Негативное влияние промышленности и окружающей среды на окружающую среду. Проблемные аспекты производства.
Оценка 4.8

Негативное влияние промышленности и окружающей среды на окружающую среду. Проблемные аспекты производства.

Оценка 4.8
Научно-исследовательская работа
docx
МХК
Взрослым
19.02.2022
Негативное влияние промышленности и окружающей среды на окружающую среду.  Проблемные аспекты производства.
Негативное влияние промышленности и окружающей среды на окружающую среду. Проблемные аспекты производства.
2_5199934604827431972.docx

Sanoat korxonalarining atrof muhitga ta’siri va Ekologik muammolarning kelib chiqishida ishlab chiqarishning o’rnini qiyosiy tahlili va yechimlari

Alisherov Shoxruxbek Mirzohidjon og’li

Farg’ona Politexnika Instituti Qurilish fakulteti Geodeziya Kartografiya va Kadastr yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Toshmatov Ulug’bek Qodirjon og’li

Farg’ona Politexnika Instituti Qurilish fakulteti Shahar Qurilishi yo’nalishi 2-bosqich talabasi

 

Kalit so`zlar;issiqxona effekti,zavodlar, fan-texnika inqilobi,zararlanish, uglerod oksidi, yurak kasalliklari,o`pka raki, iqlim o`zgarishi, hayvonlar, o`simliklar,transport vositalari, tuproq ifloslanishi, tabiiy ofatlar,yog`li yoqilg`ilar.

Keywords:greenhouse effect, factories, scientific and technological revolution, pollution, carbon monoxide, heart disease, lung cancer, climate change, animals, plants, vehicles, soil pollution, natural disasters, oil.

Ключевые слова: парниковый эффект, фабрики, научно-техническая революция, загрязнение, окись углерода, болезни сердца, рак легких, изменение климата, животные, растения, транспортные средства, загрязнение почвы, стихийные бедствия, нефтяное топливо.

Anotatsiya; ushbu maqolada ishlab chiqarish korxonalari hamda transport vositalarining atrof muhitga hususan inson salomatligi atmosfera,hayvonot va o`simlik olami,tuproq qatlami, ichki hamda okean suvalariga keltirayotgan zarari va boshqa mummolar, fan-texnika inqilobining tabiatga ko`rsatgan salbiy tasiri va  ularga yechimlar haqida fikr yuritilgan.

Annotation; This article discusses the impact of industrial enterprises and vehicles on the environment, especially human health, the atmosphere, fauna and flora, soil, inland and ocean waters, and other issues, the negative impact of the scientific and technological revolution on nature and solutions. referred to.

Аннотация; В этой статье обсуждается влияние промышленных предприятий и транспортных средств на окружающую среду, особенно на здоровье человека, атмосферу, фауну и флору, почву, внутренние и океанские воды, а также другие вопросы, негативное влияние научно-технической революции на природу и решения. упомянутый.

  Hozirgi davrda fan va texnika rivojlanishini o`zida mujassamlashtirgan milliy va mintaqaviy iqtisodiyotni eng muhim tarqibiy qismlari bo`lgan sanoat va transport har qanday hududning rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi.

