О'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan, O'zbekiston hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini O'zbekiston Respublikasining Bosh prokuron va unga bo'ysunuvchi prokurorlar nazorat qiladilar.
Prokuratura organlarining maqsad va vazifalari birinchi navbatda qonunning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek, davlat mustaqilligini, Konstitutsiyaviy tuzum
asoslarini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini g'ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgan.Лекция на узбекском языке
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
PROKURATURA ORGANLARINING
HUQUQIY
ASOSLARI
Reja
3. Prokuratura organlari tizimi.
1.Prokuratura organlari faoliyatining asosiy
2.Prokuratura organlari faoliyati prinsiplari.
yo'nalishlari.О'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan, O'zbekiston
hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini O'zbekiston
Respublikasining Bosh prokuron va unga bo'ysunuvchi prokurorlar
nazorat qiladilar.
Prokuratura organlarining maqsad va vazifalari birinchi navbatda
qonunning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-
tartibotni mustahkamlashga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek, davlat
mustaqilligini, Konstitutsiyaviy tuzum
asoslarini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy
tuzilmalarning huquqlarini g'ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza
qilishni ta'minlashga qaratilgan. O'zbekiston Respublikasi prokuratura
idoralari faoliyatini tashkil etish hamda prokurorlarning vakolatlari
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2001-yil 11-mayda qabul
qilingan «Prokuratura to'g'risida»(yangi tahrirda)gi Qonun va
O'zbekiston Respublikasi hududida amalda bo'lgan boshqa qonun
hujjatlari bilan belgilanadi.
«Prokuratura to'g'risida» (yangi tahrirda)gi Qo-nunning 4-moddasiga
muvofiq, prokuratura organlari o'z faoliyatlarini quyidagi asosiy
yo'nalishlarda amalga oshiradilar:
— vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini o'zi
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek
fuqarolar tomonidan qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
— ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy
jazolarni va jinoyathuquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish
chog'ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
— O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat
qo'mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya
etilishi ustidan nazorat qilish;
— qonuniylikni ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi
faoliyatini muvoiiqlashtirish;
— jinoyat yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
— sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonun hujjatlarini
qo'llash amaliyoti to'g'risidagi masalalar sud tomonidan
ko'rilayotganda ishtirok etish;
— qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni
oshirish ishida ishtirok etish kabilardir.
Prokuratura organlari O'zbekiston Respublikasi faoliyati prinsiplari
prokuratura organlari faoliyatini amalga oshirishning o'ziga xos
prinsiplari mavjud. Quyi pog'onadagi prokurorlar yuqori pog'onadagi
prokurorlarga bo'ysunish tartibida O'zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori boshchiligidagi yagona markazlashgan tizimni tashkiletadilar. Ushbu tamoyil barcha darajadagi prokurorlar oldida turgan
maqsad va vazifalarning birligini hamda qonunlarning ijro etilishi
ustidan nazoratni amalga oshirish shakli va uslublarining umumiyligini,
qonun buzilishi holatlariga nisbatan prokurorning ta'sir ko'rsatish
vositalari, shuningdek qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini
ko'rish-ning yagonaligini anglatadi.
Prokuraturaning yagona va markazlashtirilganligi prokuratura
tizimining barcha boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning
qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlarining na-zoratini amalga
oshirishda ifodalanadi. Ushbu prinsip O'zbekiston Respublikasining
hududida yagona qonunchilikning o'rnatilishini ta'minlaydi.
Prokuratura organlari nazoratni va o'z vakolatlarini davlat hokimiyati
hamda mahalliy boshqaruv idoralaridan, mansabdor shaxslardan,
jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda, O'zbekiston Respublikasi
hududida amal qilib turgan qonunlarga, xalqaro va davlatlararo
shartnomalarga (bitimlarga) qat'iy rioya etib va faqat O'zbekiston
Respublikasi Bosh prokuroriga bo'ysungan holda amalga oshiradilar,
Prokuratura faoliyati faqat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy
Majlis nazoratida bo'ladi. Prokuraturaning qonunlar ijro etilishini
nazorat qilish, jinoiy ishlarni tergov qilish, shikoyatlar, arizalar va
xabarlarni tekshirish, kadrlarni tanlash va joyjoyiga qo'yish
borasidagi faoliyatiga davlat
hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jamoat tashkilotlari,
shuningdek, mansabdor shaxs-larning aralashishi taqiqlanadi.
Prokuraturaning mus-taqilligi, prokuratura organlarining tashkiliy
tuzilishi, ulardagi bo'ysunish va hisob berish tartibi amalga oshirilishi
bilan ta'minlanadi. Har bir prokuror o'z faoliyatida mustaqil bo'lib, o'z
vazifasini bajarishda qonunlarga va ularga muvofiq O'zbekiston
Respub-likasi Bosh prokurori tomonidan chiqarilgan buyruqlar,
qo'llanmalar va ko'rsatmalarga amal qiladi. Prokurorlar o'z vakolatlari
davrlarida siyosiy maqsad-ni ko'zlagan siyosiy partiyalar va boshqa
jamoat birlashmalariga a'zolikni to'xtatib turadilar.
