Qushlar mavzusida bir soatlik ochiq dars ishlanmasi

  • Разработки уроков
  • doc
  • 15.02.2021
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Разработка урока по онм
Иконка файла материала ochiq_dars_Artikova_Nargiz.doc

Sana: 20.01.2021              Sinf: 1-“b”        

Fan nomi: Atrofimizdagi olam

Mavzu: Men vaatrofimizdagiolam

Maqsad:

Ta’limiy: O`quvchilarni atrofimizdagi olam bilan tanishtirish .

Tarbiyaviy: O`quvchilarni go`zallikni xis qilishga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi: og`zaki nutqini rivojlantirish.

Kommunikativ kompetensiya:

Mavzuga oid ma’lumotlarni gapirib berish, tabiat va uning hodisalarini aytib bera olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

turli manbalarning ma’lumotlaridan foydalana olish, o‘ziga zarur ma’lumotlarni o‘zlashtira olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga amal qilish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, maktabda, ko‘chada, jamoat transportida yurish qoidalariga roya qilish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishi, o‘zaro munosabatlarida muomala madaniyatga ega bo‘lishi.  

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

o‘zi yashaydigan joy tabiatini bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash, milliy bayramlarni bilish va tadbirlarda ishtirok etish.    

Dars uslubi: bayon etish, suhbat.

Dars jihozi: jadvalli suratlar

Dars bosqichlari:

I

II

III

IV

V

VI

Ajratilgan vaqt

3

10

20

7

3

2

Darsning borishi:

I.     Darsni tashkil etish.

O’quvchilar bilan salomlashish. Ingliz tilida salomlashish va ob havo haqida ma’lumot olish.

 

 

O’qituvchi:

Ma’rifat gulshanin gulu lolasi,

Jannatmakon yurtning o’tli bolasi.

Shukronalar aytib boshlayman darsni,

Salom, bog’larimning totli mevasi.

O’quvchilar:-Assalomu alaykum !

 

O’qituvchi:

Navbatchiga savolim,

Kimlar kelmadi qizim?

Sababli yo sababsiz,

Balki buni bilarsiz?

Ayting oy kun sanani,

Jalb etaylik hammani.

Nishonladik oyda

Qaysi muhim sanani?

Navbatchi:

Jamdur barcha o’quvchi,

Bugungi darsga tayyor.

Bu oyda o’tgan,

Muhim sanalar bisyor.

Yanvar  oyida nishonladik

Yangi yil bayramini.

nomlarini sharaflab

She’rlarni ko’p yod oldik.

Yana nishonladik biz

Vatan himoyachilar kunin

O’qituvchi:

Balli tashakkur sizga,

Egallang o’z joyingiz

Siz tabiat darsining

Bilasiz chiroyini.

Qani, o’g’il – qizlarim,

Nimalarni o’rgandik?

 Yana avvalgi darsda

Qanday mavzu o’tgandik?

O’quvchilar birgalikda:

---Ob-havo, quyoshni,

Oymomo va  yulduzni,

Ona tuproq bag’rida

O’sgan har bir giyohni.

Muattar isli gulni,

Qaldirg’och va bulbulni.

Darranda-yu, parranda

Hashorat va hayvonni

O’rgandik ushbu fanda

O’quvchilarni uch guruhga bo’lib olamiz

Chaqqonlar

Topqirlar

Zukkolar

II. Uy ishini so`rash . Bayon qilish. Savol-javob asosida so`raladi.

O’tilgan darsda qanday mavzu o’tilgan edi?

Yovvoyi hayvonlar mavzusi

Uyga vazifa nima berilgan edi?

Yovvoyi hayvonlar haqida ma’lumot to’plash va rasmini chizib kelish berilgan edi.

Plickers dasturi orqali mavzu mustahkamlanadi. Test savollari bajariladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Barakalla  yovvoyi hayvonlar haqida ancha ma’lumotga ega bo’libsiz.

III. Yangi  mavzuni tushuntirish. Darslikning   37– 38- sahifasidagi rasm asosida o`quvchilarni qushlar bilan tanishtirish.

                                  Qushlar

Qanotlari va patlari bor jonivorlar qushlar deb ataladi. Qushlarning aksariyati don, o’simlik va mevalar bilan oziqlanadi. Ular hashoratlarni, qurt-qumursqalarni ham yeydilar. Lekin burgut, lochin kabi yirik qushlar mayda hayvonlar va qushlarni ovlab oziqlanadilar. Suvda baliq ovlaydigan qushlar ham bor.

Oddiy so’zga aylanar tili,

Qafasni hush ko’rmaydi dili (to’ti)

 

 

 

 

 

 

 

 


Rasmdagi qushlarning nomini ayting.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Qaldirg’ochlar ko’pincha uylarning peshtoqlariga uya qurib yashaydilar. Lekin ular uy parrandalari emas.

         Bedana uyda boqiladi. Ammo ular yovvoyi holda ham uchraydi. Bulbul eng yoqimli sayraydigan qushdir. Tuyaqush ucha olmaydi. Lekin u juda tez yuguradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Dam olish daqiqasi:  musiqaga hamohang raqsga tushiladi.

Qaysi jonivor nima yeydi didaktik o’yini o’tkaziladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


IV.Mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun “Lepbook” metodidan foydalaniladi.

 

 

 

Lepbook
 

 

 

 

 

 


Ichida to’rtta shartdan iborat mashqlar bor. Bu mashqlarni guruh a’zolari ikki kishi bo’lib bajaradi.

 

1.                                                                  2.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


V.O`quvchilar bilimini baholash. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar. Baholari kundaliklariga izohlanib qo`yiladi.

VI.Uyga vazifa berish.

Uyda 38 -sahifadagi rasmlarda berilgan bitta qush haqida ma’lumot topib kelish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                                                     

 

 

 

 

 

 

 

CHIRCHIQ SHAHAR

10- UMUMIY O’RTA TA’LIM

MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF                                O’QITUVCHISI ARTIKOVA NARGIZNING                                         ARTOFIMIZDAGI OLAM FANIDAN OCHIQ                                             DARS ISHLANMASI.

MAVZU: QUSHLAR