Zarafshon shahar
8-umumta’lim maktab
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Salimova Xayriniso Orziqulovnaning
o’qish fanidan “Navoiyning do’sti”
mavzusida ochiq
dars ishlanmasi
Dars: O`qish
Mavzu: a) O`quvchilarni Alisherning do`sti mavzusi bilan tanishtirish.
b) Alisher Navoiyning barcha insoniy fazilatlari sadoqatlilik,insoniylik, vatanparvarlik,mehnatsevarlik kabi xislatlarini singdirish.
d) Ulug` mutafakkir shoirning ijodiy fikrlashlari haqida suhbat uyushtirish.
Dars turi: yangi tushuncha berish.
Dars tipi: aralash.
Darsning jihozi: kompyuter, slaydlar, ko`rgazmalar.
Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism.
a) Salomlashish. b) She`riy tanishuv.
O`quv – uqib biz doim. Komil inson bo`lamiz.
Kelajakda albatta, yuksaklarga chiqamiz.
-Bugun sinfda kim navbatchi?
-Darsga hamma qatnashayaptimi?
- Qani aytingchi bolalar hozir qaysi fasl?
- Bugun haftaning qaysi kuni?
- Sen qayerda yashayapsan?
-Bolalar aytihgchi, 2017- yilni Prezidentimiz qanday nomladi.
-Qish oylarida biz qanday bayramlarni nishonladik?
-Biz o`tgan darsimizda nimani o`rgandik?
-Yetim bolaning Abu Nasr uyiga kelishini so`zlang.
-Abu Nasr bola bilan nima haqida suhbatlashdi?
Dono bobo kirib keladi. O’quvchilar bilan savol-javob qiladi. O’quvchilar Navoiy ijodiga mansub g’azallar, ruboiylar aytishadi. Dono bobo bolalarni rag’batlantirib, davradan chiqib ketadi.
“Mosini top” o’yini o’tkaziladi. Unda o’zbekcha so’zlarga mos inglizcha so’zlar yoziladi.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Navoiyning do’sti” matni o’qib beriladi. Mazmuni tushuntiriladi. Matn ustida ishlanadi.
Savollar:
1. Alisher Navoiyning do’sti kim edi?
2. Shoir do’stiga qanday munosabatda edi?
3. Nima uchun Husayn Boyqaro Pahlavon Mahmudni jazolashga buyruq berdi?
4. Nima sababdan Navoiy Pahlavon Mahmudni qutqarmoqchi bo’ldi?
5. Husayn Boyqaro nima uchun jaxlidan tushdi?
6. Rivoyat nima haqida ekan?
7. Navoiyning ziyrakligini qanday baholaysiz?
8. Sinfdoshlaringiz orasida kimlarni ziyrak deb hisoblaysiz?
9. Hozir televizorda Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan olingan “Sher va Durroj” multfilmini tomosha qiling.
10. Multfilmdan so’ng bolalar ijrosida “Ziyrak Navoiy” sahna ko’rinishi namoyish etiladi.
Sahna ko’rinishidan so’ng yangi mavzu zanjir shaklida o’qitiladi.
11. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov haqida slayd namoyish etiladi va o’quvchilar ijrosida she’rlar aytiladi.
12. Yangi mavzu asosida test olinadi. Yaxshi qatnashgan o’quvchilar rag’balantiriladi.
13. Uyga vazifa matn mazmunini so’zlab berishga tayyorlanib kelish topshiriladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.