Prokuratura organlari qonuniylik hamda jinoyatchilikning ahvoli, asosiy
yo'nalishlari to'g'risida, boshqaruv idoralari tomonidan qonunlarga
rioya eti-lishini ta'minlash, davlat va jamoat tartibini saqlash,
fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish borasidagi vazifalar qanday
bajarilayotganligidan, tegishliligiga qarab, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentini, Oliy Majlisni, Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat
hokimiyatining oliy idoralarini, O'zbekiston hukumatini, xalq
deputatlarining mahalliy Kengashlarini, hokimlarni xabardor etadilar.
Qonuniylik tamoyili deganda nafaqat prokuratura idoralarining boshqa
davlat idoralari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan
qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishini, balki barcha prokurorlar vaular itoatidagi xodimlarning o'z faoliyatida qonun talablariga qat'iy
amal qilishlarini ham tushunmoq lozim.
Prokuratura organlari fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza
qilish to'g'risidagi, shuningdek, davlat siri hamda qonun bilan
muhofaza qilinadigan boshqa sirni saqlash haqidagi qonun talablariga
zid kelmaydigan darajada ish ko'radilar.
Prokurorning qonunda ko'rsatilgan vakolatlarini bajarish yuzasidan
qo'ygan talablarini bajarish barcha idoralar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar uchun majburiydir. Prokuror talablarini to'la bajarishning
majburiyligi va Prokurorning o'z vazifalarini monelik-siz amalga
oshirishi qonun bilan kafolatlangan.
Prokuratura organlari qonuniylikni ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi
kurash borasidagi faoliyatida jamoatchilik bilan hamkorlikda harakat
qiladi. Prokuratura organlari o'z faoliyatida oshkoralikni ta'minlash
maqsadida:
— qonuniylik va jinoyatchilikning ahvoli to'g'risida jamoatchilikni
muntazam xabardor qilib boradilar;
— ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazib
turadilar;
— deputatlarning hamda ommaviy axborot vositalarining
murojaatlariga qonunda belgilangan tartibda axborot taqdim etadilar.
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari prokuratura
organlari hay'atlari hamda muvofiqlashtiruvchi kengashlari majlislariga
taklif etilishlari mumkin.
Prokuratura tizimi O'zbekiston Respublikasi miqyoorganlari tizimida
O'zbekiston Bosh prokuroriga bo'ysunuvchi
prokuratura organlari yig'indisidan iborat bo'lib, bu
qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishining nazoratini ta'minlash
bilan bog'liq umumiy funksiyani amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi prokuratura idoralari tiimini O'zbekiston
Respublikasi Prokuraturasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
Prokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar,
tumanlararo va boshqa hududiy prokuraturalar tashkil etadi.
O'zbekiston respublikasi prokuratura idoralarining tizimiga,
shuningdek, transport, harbiy, tabiat muhofazasi prokuraturalari va
boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar ham kiradi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan
viloyatlar va tumanlar prokuraturalariga tenglashtirilgan boshqa
prokuraturalar, tuman prokuraturalariga ega bo'lgan shaharlarda esa
tuman prokuraturalariga bo'ysunadigan shahar prokuraturalari tuzilishi
mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tuziladigan
transport, tabiat muhofazasi proku-raturalari, boshqa ixtisoslashtirilgan
prokuraturalar viloyatlar, tumanlar prokuraturalari, tumanlararoprokuraturalar yoki shahar prokuraturalari vakolati bilan tashkil etiladi
hamda faoliyat ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy Prokuraturasini
tashkil etish va uning ish tar-tibi «Prokuratura to'g'risida» (yangi
tahrirda)gi Qonun, boshqa qonun hujjatlari hamda O'zbekiston
Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tas-diqlanadigan
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy Prokuraturasi
to'g'risidagi nizom bilan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Konstitutsiyasiga
muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan besh yil
muddatga tayinlanib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis
oldida hisobdordir.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining bi-rinchi o'rinbosari va
o'rinbosarlari Respublika Prezidenti tomonidan tayinlanadi va
vazifasidan ozod etiladi, keyin Oliy Majlis tasdig'idan o'tadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori O'zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat
hokimi-yatining oUy organi tomonidan besh yil muddatga tayinlanadi
va ular oldida hisobdordir. Viloyat prokurorlari va Toshkent shahri
prokurori hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar O'zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori tomonidan besh yil muddatga
tayinlanadilar, unga bo'ysunadilar va uning oldida hisobdordirlar.
