O`quvchilarning suvga bo`lgan ehtiyoji va uni ichish qoidalari.
Оценка 4.9

O`quvchilarning suvga bo`lgan ehtiyoji va uni ichish qoidalari.

Оценка 4.9
Научные работы
docx
химия
1 кл—9 кл
04.04.2021
O`quvchilarning suvga bo`lgan ehtiyoji va uni ichish qoidalari.
сув мақола.docx

O`quvchilarning suvga bo`lgan ehtiyoji va uni ichish qoidalari.

Suleymanova N.D.

Farg`ona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati kimyo fani o`qituvchisi.

Bolalar-bizning kelajagimiz. biz ular timsolida kelajakni ko`ramiz, kelajakda ular baxtli bo`lishlarini, cog`lom, chin inson bo`lib kamol topishlarini istaymiz. Buning uchun biz ularga to`g`ri tarbiya berishimiz kerak.

Tarbiya ham qat`iy qoidalarga asoslangan, o`zgacha sir-asrorlardan iborat fan. Uni yaxshi o`zlashtirgan ota-onagina bola tarbiyasida adashmaydi. Tarbiya bola qalbiga yo`l oluvchi asosiy “kalit” mehr hisoblanadi. Har bir bola qalbiga alohida e`tabor zarur.

Evropa davlatlarida o`quvchilarning salohiyatlari intelekt koeffitsiyent testlar yordamida aniqlanadi. Hayotda esa odamning zakovati o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishishi, mantiqiy jihatdan samarali o`ylab, o`z ishidan o`zi kamchilik topishi, hatosini bartaraf etish yo`llarini topishi, o`z fikrini mantiqan asoslab berish qobiliyatiga egaligi bilan ifodalanadi.

Amerikalik olimlarning ta`kidlashicha itelektual salohiyatning o`sishini uch qismga bo`linadi:

1.                     20-30 foiz nasliga bog`liq;

2.                     20-30 foiz miyaga suv, ozuqa yetkazib berishga, xotirani yaxshilash usullari va terapiyaga bog`liq;

3.                     40-50 foiz ustoz-o`qituvchilarga bog`liq.

Bolalar zakovatini oshirishda miya faoliyatini, uning qobiliyatini kuchaytiruvchi biologik qo`simchlar ham kata ro`l  o`ynaudi. Bularga glitsin, tanakan va boshqa dori-darmonlar kiradi.  Ular AQSH va Evropa tibbiyotida keng qo`llaniladi.

Toza suv – yashillik olami manbai, yaxshi shifokor va bebaho boylik, hamda do`st. ayniqsa suvdan foydalanish nihoyatda muhim.    Suv  tanamizning o`rtacha 70 % ni tashkil qiladi. Inson tasasi shuncha miqdordagi suvni saqlab turishi kerak. Ko`plab miqdordagi meva va sabzavotlarni iste`mol qilinsa a`zolarimizni suv bilan ta`minlagan bo`ladi.

Qadim zamonlardan beri ko`plab bemorlarni suv bilan davolab keladilar. Tarixdan ma`lumki, qadim-qadimda Turon zaminida misrliklar, assuriyaliklar, eronliklar, greklar, xindlar, xitoyliklar va amerikalik xindulari suv bilan davolanishning bir necha turidan fo`ydalanib, darddan forig` bo`lganlar.

Har bir odam kun davomida 2-2.5 litr suv ichish organism uchun foydali. Suv ovqatdan ham muhim. Chunki inson tanasining yarmidan ko`pi suvdan iborat.  Suyaklarning uchdan biri ham suvdan iborat. Tanamizdagi suvning 10%ni yo`qotish juda havfli, 20% yo`qotish esa halokatli, suv yetishmasligi tanamizdagi kimyoviy jarayonlarni buzadi. Tanamizdagi suv mutanosibligi ushlab turilganidangina hayot faoliyati meyotida ketadi. Kislorod va suv odam hamda hayvonlar hayoti uchun muhim omil. Inson ovqatsiz besh hafta chidashi mumkin. Lekin suvsiz uch kun chidaydi xolos.

