat bo‘lsa ham (bu biznes miqyosiga bog‘liq). Bu jamoaning har bir a’zosini quyidagi sxema bo‘yicha qisqacha tavsiflab bering:

1) Mansabi;

2) Mas’ulligi (funksiyasi);

3) Ish tajribasi;

4) Ma’lumoti.

Zaruriyat tug‘ilganda biznes rejaga ilovada jamoangizning asosiy a’zolariga qisqacha rezyume berib ketishingiz mumkin.

Ishlab chiqarish. Agar siz ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, biznes rejada quyidagilar aks ettirilishi zarur:

• Ishlab chiqarish tuzilmalari va ishlab chiqarish jarayonini tavsifi;

• Qo‘llaniladigan ishlab chiqarish jihozlari;

• Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish usul va metodlari;

• Material va xom ashyoni etkazib beruvchilar.

 Sizning biznesingiz savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi bilan aloqador bo‘lsa, bu bo‘lim quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi:

• Asosiy faoliyat tuzilmasi;

• Xizmat ko‘rsatish turlari va faoliyat ko‘rinishlari;

• Zaruriy jihoz;

• Asosiy etkazib beruvchilar ro‘yxati.

Tezkor-operativ reja

Biznes rejaning bu qismida kompaniya maqsadiga erishish uchun zarur, korxona funksiyasiga ajratilgan faoliyat va harakatlar sanab o‘tiladi (har bir rejalashtirilayotgan faoliyat vaqti davrini qo‘shish kerak, faoliyat boshlanishi va tugallanishi muddati, tashkil etish hamda bajarish ma’sullari ko‘rsatiladi ).

 Zaruriy sarmoya

Biznes rejani ko‘rib chiqishdan avval, sarmoyadorlar quyidagi savollarga javoblarni o‘rganib chiqishni istaydilar:

• Rivojlantirish rejasini amalga oshirish uchun kerakli sarmoya miqdori qancha va sarmoyadorlardan so‘ralayotgan mablag‘ miqdori qancha? So‘ralayotgan sarmoyadan keyingi yillarda foydalanish “grafigi” qanday?

• Sarmoyador va kreditorlardan umumiy moliyalashning qancha qismi so‘ralayapti (mablag‘ miqdori, muddatlar va mumkin bo‘lgan kafolat bitimlari ).

Moliya

Bu bo‘lim – biznes-rejaning o‘zak qismi. Uning maqsadi – loyihaning ishchanlik imkoniyati, uning foydaliligi, zaruriy naqd mablaglari va moliyaviy xavfi darajasi haqida to‘liq va aniq tasavvurni berish. Odatda, moliya rejasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

• Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar;

• Foyda va zararlarning xomaki hisobi;

• Analitik hisoblashlar, masalan, o‘zini oqlash muddati va shunga o‘xshashlar;

• Asosiy faoliyat byudjeti;

• Asosiy xulosalar.

Bo‘limni mutaxassis bo‘lmagan tomonidan ishlab chiqilishi qiyin, shuning uchun mutaxassis-biznes maslahatchini uni tuzish uchun jalb etish, garchi siz biznes-rejani o‘z kuchingiz bilan ishlashga qaror qilgan bo‘lsangiz ham, zaruriy holat hisoblanadi.


Mavzu: BIZNES-REJA – ISHNING

Mavzu: BIZNES-REJA – ISHNING

Mahsulotning raqobatbardoshligi; mavjud yoki kutilayotgan raqobatchi mahsulot ro‘yxatini keltiring, ularning sizning mahsulotingizga nisbatan afzallik va kamchiliklarini tavsiflab bering

Mahsulotning raqobatbardoshligi; mavjud yoki kutilayotgan raqobatchi mahsulot ro‘yxatini keltiring, ularning sizning mahsulotingizga nisbatan afzallik va kamchiliklarini tavsiflab bering

Sizning biznesingiz savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi bilan aloqador bo‘lsa, bu bo‘lim quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi: •

Sizning biznesingiz savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi bilan aloqador bo‘lsa, bu bo‘lim quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi: •
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
19.02.2020