     Ishlab chiqariish  kuchlarining oqilona joylashtirish va rivojlantirishni noto`g`ri tashkil qilish tabiiy muhitga, ayniqsa aholi sihat-salomatligiga salbiy tasir ko`rsatadi. Albatta sanoat korxonalari, zavodlarni atrof-muhitni katta zararlayotganligiga shubxa yo`q. Aslida, iqlim o`zgarishiga sabab bo`lgan ifloslanishning 2/3 zavodlar aybdor deb davo qilinadi. Atrof-muhitga zaharli va xavfli materiallardan kelib chiqadigan ifloslanish natijasida nafaqat sayyoramiz ekotizimiga,balki bizning sog`ligimizga ham katta xavf tug`diradi. Sanoat korxonalari,zavodlar sayyoraga texnogen zarar yetkazayotgan yagona omil bo`lmasada katta qismini qamrab oladi. Dunyo bo`ylab hukumatlarning zavodlarni, korxonalarni ifloslanish miqdorini kamaytirishga qaratilgan say-harakatlariga qaramay,sayyoramiz kuchli o`zgarishga uchramoqda. Sanoat korxonalari va transport vositalaridan chiqarilayotgan chiqindilari quyidagi jarayonlarga o`z tasirini o`tkazmoqda;global isish va iqlim o`zgarishing katta qismini so`ngi yillarda sanoatni jadal rivojlanayotgani bilan bog`lash mumkun. Zaharli moddalar va gazlar yondirilganida korbonat angdrid va metan kabi gazlar atmosferaga chiqariladi. Bu gazlar quyosh nurlanishini o`zlashtira olganligi sabab  ular sayyora haroratiga bevosita tasir qiladi. Global isish quyidagi holatlarga olib kelishi mumkun;dengiz sathining ko`tarilishi,yerda havo haroratining ko`tarilishi,hayvonlar turlarining yo`q bo`lib ketishi xavfi ,suv toshqini,sunami,tayfun,bo`ron, va boshqa tabiiy ofatlarining ko`payishi,muzliklarni erishi ,bundan tashqari vabo, bezgak,karonavirus kabi kasalliklarni yuqtirish xavfini hisobga olmaganda, bizni inson sifatida mavjudligimiz ham xavf ostida bo`lishi mumkun. Zavod, korxonalar va avtomobillar chiqaradigan zaharli gazlar birgalikda inson salomatligiga jiddiy tasir etib surunkali nafas olish kasalliklari, o`pka saratoni, yurak hamda boshqa kasalliklarning rivojlanishiga sharoit yaratadi.  Havoning ifloslanishi yovvoyi tabiatimizga ham tasir qiladi, o`simlik va hayvon turlarining yo`q bo`lib ketishiga olib keladi .Ishlab chiqarish korxonalari, zavodlar butun dunyo bo`ylab suv ifloslanishining asosiy omili hisoblanadi. Katta suv yo`llariga ifloslangan suv,gazlar,kimyoviy moddalar,og`ir metallar,rodiaktiv moddalarni noqonuniy tashlab yuborilishi butun dengiz hayoti va atrof-muhitga zarar yetkazadi. Albatta bunday hol barcha zavodlarda kuzatilmaydi,biroq sayyoramizning tartibga solinmagan qismlarida joylashgan zavodlar o`zlarining zaharli chiqindilarini okeanlarga yoki daryolarga tashlab ,undan ancha arzonroq qutilishari mumkun. Tuproq ifloslanishi ko`p hollarda sanoat chiqindilari poligonlarga tashlanishidan hosil bo`ladi. Ushbu kimyoviy moddalar tuproq unumdorligini buzishi,ekin unumdorligini pasayishi, va hatto biz istemol qiladigan oziq-ovqatlarning isloslanishiga ham olib kelishi mumkun. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma`lumotlariga ko`ra o`pka saratoni tashxisi qo`yilgan bemorlarning 5 foizi  yuqoridagi zararlanishlar bilan bog`liq. Qolaversa ko`krak qafasi infeksiyalari,yurak kasalliklarining kichik qismiga ham zararlanishlar sabab qilib ko`rsatiladi.

Yog`och, ko`mir, neftga bo`lgan kuchli extiyojimiz sababli tabiat bilan bog'liq ko`plab muammolar vujudga kelmoqda. Biz qazilmalarni qidirishimiz va o`zlashtirishimiz tabiiy landshaftga  xavf soladi. O`rmonlarning kesilishi o`sha joyga hos hayvonlarni va boshqa yovvoyi tabiatni yo`q qilinishiga sabab bo`lmoqda. Konchilik ham hayvonlarni tirik qolish umidida,yashash uchun  joy izlashga majbur qiladi. Neftning sizib chiqishi, tasodifiy to`kilishi, yovvoyi tabiatga jiyon yetkazadi. Yuqoridagi barcha sabablarga ko`ra,ko`plab turlar yo`q bo`lib ketish arafasida,agar sayyoraga yetkaziladigan zarar miqdorini kamaytirmasak ,yana ko`p turlar shunday taqdirga duch kelishi mumkin.

