Kompyuterning ichki va tashqi portlari
Kompyuterning ichki va tashqi portlari Bu maqolada biz kompyuterning ichki va tashqi portlari haqida ma`lumotga ega bo`lish va ishlash tartibini o`rganish. Kompyuter interfeysi va tarmog`i haqida ko`nikmaga ega bo`lish haqida malumotga ega bo’lamiz.
Informatsion
texnologiyalarda port – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar
o`rtasidagi bog`lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik).Odatda
quyidagilar:
Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik
qurilmasi bo`lib u asosan vilka yoki kabel yordamida kompyuterga
bog`lanadi.Ularga quyidagilar kiradi:
Parallel port, Davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2
Kiritish- chiqarish porti – mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar
yordamida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti
dasturga ma`lumotlar berish va uni almashishni tashkil etadi.
Tarmoqli port – TCP va UDP protokol parametrlari bo`lib u IP formatidagi
ma`lumotlar paketi qo`llanilishini aniqlaydi.
Kompyuterning
tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi
jarayonini, kopmyuterning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfey
tashqi portlar, shinalar, kopmyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar
jamlamasidan iboratdi. Asosan kopmyuter va tashqi qurilmalarni bir-biriga
bog’lashda shinalardan foydalaniladi.
Kopmyuterga printer, scaner, sichqoncha, klaviatura va shunga o’xshash
qurilmalarning kompyuterga ulanishi tashqi interfeysga misol bo’ladi.
Tashqi interfeysni amalga oshirish uchun unga apparat va dasturiy ta’minot:
tashqi qurilmani boshqaruvchisi (controller) va controller ni boshqaruvchi
maxsus dastur, drayver (driver) kerak bo’ladi.
Har qanda kopmyuterda tashqi interfeys bir qancha portlar, jumladan, LPT, PS/2,
COM, USB, … kabilar orqali amalgam oshiriladi. (1-rasmga qarang). Har bir
portning o’ziga yarasha vazifasi bor.
IEEE
1284 (Printer port, parallel port, LPT) –
shaxsiy kompyuterga ulashga mo`ljallangan xalqaro parallel interfeys
standartiga mos tushuvchi qurilma. “LTP” nomi MS DOS oilasidagi operatsion
tizimdagi “LTP1” (Line Printer Terminal yoki Line PrinTer) standart nomidan
kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda bu interfeys asosan USB interfeysi bilan mos
tushadi va u yi`g`ma apparatlarni (skaner – printer - kserokopiya) ulashsh
uchun ishlatiladi. Lekin asosan yuqori tezlikda chop etish va printer uchun
ishlatiladi. Bu bilan asosan Cetronics, Betronics, HP, Hewlett-Packard firmalari
tomonidan ishlab chiqariladi. Ular 1284.3-2000 va 1284.4-2000 standartiga
asoslangan. Ishchi rejimlari:
· SPP (Standart Paralell Port) — bir yo`nalishli port, to`laligicha Cetronics interfeysi bilan mos tushadi.
· Nibble Mode — SPP rejimida ikki yo`nalishli ma`lumotlar almashinishga asoslangan (4 baytli) qo`shimcha qurilmalar bilan jihozlangan
· Byte Mode — Ba`zida qo`llaniluvchi IEEE 1284 standartiga asoslangan eski kontrollerlardan ikki tomonlama ma`lumot almashish uchun foydalaniladi.
· EPP (Enhanced Parallel Port) —ishchi qurilma Intel, Xircom va Zenith Data Systems — firmalariga tegishli ikki tomonlama ma`lumot almashish, 2 Mbayt/sekund tezlikda
· ЕСР (Extended Capabilities Port) — ishchi qurilma Hewlett-Packard va Microsoft kompaniyalari, qo`shimcha ravishda ma`lumotlarni siqish appatiga ega va DMA rejimida ishlovchi qurilma
Tarmoq kommutatori (TCP/IP port) yoki svitch (switch- qo`shmoq, qaytaulagich)- kompyuter tizimlarida bir necha uzellarni bir segmentda birlashtirish uchun mo`ljallangan qurilma. Konsentratorlardan asosiy farqi bitta qurilmaga berilgan ma`lumotlar kommutator orqali boshqa kommutatorlarga uzatiladi. Kommutatorlar OSI modelining kanal rejimida ishlaydi va bir- bir biriga MAC adresslari orqali uzellar bir tarmoqqa bog`lanadi. Bir necha tarmoqlarni birlashtirish uchun tarmoq darajali marshrutizatorlardan foydalaniladi.
Kompyuterning
ichki portlari bilan ishlash.