Barcha narsa suv bilan tirik. Suvsiz tirik hujayralardagi protoplazma yo`q bo`ladi. To`qima qurisa faoliyat to`xtaydi. To`qima doim suyuqlik oqimida bo`lishi kerak. Ayniqsa inson to`qimasida, tanamizda 5 litrdan ortiq qon mavjud. Ovqat chiqindisi tanamizdan tashqariga suyuq holda chiqadi. Kislorodda namlik bo`lmasa, o`pkaga singa olmaydi. Shuningdek, uglerod ovqatini luqma holiga keltiradi. Suv kimyoviy jarayonlar tufayli bizga quvvat beradi.

Ma`lumki, chiqindilarning bir qismi odam issiqda terlaganda terlash orqali chiqib ketadi.

Konditsioner esa odamni terlatgani qo`ymaydi, binobarin chiqindilar chiqib ketmay, to`planadi.

Ko`p miqdordagi suv teri orqali bug`lanadi. Bunda faqat chiqindilardan xalos bo`lib qolmay balki, boshqa maqsadlar amalga oshadi. Inson buyragi ko`p suv talab qiladi. Zarur bo`lgan suv miqdori ishlayotgan suvga bog`liq.

Buyrakdan o`tayotgan   har bir litr suv tanamizdagi 90 gramm chiqindini olib chiqib ketadi. Bu me`yoriy jarayon suv miqdori 0,25 litrdan past bo`lmasligi kerak.

Suv namlikni saqlaydi. Mo`tadil haroratda bo`lgan tirik a`zo uchun suv sovutgich hisoblanadi. Inson tanasi mo`tadil 36,60 (daraja)da bo`lib sharoit va atrof-muhitning qay yo`sinda bo`lishidan qat`iy nazar, doim shunday bo`lib turadi. Terlash tufayli harorat mutanosiblashib turadi. Bundan tashqari, chorak qism issiqlik tanamizda kislorod va oziqning hazm bo`lish jarayonida, ya`ni nafas olishda chiqib ketadi. Organizm terlash tufayli bir soatda 0,5litr suvni yo`qotishi mumkin. Sovuq vaqtida terlash kamayib barcha suv to`qimalarga to`planadi.

Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, odam bir kunda osoyishtalik holatida o`pka va teri orqali ortacha 300 litr suyuqlik yo`qotar ekan. Uzoq masofaga yuguruvchi soatiga 4 litr litr yo`qotsa, futbolchi 6 litr suv yo`qotadi.

Inson tanasi suvni o`zi uchun topishi kerak. Birinchi yo`l bu suvli mahsulotlarni iste`mol qilish, meva, sharbat, suyuq ovqatlar, ichimliklar va xokozolar. Ovqatning tanaga mo`tadil tushib turishi esa ikkinchi suv manbai hisoblanadi. Tuxumning 70 foizi, mevalarning 80 foizi suvdan iborat. Quruq va qattiq mahsulotlarda ham 25 foiz suv bo`ladi.

Uchinchi suv manbai metabolizm bo`lib, kimyoviy jarayoni tufayli, tanada metobiologik suv hosil bo`ladi. Bu ovqat tanaga tushgan keyin to`qimalar o`zlashtirayotganda hosil bo`ladi. Misol qilib tuya xayvonini  olaylik. Tuya suv ichmay turib, kerak bo`lgan suvni iste`mol qilgan oziqalaridan ishlab chiqara oladi.

Odam bir kunda o`rtacha 2,5 litrga yaqin suyuqlik iste`mol qiladi, tanada esa 5 litr suv aylanadi. O`rtadagi farq metabolik suv hisobiga olinadi.

Suv meterologik sharoitlarga qarab, tuman, bulut, yomg`ir, qirov, qor, do`l, muz shaklida bo`ladi. Suv ko`pgina moddalarni o`zida eritadi, shu sababli tabiatda kimyoviy jihatdan toza suv yo`q. Suvda erigan moddalarning tarkibiga qarab, odatda uning sho`rligi turlicha, ya`ni chuchuk, sho`r va o`rta sho`r bo`ladi. Turmushda chuchuk suvning ahamiyati muhim. Chunki dunyodagi suv zahiralarining 2,5 foizigina chuchuk suvdan iborat xalos. Bu xolat dunyoda dolzarb muammo bo`lib, 7,5 milliard axolini chuchuk suv bilan ta`minlash hozirgi vaqtda yechimi topilgani yo`q.

