Mavzu 17. OLIMPIYA SPORTI VA TELEVIDENIYE
Olimpiya sporti to’g’risidagi hodisa va faktlarni namoyish etishda televideniyaning roli. XOQning television kompaniyalar bilan hamkorlik dasturlari. Litsenzion dasturlar. Reklama va homiylik dasturlari.
Hozirgi davrda Olimpiya o‘yinlari televideniyasiz bunday global ta’sirga ega bo‘la olmas edi. Olimpiy o‘yinlari bugungi kunda televideniyaning mahsuli bo‘lib, global miqyosda tomosha ko‘rinishlarini namoyish qilib kelmoqda. Darhaqiqat, o‘yinlar nafaqat sport, balki ko‘proq televizion hodisa sifatida qabul qilinmoqda.
Olimpiya sport turlaridan engil atletika, tennis, futbol, basketbol va boks Olimpiya o‘yinlari dasturidan tashqarida ko‘proq tomoshabinlarga ega, shuning uchun Olimpiya o‘yinlari tennis, futbol, basketbol va boks musobaqalari kalendarning deyarlik kam qismini egallaydi va unchalik katta xodisa hisoblanmaydi. Qolgan 22 ta sport turlariga esa, odatda, Buyuk Britaniya televideniyasining 3% efir vaqti to‘g‘ri keladi. Olimpiya o‘yinlarini e’tiborga olmagan xolda ommaviyligi va moliyaviy potensiali borasida atletika tijoratlashgan sport turlari futbol, basketbol, tennis, avtomobil poyga va amerikacha futboldan ortda qoladi. Olimpiya o‘yinlarini kuzatib boradigan ko‘pgina odamlar xattoki Olimpiya o‘yinlarida keng namoyish qilinadigan eng tanlangan sport turlari engil atletika, suzish va gimnastikani ham muntazam ko‘rmaydilar
Buyuk Britaniyada futbol, yugurish, suzish va velosport ommaviy va tomoshabop sport turlari qatoriga kiradi. Masalan, Buyuk Britaniya raqamlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha 12% erkaklar va 15% ayollar suzish bilan muntazam shug‘ullanadi, 12% erkaklar va 6% ayollar muntazam velosiped haydaydilar, 10% erkaklar va 2% ayollar muntazam tennis o‘ynaydilar, 1% dan kami ot sporti bilan shug‘ullanadilar. Olimpiya o‘yinlarining ommaviyligi jahonning eng yaxshi sportchilari ishtirokida o‘tkazilgan televizion shoularni tashkil qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Olimpiya o‘yinlarini moliyalashtirish
Olimpiya o‘yinlari televideniya tufayli ulkan hodisaga aylangan bo‘lsa, ularning tijorat manbalaridan kelgan katta daromadlari hamda ulkan harajatlari orqali global hodisa hisoblanadi. O‘yinlar daromadlarning to‘rtta asosiy manbalarini yaratadi chiptalarni sotish, televizion huquqlarni sotish, homiylik va mahsulotlarni o‘tqazishni lisenziyalashtirish. XOQ televizion huquqlarni sotish, homiylik orqali mablag‘lar to‘playdi va bu mablag‘larni Tashkiliy qo‘mita, Milliy olimpiya qo‘mitalari va Xalqaro sport federasiyalariga qayta taqsimlaydi. XOQ a’zolari uchun yo‘l va turar joy harajatlaridan iborat o‘zining kundalik harajatlarini qoplashga tijorat daromadlarining 10% ga yaqin qismini olib qoladi. Mahalliy homiylik mablag‘lari va mahsulotlarni o‘tkazish orqali olingan daromadlar Tashkiliy qo‘mitaga beriladi.
Olimpiya o‘yinlaridan olingan umumiy daromad 2005 yildan 2008 yillargacha to‘rt yillik davrda 5 milliarddan ortiq AQSH dollarini tashkil etdi, ulardan 47% televizion huquqlarini sotishdan, 45% homiylikdan va faqat 5% chiptalar sotishdan bo‘ldi. Raqamli ma’lumotlar oxirgi o‘n yilda XOQning daromadlarini barqaror o‘sishini ko‘rsatmoqda.
