Dars: Tarbiyaviy soat
Mavzu: Vatan muqaddas
Dars maqsadi :
Ta`limiy: o`quvchilarni Toshkent - O`zbekistonning poytaxti matni mazmuni bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: o`quvchilarga Vatanga muhabbat, poytaxtimiz –Toshkentga mehr uyg`otish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini , lug`at ustida
Ishlash, qayta hikoya qilish ko`nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi : Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: Suhbat, tushuntirish,Zanjir usuli, Alifbo bilag`oni Do-
mino o`yini.
Dars jihozi: darslik, videolavhalar, ko`rgazmalar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
2.Uy vazifasini so`rash va o`tilgan mavzuni mustahkamlash
Uyga berilgan vazifa-“ Vatan” mavzusi so`raladi.
Dars davomida guruhlarga har xil rangdagi konvert tarqtiladi. Konvert ichiga rangli qog`ozdan qirqilgan turli shakllar solingan.
Har bir guruh o`z maydonini gulzorga aylantiradi. Savollarga javob
topish topshiriladi.
Savollar:
1. Alisher Navoiy “ Vatan “ tushunchasini qanday ma`nolarda ish-
latgan?
2.Vatan haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Qqanday insonni vatanparvar deb atash mumkin?
Har bir guruh a`zolari o`zlarining fikrlarini bildiradilar.
“Alifbo bilag`oni” o`yini.
Guruhlarga jadval tarqtiladi.
19 |
14 |
27 |
10 |
4 |
13 |
19 |
|
|
|
|
|
|
|
19 |
14 |
27 |
10 |
4 |
13 |
19 |
T |
O |
SH |
K |
E |
N |
T |
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
-Bugun biz sizlar bilan “Toshkent -O`zbekiston poytaxti” mavzusi bilan tanishamiz.
Matn mavzusiga mos rasmlar ko`rsatiladi.
Suhbat uchun savollar:
1.Toshkentda qanday karvon yo`li o`tgan.
2. Toshkent shahri nimasi bilan odamlarni o`ziga jalb qilgan?
3. Toshkentda nechta metro bekati bor?
Lug`at ishi.
Buyuk ipak yo`li – savdo karvon yo`li
Meros – vorisga qoldirilgan mulk
Metro – yerosti temir yo`l
Fusunkor - chiroyli, go`zal.
Dam olish daqiqasi”Vatan” haqidagi qo`shiqlardan foydalanamiz.
IV. Darslik bilan ishlash.
“Ichda o`qish “ usuli
Matnni o`quvchilar ichida o`qiydilar.
-Bolajonlar matn necha qismdan iborat ekan?
Guruh a`zolari tomonidan qismlarga sarlavha topiladi.
Darslikdagi savollarga javob topish topshiriladi.
1. Matndan Toshkent haqidagi bilimlaringizni daftarlaringizga yozing.
2. Toshkent bog`lari haqida nimalar bilib oldingiz?
Tohkendagi fusunkor bog`lar, bunyodkorlik ishlari , so`lim go`shalar ha-
qidagi turli slaydlar ko`rsatiladi.
Davomini top o`yini.
Maqollarnining bir qismini bir ustunga, ikkinchi qismini ikkinchi ustunga
joylashtiring:
Vaqt qadrini bilmagan oltin beshiging
Ona yurting o`z qadrini bilmas
Vatanga falokat baxti bor
Vatani borning o`zingga falokat.
Shu yerda o`quvchilar guruhlardagi yaratilgan gulzordagi gullarga e`tabor beradi. Qaysi guruh ko`p gullar to`plagan bo`lsa rag`batlantiriladi.
V.Darsga yakun yasash:
O`quvchilarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarni mustahkamlash
maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi.
Darsimizda nimalarni bilib oldingiz?
Zarafshon shahar
8-umumiy o`rta ta`lim maktab
boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Salimova Xayriniso Orziqulovnaning
tarbiyaviy soatdan
“Vatan muqaddas”
mavzusida dars
ishlanmasi
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.