Bundan tashqari suv turlari – daryo, dengiz, okean, ko`l, yer osti suvlari, quduq suvi, ichimlik suvi, buloq suvi, tozalangan suvlar borki, ularning kimyoviy tarkibi har xil bo`lib bir-biridan ana shu kimyoviy jihati va olinishi bilan farqlanadi.

Ibn Sino safardagilar ichadigan suv masalasiga alohida to`xtalib o`tgan. Uning yozishicha, safarda paydo bo`ladigan eng og`ir qiyinchilik suv tanqisligidir. Yo`lga olingan suv yetmay qolganda cho`llardagi ko`lmak suvlardan foydalanishga to`g`ri keladi. Bunday suvni avval tozalab ichishga yaroqli qilish kerak. Ibn Sino suvni tozalashning bir necha usulini ko`rsatgan.  Uning yozishicha, suvni tozalashning eng yaxshi usuli uni bug`latib, so`ng qaytadan suvga aylantirishdir (distillyatsiya). Buning iloji bo`lmasa suvga toza tuproq solib, uni chayqatib aralashtirib, so`ng tindiriladi. Shunday suvdagi chiqindilar tuproq bilan birga idish tagiga cho`kib, suv tozalanadi. Ko`mirni ham suvni tozalashda ishlatilgan. Suvga to`rg`ab solingan piyoz ham uni tozalaydi. Sirka ham suvning zararli ta`sirini yo`qotadi.

Suv va tabiat muhofazasi bilan bog`liq muammolar globallashmoqdaki, butun dunyo aholisi aziyat ko`rmoqda.

Ayni damda 2,3 milliard aholini suv bilan ta`minlash muammo bo`lmoqda, 1,5 milliarddan ziyoda odam esa toza ichimlik suviga ehtiyoj sezadi, 400 milliard kishini suvsizlik muammosi anchadan beri qiynaydi.

Agar ahvol shunday davom etsa, yana bir necha o`n yillikdan keyin shahar aholisining har uchtadan bittasi toza ichimlik suviga muxtoj bo`ladi. BMT ma`lumotlariga ko`ra, 2 milliard 700 ming kishi sanitariya talablariga javob bermaydigan muhitda istiqomat qiladi.

Ekologiyaning salbiy ta`siri natijasida xastaliklarning 20 foizi atrof-muhitning ifloslanishi tufayli kelib chiqmoqda. Hech bo`lmasa bu xolatni sekinlashtirish muhim ahamiyatga ega.

Jahon Sog`liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha, hozirda nafaqat Afrika, Osiyo, Amerika, balki aholisi nisbatan farovon yashaydigan Evropada ham suv tanqisligi muammosi kuzatilmoqda.

Agar ekologik xolat shunday davom etsa dunyodagi yirik daryolar Gang, Hind va Braxmatutra keyinchalik mavsumiy bo`lib qolishi ehtimoli mavjud.

Gang daryosi muqaddasligi shundaki suvi tarkibida kumush nihoyatda ko`p bo`lgamligi sababl chiqindilarni zudlik bilan tozalash xusuxiyatiga ega. Xindlarda Gang daryosi suvi hechqachon loyqalanmaydigan naql bor.

Aholining ekologik madaniyati nochor bo`lganligi sababli har kuni 2 million tonna chiqindi suvga oqiziladi.

Dunyo mamlakatlarida toza suvga bo`lgan talab ko`paygan sari isrofgarchilik ham ortib bormoqda. Har bir odam uchun  kun davomida 2,5-3l suv yetadi. Eng issiq mintaqalarda yashovchi Afrikada jon boshiga 70 litr suv ishlatilsa, Farg`ona shahrida bu miqdor 400-470 litrni tashkil qiladi.

Muqaddas dinimiz biz insonlarni isrofning barcha ko`rinishlaridan qaytargan va uning yomon oqibatlarini ham bayon qilib bergan. Bunga juda ko`p oyat va hadislarni misol qilib keltirish mumkin. Jumladan Quroni Karimda „Yenglar va ichinglar (lekin) isrof qilmanglar“.