Televideniyadan daromad 2010-2012 yillarda 3 milliard AQSH dollari atrofida bo‘lib, uning uchdan ikki qismi NBC dan huquqlar olishga to‘g‘ri kelgan, televizion daromadlarning 88% Evropa va Amerikadan kelgan. Internetdan foydalanish va kirishning o‘sishiga qaramasdan “yangi OAV” huquqlarini olish uchun mablag‘lar 1% daromadlarning yarmini tashkil etadi. Televizion daromadlarning katta qismidan tashkiliy qo‘mitalar harajatlarini qoplash uchun foydalaniladi.
Olimpiya o‘yinlaridan 2005–2008 yy. daromadlar
( million AQSH dollarida)
Manba |
2005-2008 |
Foiz miqdori |
TV-namoyish |
2570 |
47,16 |
TOR homiylik dasturi |
866 |
15,89 |
Mahalliy homiylik |
1555 |
28,53 |
Chiptalarni harid qilish va sotish |
274 |
5,03 |
Litsenziyalashtirish |
185 |
3,39 |
Jami: |
5 450 |
|
Manba’: XOQ (2010 y.) Olympic Marketing Fact File (Lausanne: IOC).
Olimpiya o‘yinlaridan oxirgi to‘rtyillikda olingan marketing daromadlari
( million AQSH dollarida)
Manba’ |
1993-1996 |
1997-2000 |
2001-2004 |
2005-2008 |
TV-namoyish |
1251 |
1845 |
2232 |
2570 |
TOR homiylik dasturi |
279 |
579 |
663 |
866 |
Mahalliy homiylik |
534 |
655 |
796 |
1555 |
Chiptalarni harid qilish va sotish |
451 |
625 |
411 |
274 |
Litsenziyalashtirish |
115 |
66 |
87 |
185 |
Jami: |
2630 |
3770 |
4189 |
5450 |
Manba’: XOQ (2010 y.) Olympic Marketing Fact File (Lausanne: IOC).[1]
Televizion huquqlarini 2010–2012 yy.sotish haqidan olingan daromadlar
( million AQSH dollarida).
Region |
To‘lovlar |
Umumiy summa foizi |
Amerika |
2231,25 |
67,41 |
Evropa |
672,00 |
20,30 |
Osiyo |
217,22 |
6,56 |
Yaqin SHarq/Afrika |
39,20 |
1,18 |
Okeaniya |
136,50 |
4,12 |
Hokazolar (raqamli vositalar, OAV va h.k) |
14,00 |
0,42 |
Jami: |
3310,17 |
100,00 |
Manba’: barcha raqamlar XOQ dan (2010 y.) Olympic Marketing Fact File (Lausanne: IOC).
Olimpiya o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi uchun telenamoyish daromadlari
( million AQSH dollarida)
Yozgi Olimpiya o‘yinlari
Olimpiya o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi uchun telenamoyish daromadlari
O’tkazilgan yili |
O’tkazilgan joyi |
Daromad |
1992 yil |
Barselona |
441 |
1996 yil |
Atlanta |
546 |
2000 yil |
Sidney |
797 |
2004 yil |
Afiny |
733 |
2008 yil |
Pekin |
851 |
Qishki Olimpiya o‘yinlari
Olimpiya o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi uchun telenamoyish daromadlari
O’tkazilgan yili |
O’tkazilgan joyi |
Daromad |
1994 yil |
Lillexammer |
229 |
1998 yil |
Nagano |
308 |
2002 yil |
Solt-Leyk Siti |
443 |
2006 yil |
Turin |
406 |
Manba’: XOQ (2010 y.) Olympic Marketing Fact File (Lausanne: IOC).[2]
Amerikaning yirik televizion tarmoqlari o‘rtasidagi huquqlarni olish uchun to‘lovlar borasidagi 1960 yildagi raqobat daromadlarni tez sur’atlar bilan o‘sishiga olib kelgan. 1980 yillarning o‘rtalarida televizion rahbarlar va XOQ a’zolari o‘sish xolatiga shubxa bilan qaragan edilar. Olimpiya o‘yinlarining televizion ochiqligi hozirgi kunda oshib ketgan O‘yinlarni ko‘rishni xoxlagan ko‘p odamlar buni bemalol qila oladilar, va televideniya yangi OAV tomonodan auditoriya uchun kurash olib borish bilan to‘qnashmoqda va bundan kelib chiqqan xolda reklamadan daromadlar olish uchun ham. Biroq, televizion namoyish o‘zining birinchiligini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan davrda, Olimpiya o‘yinlari faqat sportda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan kutilmagan hodisalar dramasini tavsiya qila oladi va televideniya efiri bularni namoyishini ta’minlab berishi mumkin.