Yana bir yirik zararlatish ko`rsatkichlari transport vositalariga to`g`ri keladi. Lekin shunday bo`lsa ham insonlar ko`p narsalarni o`zgartirishlari mumkun. O `n sakkizinchi asrning ikkinchi yarmida qo`l mehnati o`rnini mashinasozlik kashfyotlari egallay boshladi va ular o`z navbatida ko`mir va neftli yoqilg`ilardan foydalanish ko`rsatkichlarini ko`paytirdi. Tabiiyki avtomobillar,bug` bilan ishlaydigan poezdlar,qayiqlar, samalyotlar yog`li yoqilg`ilar bilan ishlaydi. Ular yoqilganda atmosferaga ko`p miqdordagi korbonat angdrid gazi chiqaradi,bu esa sayyorani sanoat inqilobidan oldingi ko`rsatkichlarga qaraganda ancha tez suratlarda va yuqori haroratda isishi, yigirma birincha asrda kuzatilgan iqlim o`zgarishi va ‘’issiqxona effekti’’ga olib keldi. 2017-yilda AQSH transport sektori mamlakatda chiqariladigan issiqxona gazlarining eng katta 29 foizini tashkil qildi. Global miqyosda har yili emissiyaning 15-20 foizi transport hissasiga to`gri keladi. Iqlim o`zgarishidan xavotirda  bo`lganlar transportning yer atmosferasiga ta’sirini yumshatish uchun choralar ko`rishmoqda. Avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektr transport vositalarini ishlab chiqarib,keng targ`ib qilishayotgan bo`lsa, olimlar muqobil energiyalarni o`rganishmoqda. Qayta tiknaladigan energiya manbalaridan yaratilgan bu yoqilg`i xujayralari qazib olinadigan yoqilg`iga qaramlikni tugatishga yordam beradi. Elekt quvvati bilan ishlaydigan temir yo`llar,tez yurar poezdlar a'nanaviy dizel poezdlariga qaraganda kamroq korbanad angdrid chiqaradi. Ba`zi mamalakatlar masalan, Angliya,”tez-tez uchish uchun yig`im”ni joriy etishni ko`rib chiqmoqda bu esa o`sha yili amalga oshirilgan parvozlar uchun jismoniy shaxslarning soliqlarini bosqischma-bosqich amalga oshiradi. Qisqa masofalar uchun piyoda yoki velosipedda harakatlanish uglerod chiqindilarini kamaytirish yoki yo`q qilish uchun aniq tanlovdir. Avtobuslar trolleybus,metrolar mashina haydashdan yaxshiroq,chunki transport vositasida qancha ko`p odam odam sayohat qilsa, har bir kishiga to`g`ri keladiga uglerod izi shuncha kamayadi. Uzoq masofalarga sayot qilingan barcha holatlarda poezdlardan foydalanish samolyotlarga qaraganda ancha past zararli chiqindiga ega agar u elektr poezd bo`lsa.(elektr poezdlari dizel poezdlarga qaraganda ikki marotaba kam zararlanish ko`rsatgichlariga ega. Avtomobillar poezdlar va avtobuslarga qaraganda ko`proq emissiyaga ega bo`lsada lekin, mashinada ko`pchiik bo`lib harakatlanilish havo transportidan ko`ra kamroq zararlanish keltiradi. Qisqa reyslarni avtomobil yoki poezd safari bilan almashtirish maqsadga muofiqdir. Agar havo transportidan foydalanishdan o`zga chora bo`lmasa uglerod izini kamaytirish uchun ba’zi umumiy qoidalar mavjud. Emissiyalar  miqdori turli aviakompaniyalar va avtomobillarda turilicha va ular orasida katta katta farq qiladi.  Quyidagi rasmda ayrim kundalik hayotimizdagi ayrim chiqindilarning yo`q bo`lish uchun talab etiladigan vaqt ko`rsatchiklari keltirilgan.


                                             

Foydalanilgan Adabiyotlar ro’yxati

1.      Sultonov P.S, Ahmedov B.P. ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari.

2.      “National geographic”jurnali


 

3.     

Sanoat korxonalarining atrof muhitga ta’siri va

Sanoat korxonalarining atrof muhitga ta’siri va

Sanoat korxonalari,zavodlar sayyoraga texnogen zarar yetkazayotgan yagona omil bo`lmasada katta qismini qamrab oladi

Sanoat korxonalari,zavodlar sayyoraga texnogen zarar yetkazayotgan yagona omil bo`lmasada katta qismini qamrab oladi

AQSH transport sektori mamlakatda chiqariladigan issiqxona gazlarining eng katta 29 foizini tashkil qildi

AQSH transport sektori mamlakatda chiqariladigan issiqxona gazlarining eng katta 29 foizini tashkil qildi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
19.02.2022