Kompyuterning ichiki portlari ichiqi qurilmalarning bir-biri bilan aloqasini
ta’minlashga xizmat qiladi, xuddi tashqi portlarga o’xshab. Ichiki portlarda
ham axborot (signal) lar uzatish uchun qo’llaniladi va har bir portning maxsus
raqami mavjuddir. Har qanday ichiki qurilmaning o’zining porti mavjud. Bu
portlardan protsessorning buyrug’iga qarab, shu portdan axborot qabul qilishi
yoki uzatishi mumkin. Agar microprotsessor ma’lum raqamli portga OUT buyrug’ini
bersa, shu portdan ma’lumot uzatish mumkin. Bu ma’lumotning o’lchami 1 yoki 2
bayt bo’lishi mumkin. Agar microprotsesseor IN buyrug’ini bersa, deman shu
portdan axborot o’qilishi lozimligini bildiradi.
Masalan, klaviaturada ixtiyori tugmaning bosilgani holati. Bu holatda darhol
natijasi namoyon bo’ladi. Lekin bu jarayon bir necha bosqichlardan o’tadi.
Klaviaturanig tugmasi bosilganda markaziy protsessor klaviaturaning portiga IN
buyrug’ini beradi. Qaysi tugma bosilgani aniqlanib chiqish portlariga
uzatiladi.
Ichki portlarning 944 (ЗВ0(16))-sidan boshlanadigan bir qancha portlar
oq-qora grafikali rejim uchun, 976(3D0(16)) boshlanadiganlari ragli grafik
rejim uchun. 1008 (3F0(16)) dan boshlanadiganlari yumshoq disk (floppy) ni
boshqarish uchun, 1013(3F5(16)) da esa floppy diskka yozish va floppy
diskdan o’qish uchun qo’lladinlar.
Agar kopmyuterda tashqi portlar mavjud bo’lmasa u kopmyuterda faqat o’zining
ichida bor ma’lumotlar bilan ishlash mumkin, ya’ni tashqi qurilmalar ulab
bo’lmaydi. Bu esa ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Ichiki portlarning mavjud
bo’lmasligi mumkin emas. Chunki ularsiz kopmuuter ishlashi emas yonishi qiyin.
Insonning qon tomirlari inson tanasini kislorodni eltib bersa, portlar esa
kopmyuterning qurilmalarini axborot (berilgan buyruq) ni eltib beradi. Ayonki,
insonning qon tomirlari bo’lmasa yashamasligi aniq, kopmyuter ham shundoq
portlari bo’lmasa u kopmyuter emas.
3.Interfeys
bu ikki tizim, qurilma yoki dastur orasidagi chegara bo`lib u elementlar
orasidagi bog`lanishni tashkil etuvchi yordamchi boshqaruvchi mikrosxemalar
yoki bog`lanish qurilmasidir.
Foydalanuvchi interfeysi – foydalanuvchi bilan qurilmalar
o`rtasidagi aloqani ta’minlab beruvchi muhit:
Buyruqlar qatori interfeysi: matnli qator (buyruq) yordami bilan
yo`l ochuvchi kompyuter konstruksiyasi;
Foydalanuvchining grafik interfeysi(graphicaluserinterface, GUI):
Monitorning elementlarini taqdim etuvchi dasturiy funksiya;
Dialogli interfeys;
Yagona tilli interfeys: foydalanuvchi dastur bilan uning ona
tilisida “gaplasha oladi”.
Miya interfeysi (in english: brain- computer interface) –
kompyuter elektordlar va miyaga o`rnatilgan retseptorlar yordamida
foydalanuvchi miyasidagi o`zgarishlarga mos ravishda ovoz va nurlanishni
boshqarib turishga javobgar bo`ladi.
Fizik interfeys – bu fizik qurilmalar bilan ishlash muhiti. Bu
muhit haqida gapirilganda asosan kompyuter portlari tushuniladi:
Tarmoqli
interfeys;
Shlyuz (telekommunikatsiya)
– mahalliy tarmoqlarni undan kattaroq tarmoqlar bilan, misol uchun Internet,
bog`lovchi qurilma;
Shina(Kompyuter);
COM interfeys (Component Object Model interface) – mavhum
funksiyalar va xususiyatlarni shu interfeys komponentalari orqali boshqa
dasturlarda aniq funksiya ko`rinishida qo`llash imkonini beradi;
Ma’lumotlar almashish uslubiga ko`ra interfeys parallel va interfeyslarga
bo`linadi
4.Kompyuter
tarmog`i (hisoblash tarmog`i, ma`lumotlar almashish tarmog`i) – ikki yoki undan
ortiq kompyuterlar o`rtasidagi aloqa tizimidir. Ma`lumotlar almashish turli xil
fizik hodisalarni qo`llash orqali amalga oshiriladi: elektr signallari yoki
elektromagnit nurlanishlarning turli xil ko`rinishlari orqali.
Kompyuter tarmog`i o`z navbatida ma`lum qoidalar asosida bir necha turlarga
bo`linadi.
Sinflanishi
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.