O‘yinlar va OAV
Bu global tomosha qanday tarzda rivojlanmoqda? Davrlashtirish shartli tendensiyaga ega bo‘lib, uning to‘rt davrini ko‘rib chiqishni tavsiya qilish mumkin: televizion davrgacha 1896 va 1935 yillar oralig‘idagi davr; yangi texnologiya sifatida televideniyani 1936 va 1967 yillar o‘rtasida yaratilish davri; televideniyani globallashuvi va texnologiyalarni takomillashtirish 1968 va 1987 yillar o‘rtasidagi davri; 1988 yildan hozirgi davrgacha raqamli transformasiyalar davri.
O‘yinlarni o‘tkazishni qo‘llab quvvatlash: 1896-1935 yy.
Televizion texnologiiyalarning yaratilishi va rivojlanishi: 1936-1967 yy.
Tasvirni takomillashtirish: 1968-1978 yy.
Raqamli tranformasiyalar: 1988 yildan - hozirgi davrgacha.
Televizion huquqlarini sotishdan olingan daromadlar miqdori
( million AQSH dollarida)[3]
Yil |
Shahar |
Televizion huquqlar |
O‘sish foizi |
Yil |
Shahar |
Televizion huquqlar |
O‘sish foizi |
1960 |
Rim |
1,2 |
|
1960 |
Skvo-Velli |
0,05 |
17 |
1964 |
Тоkiо |
1,6 |
33 |
1964 |
Insbruk |
0,93 |
60 |
1968 |
Мехikо |
10 |
525 |
1968 |
Grenobl |
2,6 |
180 |
1972 |
Мyunхеn |
18 |
80 |
1972 |
Sapporo |
8,5 |
226 |
1976 |
Моnrеаl |
35 |
94 |
1976 |
Insbruk |
11,6 |
37 |
1980 |
Моskvа |
88 |
151 |
1980 |
Leyk-Plesid |
20,7 |
78 |
1984 |
Lоs-Аnjеlеs |
287 |
226 |
1984 |
Saraevo |
102,7 |
396 |
1988 |
Sеul |
403 |
40 |
1988 |
Kalgari |
324,9 |
216 |
1992 |
Bаrsеlоnа |
636 |
58 |
1992 |
Аlbervil |
291,9 |
10 |
1996 |
Аtlаntа |
898 |
41 |
1994 |
Lillexammer |
352,9 |
21 |
2000 |
Sidnеy |
1332 |
48 |
1998 |
Nagano |
514 |
46 |
2004 |
Аfinа |
1494 |
12 |
2002 |
Solt-Leyk-Siti |
738 |
44 |
2008 |
Pеkin |
1739 |
16 |
2006 |
Turin |
831 |
13 |
XOQning iqtisodiy faoliyati
2016 yilda televideniyaning olimpiya harakatiga kirib kelganiga 80 yii bo’ladi, bu hodisa ilk bor Berlinda XI Olimpiya o’yinlarida sodir etgan edi. Televideniyaning olimpiya harakatiga kirib kelishi XOQ iqtisodiy faoliyati yangi bosqichini boshlanishiga asos yaratib berdi.
Hozirgi davrda XOQ bir qator marketing dasturlarini amalga oshirilishini ta’minlamoqda, asosiy dasturlarga quyidagilar kiradi:
- Olimpiya o’yinlari musobaqalarini translyasiya qilish huquqini sotish bo’yicha televizion kompaniyalar bilan hamkorlik dasturlari;
- Reklama-homiylik dasturlari (TOP Sponsor Programmes);
- Lisension dasturlar (IOC Licensing);
- Olimpiya esdalik tangalarini ishlab chiqarish dasturlari (IOC Coin Programmes);
- Olimpiya pochta markalarini ishlab chiqarish dasturlari (Olympic Philateles Programmes) va boshqa dasturlar.
Televideniya orqali turli mamlakatlarda Olimpiya o’yinlari voqealarini bevosita va muntazam kuzatib borish imkoni yaratildi. Bu esa olimpiya sportida marketing rivojlanishiga omil bo’ldi va marketing tizimida televideniyaning rolini o’zgartirdi.
