Dars: Matematika.
Mavzu: Og`zaki qo`shish va ayirish
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o`quvchilarga qo`shish jadvali haqida tusnuncha berish, qiymatlari
bir xil bo`lgan misollarni topishga doir topshiriqlarini bajarish hamda tez hisoblash ko`nikmalarini shakllantirish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda hayotiy masalalarni hal qilishda ijodkorlik, topqirlik kabi fazilatlar ruhida tarbiyalash.
d) rivojlantiruvcni: o`quvchilarning matematik nutqi xotirasini rivojlantirish.
Darsning borishi:
1) Tashkiliy qism: Navbatchi hisoboti. O`quvchilarning darsga tayyorligi, uyga berilgan vazifalar tekshiriladi.
2) O`tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga berilgan topshiriq tekshiriladi. Hamda yo`l qo`yilgan xatolar o`quvchilarga tushuntiriladi.
3) Yangi mavzuni bayoni.
Bir xonali sonlarni qo`shish sonlarni qo`shish jadvali ekranda animatsiya orqali namoyish etiladi.Bunda tashqari qo`shish jadvali aks etgan ko`rgazma doskaga ilib qo`yiladi.
Namuna : 36 + 14= 47+ 54= 54+32= 78+ 119= 342+123=
2-masala. Anvar bobosi bilan birga hovliga 8 tup olcha, 7 tup olma ko`chati o`tqzishdi. Ular hammasi bo`lib necha tup ko`chat o`tqazishgan?
Masalaninig qisqa sharti tuziladi:
Olcha- 8 tup
Olma - 7 tup
Hammasi-?
Masalani yechishda savol- javob usulidan foydalaniladi:
O`qituvchi: Masalani yechishda qaysi usuldan foydalanamiz?
O`quvcnilar: Qo`shish usulidan.
- Qanday sonlarni qo`shish kerak?
O`quvchilar: 8 bilan 7 ni
Yecnamiz : 8+ 7= 15 tup
Javob: 15 tup ko`chat
1- misol
7 + 5 |
9 + 2 |
8+ 6 |
9+4 |
6 + 6 |
8 + 5 |
7 + 9 |
7+8 |
9 + 5 |
7 + 7 |
8+ 8 |
8 +4 |
Misolni quyidagi tartibda bajarishni taklif etish mumkin
1- qatorga javobi 11 chiqadigan misollarni yeching.
2- qatorga javobi 12 chiqadigan misollarni yeching.
3- qatorga javobi 13 chiqadigan misollarni yeching.
4 –qatorga javobi 14 chiqadigan misollarni yecning.
4- topshiriq: Rasm asosida masala tuzing.
Birinchi o`ramda 9m ikkinchi o`ramda undan 2m ortiq arqon bor. Ikkinchi o`ramda necha metr arqon bor.
Qisqa sharti tuziladi.
1 –o`ramda 9 metr
2- o`ramda -? 2 m ortiq arqon
Yechish: 9 + 2= 11 metr arqon.
Javob: 11 metr arqon.
Birinchi o`ramda 9 metr 2 –o`ramda 2 m ortiq. Ikkala o`ramda qancha arqon bor?
1 – o`ramda 9 metr
2 – o`ramda - ? 2 metr ortiq
Hammasi qancha arqon ?
Yechisj: 1) 9 + 2= 11 metr
2) 9 + 11= 20 metr
Javob: 20 metr arqon
Dam olish daqiqasi. O`quvchilar sh`er bilan hamohang tarzda o`qituvchi ko`rsatgan harakatlarini bajaradi.
Charchab qoldi qo`limiz
Yozishni to`xtataylik
O`rnimizdan turvolib
Bir, ikkiga sanaylik.
Yangi mavzu bayoni:
5 – misolni o`quvchilar mustaqil ravishda daftarlarida bajaradilar.
9 +7 +4 |
3 + 5 +7 |
7 + 8 +2 |
3 +5 +5 |
7 + 8 +2 |
7+ 6 +5 |
1 + 3 + 8 |
6 + 4 +5 |
5 + 5+ 5 |
50 -40 |
O`tilgan mavzuni takrorlash uchun ekran orqali trenajyor mashq bajariladi.
O`tilganlarni takrorlash. Mustahkamlash uchun test mashqlari beriladi.
1. 12 va 14 ning yig`indisi nechaga teng?
a) 45 ga
b) 26 ga
d) 23 ga
2) 8 ning 2ga bo`linmasini ayting.
a) 1 ga
b) 3 ga
d) 2 ga
3) To`g`ri to`rtburchakning burchaklari nechta?
a) 5 ta
b) 4 ta
d) 3 ta
5. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarrag`batlantiriladi.
Darsning qaysi qismi yoqqanligi o`quvchilardan so`raladi.
6.Uyga vazifa beriladi.
Uyga vazifa qilib 6-7 misol- masala beriladi. 7- misolni namuna qilib beriladi.
9 + 3 =( 9 + 1 ) + 2 =10 + 2 = 1
Zarafshon shahar
8-umumiy o`rta ta`lim maktab
boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Salimova Xayriniso Orziqulovnaning
matematika fanidan
“Og`zaki qo`shish va ayirish”
mavzusida dars
ishlanmasi
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.