U isrof qiluvchilarni sevmaydi“ – deyilgan (A`rof surasi, 31 surasi).

O`zbekistonda xalqning turmush tarzini yaxshilash, tibbiy savodxonligini oshirish borasida bir qancha ajoyib fikrlar o`quvchilarda xotirani mustahkamlash va naslni yaxshilash masalasiga  e`tiborni kuchaytirish bilan kelajak avlodni o`zimizdan 50 foiz aqlliroq, 50 foiz sog`lomroq va 50 foiz chidamroq qilib voyaga yetkazishga doir kerakli tavsiyalar ayni muddao bo`lishi mumkin.

Suqrot aytganidek: “Avval miyadagi qon-tomirlarni sog`lomlashtirish keyin esa uni bilimlar bilan to`ldirish kerak” o`quvchilar miyasi ham shunday tayyorgarlikni talab qiladi. Miyaning qanday ishlashi naslga, oiladagi muhitga, salomatlikka va ovqatlanishiga bog`liq. Agar o`quvchi yong`oq, mayiz, baliq, xurmo, olma kabi vitaminga boy mahsulotlarni ham iste`mol qilsa, suvni ham meyorda ichib tursa, miyasi yaxshi ishlaydi.

Miya qurib qolmasligi uchun o`quvchi dars paytida ham har 15-20daqiqada suv ichib turishi zarur. Gazli ichimliklar va “fast-food”larni umuman iste`mol qilmaslik kerak. Shunda darslarni yaxshi o`zlashtiradi.

Suv ichish oddiy narsa bo`lib tuyiladi, uni shunday tarzda ichish kerakki, undan organizm imkon qadar foyda topishi lozim. Ovqatlanishning to`g`ri va foyda beradigan usullari bo`lganidek, suv ichsihning ham tanani sog`lomlashtirishga yordam beradigan o`ziga xos xususiyatlari bor. Bu borada bizga Ayuverda yordam beradi. (Ayurevda-xindlarning qadimiy tibbiyot tizimi. Sanokrit tilidan tarjima qilinganda bu so`z “hayot haqidagi fan” degan ma`nosini bildiradi.

Suv ichish- piyoladagi suvni ho`plash yoki simirib yuborish emas. Agar suv ichishga tadqiqotchilar aytganidek, jiddiyroq va aql bilan yondashsangiz, salomatligingizni mustahkamlagan, organizmni ortiqcha qiynamagan bo`lasiz.

Ayurveda ta`minoti suv ichishda quyidagi tavsiyalarga amal qilishni maslahat beradi:

1.                     Avvalo, suvni huddi ovqatlanayotgamdagi kabi bamaylihotir o`tirib olib ichish kerak.

2.                     Oldin bir ho`plab iching, piyoladagi hamma suvni birdaniga ichib yubormang. Bir ho`plam ichgandan so`ng ozroq vaqt chuqur nafas olib o`tiring, keyin shunday tarzda favom ettiring.

3.                     Kun bo`yi kerakli suvni asta-sekinlik bilan ichib yuring. Agar siz  ko`p suyuqlikni birdaniga ichib yuborsangiz, tanangiz uni yaxshi singdira olmaydi. Suvning asosiy qismi hech qanaqa foyda bermay o`tib ketadi.

4.                     Suvning harorati kamida xona haroratiga teng bo`lishi kerak. Iliqlik doimo zarur. Sovuq yoki muzdek suv ichingizdagi “hazm qilish olovi” ni “ o`chiradi.

5.                     Ovqatlanib bo`lgandan keyin bir ho`plam suv ichish kerak. Agar siz taom yeyayotgan vaqtingizda ko`p suyuqlik ichsangiz oshqozonning hazm qilish jarayonini amalga oshirish uchun joy qolmaydi. Mazkur oddiy qoidani doimo yodda tuting: oshqozonning 50 foizini ovqat bilan 25 foizini suv bilan to`ldirish, qolgan 25 foizini hazm qilishni amalga oshirish uchun bo`sh qoldirish kerak.