Televizion kompaniyalar tomonidan Olimpiya o’yinlarini translyasiya qilish bo’yicha muhim dasturlar ishlab chiqildi.
Londonda (1948 y.) bo’lib o’tgan XIV Olimpiya o’yinlarida televideniya bilan birinchi tijorat aloqalarini o’rnatishga harakat qilindi. Tashkiliy qo’mita musobaqalarni namoyish huquqini berish uchun BBC telekompaniyasidan 1000 giney (3 ming AQSH dollari) miqdorida pul talab qilgan. Televideniya va olimpiya harakati o’rtasida hamkorlikning ilk qadamlari qo’yilib, O’yinlar teletranslyatsiyasi huquqi uchun pullik to’lov, degan tushuncha kiritilgan.
1958 yilda Olimpiya xartiyasinig 49-moddasiga XOQ roziligi asosida Olimpiya o’yinlari Tashkiliy qo’mitasi tomonidan teletranslyatsiya huquqini sotish to’g’risida qo’shimcha kiritildi. Bunga binoan marketing operasiyalarini amalga oshirishning me’yoriy-huquqiy asoslari yaratildi.
1960 yil Rimda bo’lib o’tgan XVII Olimpiya o’yinlarida televideniya XOQning hamkori sifatida ish yuritish jarayonida yana bir yangi bosqichga qadam qo’yildi. Televizion namoyishlar Yevropaning 18 ta davlati hamda AQSh, Kanada va Yapoiyaga uzatildi. Teletranslyasiyalar ilk bor bir kontinent chegarasidan chiqib, global xarakterga ega bo’ldi.
Televideniyaning mavqei 4 yildan so’ng Tokiodagi XVIII Olimpiada (1964 y.) davomida yanada mustahkamlandi. Bu erda birinchi marta sputnik aloqasidan foydalanilgan va birinchi marta televizion namoyishlar beshta kontinentga ko’rsatilgan. Bundan tashqari, sport musobaqalarining eng qiziqarli lavhalari ilk bor sekinlashtirilgan tasvirda qaytadan namoyish etilgan.
Telekompaniyalar bir qator texnik yangiliklar kiritib, translyasiya sifatini yildan-yilga oshirib borgan. Mexikoda (1968 y.) bo’lib o’tgan XIX Olimpiya o’yinlarida translyasiya ilk bor rangli tasvirda korsatilgan. Myunxendagi (1972 y.) XX Olimpiya o’yinlarida teletranslyasiyalar birinchi marta bir joydagi musobaqalar namoyishidan boshqa joyda o’tayotgan musobalarga “sakrab o’tib” ko’rsatish amalga oshirilgan. Barselonada (1992 y.) bo’lib o’tgan XXV Olimpiya o’yinlarida teletranslyasiyalar birinchi marta ko’ptarmoqli kanallar tizimidan ishga tushirilgan va bir necha olimpiya sport turlari bo’yicha musobaqalarni kuzatush imkoni yaratilgan.
Hozirgi davrda olimpiya harakati tijorat faoliyatining global tizimiga jahonning eng yirik Televizion kompaniyalar kiradi. Olimpiya o’yinlari teletranslyasiyalarini Yevropa mamlakatlarida – Yevropa Televizion Uyushmasi (EBU), AQShda – ABC, NBC, CBS kompaniyalari, Avstraliya va Okeaniyada – 7-kanal, 9-kanal, 10-kanal, TV Olympis kompaniyalari ta’minlab beradi.
XOQ ko’p yillar mobaynida yuqorida sanab o’tilgan kompaniyalar bilan yaqin aloqalar o’rnatib, hamkorlik qilib kelmoqda. Bunday ish yuzasidan o’rnatilgan hamkorlik marketing siyosatining maqsadi talablariga mos keladigan aniq tamoyillarga asoslangan. Televizion huquqlarini sotib oladigan Kompaniyalarga Olimpiya o’yinlari teletranslyasiyalarini keng va ko’p sonli auditoriyaga namoyish qilishni ta’minlab berish asosiy talablar sifatida qo’yiladi. Shuning uchun telehuquqlar faqat translyasiya butun mamlakat hududini qamrab olish kafolatini beruvchi kompaniyalarga sotiladi.
