O'QITISH JARAYONIDA O'YIN USULLARIDAN FOYDALANISH VA UINING AHAMIYATI.
Оценка 4.6

O'QITISH JARAYONIDA O'YIN USULLARIDAN FOYDALANISH VA UINING AHAMIYATI.

Оценка 4.6
Занимательные материалы
docx
преподавание +1
9 кл—11 кл
04.04.2021
O'QITISH JARAYONIDA O'YIN USULLARIDAN FOYDALANISH VA UINING AHAMIYATI.
Q.Z.docx

O'QITISH JARAYONIDA O'YIN USULLARIDAN FOYDALANISH VA UINING AHAMIYATI.

 

Kadirova Z.S

Farg'ona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati tarix fani o`qituvchisi

 

Hozirgi kungacha tajribalar shuni korsatadiki, ta’lim jarayonida o’yinlar o’qituvchi uchun katta ko’makchi bo’lib xizmat qiladi.O’qituvchi o’yin turini tanlar ekan,asosan o’quvchilaming yoshi va ular o’rganayotgan davrga mos bo’lishi kerak.

Bolalar qalbiga yo’l topa olgan taniqli pedagog A.S.Makarenko ,ular hayotida o’yinlaming ahamiyatiga qayta va qayta to’htagan.Pedagogning fikricha: «Bolaning hayoti o’yindan iborat.Unda o’yinga bo’lgan ishtiyoq mavjud.Doimo bu ishtiyoqni qondirish kerak.Faqatgina o’ynash uchun imkon bermasdan,balki butun hayotiga o’yinni singdirish lozim.»

O’yin bolalaming xursandchiligi va tetiklashuviga sabab bo’ladi,zavqini uyg’otadi,tasavvur olamini kengaytiradi jamoada do’stona munosabat o’matilishiga olib keladi.

Olamni tanishda didaktik o’yinlar,ta’limning oddiy ko’rinishidan keskin farq qiladi: bu yerda hayol qilish va mustaqil javob qidirish,avval ham bilgan hodisalarga yangicha qarash,bilimlami to’ldirish va kengaytirish,aloqadorlikni aniqlash,voqealami tahlil qilish.Lekin eng asosiysi hech qanday tashqi bosimsiz,ixtiyoriy tarzda o’tilgan mavzuni turli ko’rinishda qayta va qayta o’rganish mumkin.

Ta’lim jarayonida faqatgina mavzu haqida to’la ma’lumotga ega bo’lgan o’quvchi emas,balki dunyoqarashi keng, izlanuvchan, kuzatuvchan, to’g’ri tahlil qila oladigan o’quvchi g’olib chiqadi

Demak, o’yinlar “aql dangasaligi” bilan ajralib turuvchi o’quvchilami   faollashtiradi va fikrlash qobiliyatini o’stiradi.Chunki, o’yinda oxrida qolib, mag’lub bo’lich hech kimga yoqmaydi.

Quyida keltiriladigan ta’limning o’yin turlaridan nafaqat tarix darslarida, balki boshqa fanlarda ham qo’llash mumkin.

 

1.CHARXPALAK O'YINI

Charxpalak o'yini uchun kerak boladigan jihozlar:o'yin qutisi, 2 ta soqacha,2 ta kartondan tayyorlangan disk(sektorlarga bo'lingan) ikki tomoni rangli yo'naltigich

 

O'yinning birinchi variant "Savolga javob ber"deb nomlanadi Chap soqachada 8ga bo'lingan karton disk,har bir sektorda rim raqamlari bilan belgilangan  X- XlX asrlar .O'ng diskda esa quyidagi savollar berilgan:

1.Davlatni kim boshqargan.

2.Davlat boshqaruvi tizimi.

3.Qonunchiligi.

4.Ijtimoiy hayot.

5.Eng muhim voqealar.

6.Madaniyat.

7.Qanday janglar bo'lib o'tgan?

8.Xalq qo'zg'olonlarini aytib bering.

Boshqaruvchi o'ng diskni harakatga keltirib yo'nalish to'xtagan savolni o'qiydi (masalan XIVasr). Endi chap tomondagi disk aylantiriladi (Davlatni kim boshqargan?).Javoblar qatoriga Amir Temurning dunyoga kelishi, uning taxtga o'tirishi,mo'g'ullar istebdodidan O'rta Osiyoning ozod bo'lishi kabi variantlar keltirilishi mumkin.

Bu o'yin o'quvchiga muhim voqealarni eslab qolishi hamda asrlami aniq sanalarga aylantirish mashqi hisoblanadi.

O'yinning boshqa variantlari ham mavjud/masalan"Bu sanada qanday voqea sodir bolgan?"Bu holatda disklarga aniq bir davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid sanalar yoziladi.Disklar navbat bilan harakatga keltiriladi:avval birinchi diskda yozilgan savollarga javoblar topiladi,so'ng ikkinchi diskdagi savollar ustida ish olib boriladi.Eng ko'p ball olgan o'quvchi g'olib hisoblanadi.

O'yin davomida o'qituvchining roli juda muhimdir.U o'quvchilar javobini kuzatib boradi,ular orasida vujudga keladigan munozaralarda ishtirok etadi.Xatto o'yinga yangi yo'nalish berishi,murakkablashtirishi;yanada qiziqarliroq qilishi mumkin.