Shahar, tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar
(harbiy qo'shin prokurori, harbiy garnizonlar, transport prokurorlari va
ixtisoslashtirilgan prokuraturalarning prokurorlari) O'zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori tomonidan besh yil muddatga
tayinlanadilar, o'zidan yuqori pog'onadagi prokurorlar va O'zbekiston
Respublikasi Bosh prokuroriga bo'ysunadilar hamda ular oldida
hisobdordirlar. Quyi prokurorlarning bevosita O'zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori tomonidan tayinlanishi ularning mahalliy ta'sirlardan
mustaqilligining muhim kafolatlaridan biridir.
O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari-ning faoliyatini tashkil
etish tartibi «Prokuratura to'g'risida» (yangi tahrirda)gi Qonunda
batafsil ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi prokuraturasiga O'zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori boshchilik qiladi. Respublika prokuraturasida Bosh
prokuror, uning bi-rinchi o'rinbosarlari, o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston
Respublikasi prokurori, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining
harbiy prokurori, prokuratura idoralarining boshqa rahbar xodimlaridan
iborat tar-tibda hay'at tuziladi. Hay'atning shaxsiy tarkibini O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasida bosh boshqarmalar,
boshqarmalar va bo'limlar tuzilib, ular-da katta prokurorlar va
prokurorlar bo'ladi.Prokuror nazorati — bu O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va
unga bo'ysunuvchi prokurorlarning O'zbekiston Respublikasi hududida
barcha vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, davlat nazorati organlari,
hokimlar, kimga bo'ysunishidan, kimning tasarrufida bo'lishidan va
mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, boshqaruv organlari, korxonalar,
tashkilotlar, mansab-
dor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunlarning aniq va
bir xilda bajarilishini ta'minlash, har qanday qonun buzilishi, uning
sabablari va shart-sharoitlariga o'z vaqtida barham berish, buzilgan
huquqlarni tiklash hamda aybdorlarni belgilangan tartibda qonuniy
javobgarlikka tortish yo'li bilan davlat nomidan amalga oshiriladigan
faoliyatdir.
Prokuror va uning o'rinbosarlari qonunlarga rioya etilish ustidan
umumiy nazorat faoliyatida quyidagi huquqiy va boshqa hujjatlarni
qabul qilishlari mumkin: mansabdor shaxslarning qonuniy qarorlari va
xatti-harakatlariga nisbatan protest keltirish; qonunni ochiqdan-ochiq
buzish hollariga chek qo'yish to'g'risida amrnoma berish; qonunning
buzilishiga yo'l qo'ymaslik xususida mansabdor shaxslar va fuqarolarga
yozma ravishda ogohnoma bildirish; davlat idoralari, jamoat
birlashmalari va mansabdor shaxslarga qonunbuzarlik hollarini,
shuningdek qonun buzilishining sabablari va bunga yo'l ochib bergan
shartharoitlarni bartaraf etish to'g'risida taqdimnomalar kiritish;
fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan
muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish to'g'risida sudlar yoki
xo'jalik sudlariga ariza bilan murojaat etish.
Foydalangan adabiyot
1.«O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini o’rganish»
Kursi o’quv qo’llanmasi.
Prokuratura to'g'risidagi qonunda, bulardan tashqari, prokurorlarning
nazoratni amalga oshirish va qonun buzilishlarga ta'sir ko'rsatish
huquqiy vositalari, jinoyatchilikka qarshi kurash idoralarining
qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat qilish; sudlar-da ishlarning
ko'rib chiqilishida prokurorning vakolat-lari va prokuratura idoralarining
faoliyatini tashkil etishga doir boshqa masalalar aniq belgilab berilgan.
Bilimingizni mustahkamlang
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Prokuratura to'g'risida»gi
O'zbekiston Respublikasi Qonunini o'rganish asosida quiydagilar haqida
mulohazalaringizni bayon qiling:
1. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari?
2. Prokuratura organlari faoliyati asosiy prinsiplari?3. Prokuratura organlari tizimi, ularning qonuniylikni ta'-minlashdagi
o'rni?
Axborot banki
Prokuratura to'g'risida ma'lumot beruvchi huquqiy adabi-yotlar va
ommaviy axborot vositalarida chop etilgan materiallarni o'rganib,
ularning ro'yxati jamlangan axborot bankini yarating hamda ular
to'g'risida dars jarayonida o'z mulohazalaringizni bildiring.
Mustaqil Prokuratura va yoshlar hamkorligini fikr
mustahkamlash yuzasidan fikringizni ayting.
1. Prokuratura va yoshlar hamkorligini mustahkamlash omillari.
2. Yoshlarning qonuniylikni ta'minlashda faol ishtiroki ahamiyati.
3. Voyaga yetmagan yoshlarning huquqlarini ta'minlashda Prokuratura
organlarining o'rni.