Teletranslyasiya huquqini sotish XOQga katta daromadlar keltiradi va ularning tobora barqaror o’shib borish tendensiyasi mavjud. Masalan, 1980 yildan 2012 yilgacha O’yinlarni translyasiya huquqini sotishdan kelgan daromadlar 35 marotabaga oshdi va muntazam oshib bormoqda. Televizion kompaniyalar Olimpiya o’yinlaridan ancha vaqt ilgari hamkorlik shartnomalarini tuzishga intiladilar.
Reklama-homiylik dasturlari
XOQning homiylar bilan hamkorlik faoliyati 100 yillik tarixga ega. I Olimpiya o’yinlarida (1896 y.) birinchi homiylik qilgan firma – bugungi kunda jahonda eng mashhur “Kodak” firmasi bo’lgan. Birinchi homiylik dasturi Stokgolmda (1912 y.) V Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilish va o’tkazish uchun ta’sis etilgan. XOQ homiylarga Olimpiya o‘yinlari to’g’risida fotosuratlarni chiqarish huquqini sotgan edi.
Olimpiya sportini tashkiliy-boshqaruv tizimlari tomonidan homiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilishning turli usullaridan foydalanadi. XOQ 1980 yillardan boshlab homiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilishning yangi yo’nalishlarini ishlab chiqqan va amalga oshirgan.
Birinchidan, homiylik quyidagi talablar asosida amalga oshirilishi zarur, yani:
- Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilish va o’tkazish, olimpiya harakatining barqaror moliyaviy ta’minotini kafolatlash;
- Ko’pmuddatli moliyaviy qo’llab-quvvatlashni ta’minlab beradigan tuzilmalarni yaratish;
- Olimpiya harakati ishtirokchilari o’rtasida daromadlarni teng ravishda taqsimlanishini kafolatlash;
- O’yinlarni “nazoratsiz” tijoratlashtirishga to’sqinlik qilish.
Ikkinchidan, XOQ reklama-homiylik dasturlarda qatnashish uchun nomzodlar tanlovini qat’iyatlashtirdi. Homiy hamkorlikka jahon bozorida yuqori darajadagi imijga ega bo’lgan kompaniyalar jalb qilindi. Bunday yondashuv homiy kompaniyalar sonini qisqarishga olib kelgan. 1980 yillarning o’rtalarida XOQning reklama-homiylik dasturlarida jami 9-12 ta kompaniyalar ishtirok etgan.
Uchinchidan, XOQ tomonidan reklama-homiylik dasturla 1985 yilda Shveysariyaning ISL kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, TOP nomli yangi reklama-homiylik dasturlarini ishlab chiqdi. Bu dastur XOQning tijorat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan edi.
TOP Sponsor Programmes
Dastur |
Tatbiq qilingan yillar |
Kompaniyalar soni |
Daromadlar (mln AQSh doll.) |
TOP-1 |
1985 – 1988 |
9 |
97 |
TOP-2 |
1989 – 1992 |
12 |
175 |
TOP-3 |
1993 – 1996 |
10 |
300 |
TOP-4 |
1997 – 2000 |
11 |
550 |
TOP-5 |
2001 – 2004 |
10 |
600 |
Homiy kompaniyalar tavsifi
“Coca-cola”. Bu kompaniya birinchi marta 1928 yilda IX Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilish va o’tkazishni qo’llab-quvvatlashda ishtirok etgan. Hozirgi davrgacha “Coca-cola” kompaniyasi olimpiya harakatining doimiy sponsori bo’lib kelmoqda.
IBM. Kompaniya 1960 yildan buyon olimpiya harakatini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Kompaniya tomonidan XVII Olimpiya o‘yinlari ma’lumotlarni elektron qayta ishlash tizimlari bilan ta’minlangan. Kompaniyaning asosiy vazifasi har bir Olimpiya o‘yinlari davomida musobaqalar to’g’risida axborot to’plash va ularni tomoshabinlar, mutaxassislar va OAVga berishdan iborat. Kompaniya Olimpiya o‘yinlarining rasmiy Web-saytlarini yaratadi.