 

2.ZANJIR O`YINI.

Zanjir o`yini tarixga oid sanalarni xotirada ko'proq saqlab qolishga yordam beradi.Bu musobaqada kimning zanjiri uzunroq bo'lsa,o'sha g'ollib bo'ladi

O'quvchilarga tarixga oid sanalarni yozish vazifasi beriladi.Sanalar birin-ketin yoziladi.Tuzilgan zanjirni tekshirish uchun u sinf taxtasiga yoziladi va har bir sanaga izoh beriladi. G'olib nafaqat eng uzun zanjir hosil qilgan o'quvchi ,balki barcha sanalarga to'g'ri izoh bergan hisoblanadi.

Masalan:

1500 1511 1709 1336 1773

1500-yil           Shaybonixon Samarqandni egallagan.

1511-yil           Xorazm xonligining tashkil yopishi.

1709-yil           Qoqon xonligining tashkil topishi.

1336-yil           Amir Temur tavallud topgan.

1773-yil            Chor Rossiyasi tomonidan Xiva xonligini bosib olinishi.

Ushbu o'yinni har bir mavzu bo'yicha ham o'tkazish mumkin.

 

3."TO`RTONCHI OSHIQCHA" o'yini.

 

Boshlovchi 10-15 dona xronologik kompleks tayyorlaydi. Xronologik jadvaldagi uchta sana bir-biri bilan mantiqiy bog'liq bo'lishi , to'rtinchisi esa ahamiyatsiz, ixtiyoriy bo'lishi mumkin. Qog'oz va qalam bilan qurollangan o'quvchilar xronologik jadvalni yoza boshlashadi, ularning vazifasi oshiqcha sanani aniqlash va qolgan uchta sanaga izoh berish, ularni bir-biri bilan bog'lash . O'yinda eng birinchi bo'lib oshiqcha sanalarni aniqlagan g'olib hisoblanadi.

Bu o'yin nafaqat hodisa va voqealar bo'lgan sanalarni ko'r-ko'rona yodlash balki ayrim voqealar o'rtasida mantiqiy aloqa o'rnatishga yordam beradi. Boshlovchining xronologik varag'idagi oshiqcha sanalar ajratib qo'yilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Xuddi shu o'yinni kartografik o'yinga aylantirish mumki^bunda xronologik jadvaldagi sanalar o'rniga joylar nomi keltiriladi.

 

4."BUYUK AJDODLARIMIZ"

 

Har bir o'quvchi ajdodlarimiz tarixi va ularning insoniyat tarixiga qo'shgan beqiyos xissalarini bilishi shart.

Bunda bizga "Buyuk ajdodlarimiz" o'yini yordam beradi. Katta qog'ozning chap tomoniga buyuk ajdodlarimizdan to'rttasini rasmi yelimlanadi (A.Temur ,J.Manguberdi,To'maris,M.UIug'bek).Rasmlarning o'ng tomoniga to'rttadan cho'ntakcha yasaladi , o`n oltita soqacha tayyorlab to'rttasiga shaxslar ismi , qisqacha tavsifi,ular qatnashgan janglardan biri,vashu jangning sanasi yozilgan bo'ladi.

Soqachalarni aralashtirib , o'yin ishtirokchilariga tarqatiladi .O'yinni To'maris ismi keltirilgan soqachani olgan o'quvchi boshlaydi.O'yin aylana shaklida davom etadi.Barcha soqachalarni to'g'ri va tez joylagan o'quvchi g'olib hisoblanadi.

 

5."BIRINCHI" o'yini.

Birinchi bo'lganlarni xalq doim sevadi va qadrlaydi.Ularni hamma taniydi,eslab qolishga harakat qiladi."Birinchi" o'yini aynan shu shaxslarni aniqlashga bag'ishlanadi.Quyidagi savollarga javob topingchi...

l.O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti kim?

2.Buxoro amirligining birinchi amiri kim bo'lgan?

3.Birinchi        fazogir ayol kim edi?

4.lnsoniyat tarixida fazoga uchgan birinchi inson kim?

5.Fransiyaning birinchi imperatori kim bo'lgan?

6.Kinematografni      birinchi kim ixtiro qilgan?

 

6.TVT-tarixiy voqealar taqvimi.

(xronologik viktorina)

Bu o'yin o'quvchilarning joriy oyda insoniyat tarixida bo'lib o'tgan voqea - hodisalardan xabardorligi aniqlanadi.

 


 

O'QITISH JARAYONIDA O'YIN USULLARIDAN

O'QITISH JARAYONIDA O'YIN USULLARIDAN

O'yinning birinchi variant "Savolga javob ber"deb nomlanadi

O'yinning birinchi variant "Savolga javob ber"deb nomlanadi

ZANJIR O`YINI. Zanjir o`yini tarixga oid sanalarni xotirada ko'proq saqlab qolishga yordam beradi

ZANJIR O`YINI. Zanjir o`yini tarixga oid sanalarni xotirada ko'proq saqlab qolishga yordam beradi

Soqachalarni aralashtirib , o'yin ishtirokchilariga tarqatiladi

Soqachalarni aralashtirib , o'yin ishtirokchilariga tarqatiladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
04.04.2021