6.                     Shu sababdan ham ovqatdan oldin ham keyin ham suv ichmang. Oshqozonning 25 foizini bo`sh qoldirishga harakat qiling.

7.                     Chanqaganingizni sezishingiz bilanoq uni qondiring, aslo ortga surmang. Chanqash – bu tabiiy xohish bo`lib, unga doimo bo`ysunish shart. Organizmning “chaqirig`iga” darhol javob bering.

8.                     Suv miqdoriga keladigan bo`lsak, bu “gavdamizga” qarab bo`lishi kerak. Ko`plar amal qiladigan kundalik 8  payola suv hammaga ham to`g`ri kelavermasligi aniq. Har bir odam tanasidagi suvning miqdorini aniqlab beradigan “o`lchagich” bor – chanqovdir.

9.                     Suvga muz solib ichish yaxshi emas. Agar organism chiniqmagan bo`lsa, bu shamollashga olib keladi. Shu bilan birga muzday suv ovqat hazm qilish tizimiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Shu bois ichiladigan suv harorati o`rtacha 7-15 darajadan past bo`lmasligi kerak.

10.                  Lablaringiz – tana holatidan xabar beruvchi yana bir vositadir. Agar lablar qurishib qolgan bo`lsa, tananing suvsiraganidan darakdir.

Suv ichish qoidalari juda oddiy. Asosiysi, tana signallarini vaqtida payqash va talabni qondirishdir. Lekin chanqovni oldini olish muhim ekanligini unutmang.

Ehtiyojdan ortiqcha ichilgan suv yurak – tomir tizimiga zo`rlik qiladi, ko`p terlab, ko`p tuz yo`qotishga va organizmning bo`shashishiga sabab bo`ladi. Negaki ortiqcha suyuqlik tufayli yurak urishi tezlashishi, arterial bosim oshishi, nafas siqishi, to`qimalar shishi, hazm qilish va ayrish tizimlari faoliyati izdan chiqishi mumkin. Ichimlik suvlari yerosti suvlari qatoriga mansub.

 

Foydalanilgan adabiyotlar

1.                     O`zbekiston Respublika Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning murojotnomasi 24 fevral 2020;

2.                     A. G`afurov, A. Rahmitillayev „suv va hayot“ „Farg`ona nashriyoti“ 2015 yil

3.                     A. G`afurov, R. Begmatov, O. G`afurov. Farg`ona vodiysi marvaridlari. Farg`ona nashriyoti 2019 yil.

4.                     Y. Solijonov. N. Rahimov “Suv keltirgan aziz” Farg`ona nashriyoti 2004

5.                     Shifo – info gazetasining 2017, 2020 yillarda chiqqan materillaridan foydalanildi.


 

O`quvchilarning suvga bo`lgan ehtiyoji va uni ichish qoidalari

O`quvchilarning suvga bo`lgan ehtiyoji va uni ichish qoidalari

Suyaklarning uchdan biri ham suvdan iborat

Suyaklarning uchdan biri ham suvdan iborat

Uchinchi suv manbai metabolizm bo`lib, kimyoviy jarayoni tufayli, tanada metobiologik suv hosil bo`ladi

Uchinchi suv manbai metabolizm bo`lib, kimyoviy jarayoni tufayli, tanada metobiologik suv hosil bo`ladi

Ekologiyaning salbiy ta`siri natijasida xastaliklarning 20 foizi atrof-muhitning ifloslanishi tufayli kelib chiqmoqda

Ekologiyaning salbiy ta`siri natijasida xastaliklarning 20 foizi atrof-muhitning ifloslanishi tufayli kelib chiqmoqda

Suv ichish oddiy narsa bo`lib tuyiladi, uni shunday tarzda ichish kerakki, undan organizm imkon qadar foyda topishi lozim

Suv ichish oddiy narsa bo`lib tuyiladi, uni shunday tarzda ichish kerakki, undan organizm imkon qadar foyda topishi lozim

Lablaringiz – tana holatidan xabar beruvchi yana bir vositadir

Lablaringiz – tana holatidan xabar beruvchi yana bir vositadir
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
04.04.2021