“John Hancock”. Kompaniya 1993 yildan boshlab olimpiya harakati bilan hamkorlik bo’lib kelmoqda. Kompaniya o’zining xizmatlarini jahon moliya bozorida tavsiya qiladi. Kompaniya asosiy e’tiborni sportchilarning moliyaviy ta’minotiga qaratadi. “John Hancock” kompaniyasi reklama faoliyati bilan ham keng shug’ullanadi. Kompaniyaning maqsadlaridan biri – xalqlar o’rtasida do’stlik, birdamlik, tinchlik, haqqoniy o’yin tamoyillarini tarqatishga qaratilgan.
“Kodak”. Bu kompaniya I Olimpiya o‘yinlaridan boshlab olimpiya harakatini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Parijda (1924 y.) bo’lib o’tgan VIII Olimpiya o’yinlarida kompaniya birinchi marta professional fotograflarni fotoplyonkalar bilan ta’minlagan edi. Kompaniya o’zining yangi texnologiyalari, xizmatlari va mahsulotlarini taqdimot qilish maqsadida Olimpiya o’yinlaridan foydalanadi. Barselonada (1992 y.) bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarida kompaniya ilk bor “Kodak Photo CD” tizimini namoyish qilgan. Lillexammerda (1994 y.) XVII qishki Olimpiya o’yinlari va Atlantada (1996 y.) XXVI yozgi Olimpiya o’yinlarida kompaniyaning raqamli kameralari keng ommaning e’tiborini tortgan.
Olimpiya harakati homiylik dasturlarini qo’llab-quvvatlagan bu kompaniyalardan tashqari butun jahonda mashhur kompaniya va firmalar – “Xerox” – 1964 yildan, “McDonald’s” – 1976 yildan, “Sports Illustrated/Time” – 1980 yildan, “Panasonic” – 1988 yildan, UPS – 1994 yildan, “Visa” – 1986 yildan boshlab XOQ bilan hamkorlik faoliyatlarini yuritib kelmoqda.
Lisenzion dasturlar (IOC Licensing)
XOQning iqtisodiy faoliyatida lisenzion dasturlari muhim ahamiyatga ega. Turli xil mahsulotlarda reklama belgisi sifatida sport ramzlaridan (emblemalar, komanda va klub nomi, va b.) foydalanish, tijorat maqsadlarida ramzlardan foydalanish va sotish huquqini lisenziyalash XOQ tomonidan amalga oshiriladi.
Stokgolmda (1912 y.) bo’lib o’tgan V Olimpiya o’yinlarida lisenziyalash imkoniyatlari birinchi marta tavsiya qilingan.
Olimpiya o’yinlari davomida suvenirlar, har xil buyumlar, mahsulotlar bilan savdo qilish huquqlari lisenziyalash orqali beriladi. Lisenzion dasturlari asosida olimpiya esdalik tangalari, olimpiya pochta markalarini ishlab chiqarish bo’yicha XOQ turli kompaniya va firmalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
© Adabiyotlar
1. John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Routledge. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p. – 47-65 с.
Televideniye va o'yinlari to'g'risida
1. Billings, A. (2008) Olympic Media: Inside the Biggest Show on Television, London: Routledge. Moragas, M. de, Rivenburgh, N. K. and Larson, J. F. (eds) (1996) Television in the Olympics, London: John Libbey.
2. Puijk, R. (1997) Global Spotlights on Lillehammer, Luton: University of Luton Press.
3. Real, M. (1986) Global Ritual: Olympic Media Coverage and International Understanding, Paris, France: UNESCO.
Tijoratlashtirish bo'yicha
1. Barney, R. K., Wenn, S. R. and Martyn, S. G. (2002) Selling the Games: The IOC and the Rise of Olympic Commercialism, Salt Lake City: University of Utah Press.
2. Simson, V. and Jennings, A. (1992) The Lords of the Rings, London: Stoddart.
3. Smit, B. (2006) Pitch Invasion: AdidasPuma and the Making of Modern Sport, London: Allen Lane.
1. Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: 2017.
Скачано с www.znanio.ru
[1] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari konsepsiyasi. I-qism. 3-bob. Televidenie va Olimpiya o’yinlarini tijoratlashtirish. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p.
[2] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari kontsepsiyasi. I-qism. 3-bob. Televidenie va Olimpiya o’yinlarini tijoratlashtirish. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p.
[3] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari kontsepsiyasi. I-qism. 3-bob. Televidenie va Olimpiya o’yinlarini tijoratlashtirish. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.